Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Dengiz ortidan

dengizortidan
Subscribers
1 160
Post views
1 161
ER
99,24%
Posts
1 129
October 24, 17:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ismlar va so'z o'yinlari
Adolatli bolalar
Bugun
Alisher Sa'dullayev o'zining "
Stenford kundaligi
"da
#SEPNotes
(Stanford Executive Program konspektlari) rukni ostida navbatdagi postini joyladi. Sevimli professori Ilya Strebulaevdan venchur kapitali tarixiga oid "
Haq to‘lash revolyutsiyasi
" mavzusini yoritar ekan, u 1950-yillarga, Kremniy vodiysi shakllanishiga turtki bo'lgan voqeaga yuzlanadi.
Gap shundaki, Kremniy vodiysi ildizidagi umumiy kapitalizatsiyasi allaqachon trillion dollardan oshib ketgan kompaniyalarni
Fairchild Semiconductors
kompaniyasini o‘zlariga to‘lanayotgan haqni adolatsiz deb topib, tark etgan muhandislar barpo qilgan.
Mauntin Vyu
shahridagi muzey eksponatida ushbu sakkizta muhandisni hazillashib
"Fairchildren" (Adolatli farzandlar)
deb atashgan. Sakkiz muhandis haqini adolatsiz ado etgan kompaniya va uning asoschisining ismi "Fairchild" bo‘lgani bir kulgili tasodif chindan ham.
Apple kompaniyasida ishlagan Sam Sung
Kecha
LinkedInda Sam Struan ismli yigit post qoldiribdi. U Business Insider va boshqa nashrlar e'lon qilgan maqolalarga ishora qilib, o‘z ismini o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.
Shotlandiyaliklarning mashhur ismi Struanni o‘ziga familiya qilib olgan Samning dastlabki familiyasi Sung bo‘lib, u Shotlandiya va Kanadada Apple kompaniyasida ishlagan. 2010-yillarda uning tashrif qog‘ozi internetda tarqalib, "Apple'da ishlaydigan Sam Sung" deb nomlangan mem paydo bo‘lgan ekan.
Jimmy Kimmel shousidagi "ismi jismiga mos"lar
Bunday ironiyali ismlar tarixda ham, bugungi kunda ham ko‘p uchragan. Masalan,
kechagina
Youtube‘da qo‘yilgan videoda
Economix
kanali muallifi Lehman Brothers‘ning 2008-yilgi inqirozga turtki bergan rahbari
Dick Fuld (Fuld "fooled" (ya'ni aldagan yoki aldangan)
so'zi bilan ohangdosh) ni "
moliya tarixidagi eng двусмысленный ismga ega shaxs
" deb ta'riflagandi.
Yana Jimmy Kimmel bir necha marta o‘z shoularida ismi jismiga, aniqrog‘i kasbiga mos odamlarni olib chiqqan (
1
,
2
), vaqtingiz oshib toshib ketganida ko‘ring.)
Albatta, o‘zbeklarning ismlarida ham shunday so‘z o‘yinlari ko‘p topilsa kerak. Hozircha, faqat Munojat kuylab butun dunyo bo‘ylab minglab kilometr yo‘l bosib o‘tgan
Munojat Yo‘lchiyeva
xayolimga keldi xolos.
✌️
@azamov_com

September 17, 20:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

#menbirazamatnibilaman
"Kosmos" haqida
O'tgan hafta Fransiya va Kanadadagi eng oldi laboratoriyalarda materialshunoslik bo'yicha ishlaydigan hamyurtimiz
Nurzod aka Zakirov
bilan ko'rishdik. Osh yedik Kamolonda. (Afsus rasmga tushmabmiz)
Nurzod aka fizik olim, muhandis. Men ularga: "Qani endi ko'proq yoshlar aniq va texnik fanlarga ko'proq qiziqsa... Mana siz shu sohadasiz, katta ishlar qilyapsiz, siz "Rocket Scientist"siz-da" dedim.
Ular kulib, “ha, oʻzi men ishlayotgan loyihalardan biri — Airbus kompaniyasi fazo kemalariga butlovchi qism ishlab chiqarish” dedilar.
Ya’ni rostan ham raketachi olim ekanlar.
Kecha bir tadbirda
Amirbek Salimov
degan yigitni koʻrib qoldim. Meni bir yil avval Fredrich Ebert fondi Toshkentda yosh liderlar uchun trening oʻtishga chaqirishgandi. Oʻshanda Amirbek ham auditoriyada boʻlgan, pritom eng faollaridan edi.
U hozir Germaniyada oʻqiyapti, nima yangiliklar desam, “Bonn Universitetida magistratura qilyapman, bir modulimiz doirasida NATO bosh qarorgohiga kirdim (diplomatik pasportsiz oʻsha yerga kirgan birinchi oʻzbekistonlik boʻpti), yana bir modulimizni nemis razvedkasida rahbar boʻlgan odam olib boryapti” deb javob berdi!
“Iye, Amirbek, bu kosmos-ku” desam, u: “aka, astro-siyosat” degan modulimiz ham bor deydi. Hozir tekshirdim rostan shunday mavzu bor ekan: “Global Power Shifts: International Aerospace Security and Defense, Astro-Politics”…

September 10, 07:09

Biznikilar chetga ketishi yo‘qotishmi yoki imkoniyat?
Kecha Pivot shu haqda maqola
tayyorlabdi
. Bu O‘zbekiston uchun eng katta mavzulardan biri. Sababi YaIMning taxminan 15 foiziga teng pul jo‘natmalari. Yiliga 20 milliard (!) dollar jo‘natmaning o‘zi katta gap.
Pul jo‘natmalarini chetga surib turaylik
Armaniston, Filippin, Isroil, Livan va Hindiston kabi ko‘plab mamlakatlar misolida
xorijdagi diasporalar savdo aloqalarida, ilg‘or tajribalarni vatanga olib kelishda, biznesni rivojlantirishda
roli katta.
Faqat xorijdagi vatandoshlarimizga — xoh ular malaka talab qilmaydigan kasb-hunarlarni tutgan bo‘lsin, xoh katta-katta kompaniyalarda ishlasin — to‘g‘ri signal bera olishimiz kerak.
Kichik misol: vidik olib kelsangiz, boj yo‘q
1960-yillardan boshlab yuzlagan turklar Germaniya keta boshlagan, ko‘pchilikka ma‘lum, u yerda haligacha katta turk diasporasi bor. 1980-yillarda Turkiya hukumati o‘z vatandoshlariga Germaniyadan video magnitofonlar olib kirishda bojxona to‘lovlarini bekor qiladi.
Shu tufayli yuz minglab turk oilalari uyida kino ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa yangi bozor yaratib, Turkiyada mustaqil videofilmlar, seriallar va videoijara do‘konlari paydo bo‘lishiga turtki bergan. Natijada, turk kinosanoati rivojlangan.
Shunday bojsiz import siyosati boshqa tovarlar, xususan, tikuv mashinalari va boshqa jihozlarga ham qo‘llangan. Natijada Turkiyada sanoat rivojlangan.
Qaytsam, axir O‘zbekistonda hamma narsa dabdala-ku
Kecha San-Fransiskodan kelgan bir do‘stimiz bilan gaplashdik. U "O‘zbekistonda davlat ishlariga kirishda, biznes qilishda tanish-bilishchilik va korrupsiya elementlari ko‘p-ku" dedi. (So‘ramadiyam, aniq bilgandek aytdi, O‘zbekistondagi kompaniya va tashkilotlarning HR brendi bilan shug‘ullanuvchilarga mana katta "alert".)
Umumiyatla, ming afsus, u haq. Lekin aynan u kabi Kremniy vodiysidagi yirik IT kompaniyalarida ishlagan mutaxassislar uchun ko‘p tashkilot va kompaniyalarda meritokratiya (bilim va qobiliyat ustuvorligi) derazasi yetarlicha ochiq.
Ya'ni O‘zbekistonda nepotizm va korrupsiya bormi? Bor. Mutlaq hamma yerda va barcha sohalar-u lavozimlar kesimida shundaymi? Yo'q albatta. Hamma gap detallarda.
Hammasi dabdala emas-u, lekin
Chet eldagi eng tadbirkor, eng iste'dodli va tirishqoq o'zbekistonliklarning vatanga qaytishi uchun sharoit yaratish uchun ham ko'p narsa qilinishi kerak. Ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarishi lozim. Mehnat huquqlari ta'minlanishi, insoniylik bo‘lishi zarur.
Xullas, diasporalarimiz — bitmas-tuganmas imkoniyat manbasi. Faqat undan foydalanishni o‘rganishimiz kerak.
O‘zbek baribir pul jo‘natadi, baribir vatanni sog‘inadi, katta ehtimol bilan baribir qaytadi.

February 13, 16:26

“Importniy” va nozikta’b bomjlar haqida
Bugun Kaliforniyadagi Fremont shahri (San Fransiskodan bir soatli yoʻl) millatvakillar kengashi uysizlarga yordam berishni ta’qiqlash uchun
ovoz beribdi.
Mutaxassis va faollar juda keng tushuncha deb aytayotgan “yordam berish” (aiding and abetting) uchun jarima 1000 dollargacha deb belgilanyapti. Bu tartib 30 kunda kuchga kirishi kerak.
Gap shundaki,
avvalroq yozganimdek,
Amerikada uysizlar va uysizlik — uzoq vaqtdan beri yechilmayotgan va yechilishi ham dargumon boʻlgan muammo. Ham davlat, ham cherkov, ham odamlarning sadaqalari ular uchun osh-ovqat, kiyim, nasha va kontraseptik vositalar olib berishga yoʻnaltiriladi. Bir tomondan saxovatni cheklash yomon, boshqa tomondan bu boqimandalikka yoʻl ochadi, uysizlar sonini koʻpaytirishi ham mumkin (menda raqamlar va tadqiqot yoʻq, shunchaki IMHO).
Uysizlik — bu ayrim hollarda ilojsizlik emas, qarordir. Koʻpchilik uysizlar ongli ravishda, isyon qilibmi, shu hayot tarzini tanlaydi. Bir marta koʻchadagi bomjga non bersam, mensimay olmagan. Shunaqa ta’bi ham nozik ayrimlarining.
Bir necha oy oldin Oʻzbekistonda “importniy bomj” haqidagi
videoni
koʻrgandim. Keyin uyda aytib qolishdi: avvallari Sovet paytida rossiyalik bomjlar qahratonda Toshkentga kelishar, nisbatan issiqroq shaharda jon saqlab, cherkovlarda ovqatlanib, yana bahorda qaytib ketishar ekan. Importniy bomj degan gap oʻshandan qolgan boʻlsa ajabmas.
@dengizortidan

February 13, 03:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda benzin narxi 1 galloni (3,7 litr) 3,75 dollar, ya‘ni litriga 1 dollardan.
Eronda 3,7 litr benzin 11 sentga tushadi. Bu litriga 4 sentdan ham kam.
https://www.voronoiapp.com/energy/-How-Much-Does-Everyone-Pay-for-Gas-Around-the-Globe-3990

February 12, 13:02

O‘zbekistondagi 32 yoshli IT kompaniya
LinkedIn‘da rossiyaliklar tashkil qilgan media va iventlar kompaniyasi "Plus Forum"ning
posti
ga ko‘zim tushdi.
Digital Kyrgyzstan 2025
degan yirik tadbirga O‘zbekistonning FIDO-BIZNES kompaniyasi bosh homiy bo‘lgani haqida yozilgan ekan.
Postda yozilishicha,
"FIDO-BIZNES" kompaniyasi 1993-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib, kompaniya O‘zbekiston bozorida axborot tizimlari va texnologik yechimlarning yirik ishlab chiquvchilari va yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda kompaniya portfelida 56 ta patentlangan ishlanma va 1800 ta amalga oshirilgan loyiha mavjud. Kompaniyaning shtatida 300 dan ortiq xodim doimiy asosda ishlaydi. "FIDO-BIZNES" kompaniyasi quyidagi xalqaro kompaniyalarning hamkori hisoblanadi: Oracle, Microsoft, SWIFT, NetApp, VisionLabs, Salesforce (Tableau), Huawei, Hikvision, ОСМ Analitika, Luxms BI, Macroscop, Micro Focus VERTICA, DELL va Apple.
Ushbu kompaniya rahbariyati vakili bilan suhbatlashganimda Fido BIznesning ko‘plab qiziqarli loyihalari qatori 90-yillarda O‘zbekiston banklarini analogli telefon stansiyalari orqali bog‘lashgani haqida eshitib hayron qolgan edim.
Kompaniya nafaqat Qirg‘iziston, balki butun dunyoga kengayish salohiyatiga ega. Eng yaxshi muhandislar va loyiha menejerlari jalb qilinsa va global ko‘zqarash bo‘lsa bas.
@dengizortidan

February 12, 07:51

Matbuot kotibi: xolislik paradoksi
Oxirgi kunlar Amerikadagi xabarlar, media chiqish va reportajlarda ko‘zimga ajoyib bir shaxsiyat tashlanyapti. Uning ismi
Kerolayn Levitt
. AQSH Prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi.
Oq Uyga kelgan
eng yosh bosh voiz
.
1997-yilda tug‘ilgan qiz
AQSHdagi yirik media tashkilotlar vakillari, jurnalistlar oldida, menimcha, o‘z ishini "besh" bahoga uddalamoqda.
Uni bir so‘zni xato aytib yuborgani uchun
nokompetent mutaxassisga
, Trampga
sodiqligi uchungina lavozimni egallagan
tirranchaga va, eng qizig‘i, noxolisga chiqarishyapti.
Aslida matbuot kotiblari to‘liq xolis bo‘lishi, bo‘lib ham, siyosatda, bo‘lib ham, Oq Uyda deyarli imkonsiz, IMHO. Ular aslida bir yoqlamalikning nozik nuqtasini topa olgani uchun oylik olishadi.
Ko‘pincha biz ideallar haqida ko‘p o‘ylaymiz va gapiramiz, ammo gohida ular real hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Biz ideallarga intilishimiz kerak, albatta, lekin Trampning qanday odam va prezidentligini bila turib, uning voizi matbuotparvar bo‘lishini kutish anoyilik. Va bekorchilik.)
O‘zbekiston voqeligida, fikri ojizimcha, matbuot kotiblarimizning Kerolayndan dadillik, so‘zomollik va ishonch bilan gapirish borasida o‘rganadiganlari ko‘p.
P.S. Matbuot kotiblari xolisroq bo‘lishining bir sharti — ular jurnalist bo‘lib ishlagan bo‘lishlaridadir. Avvallari jurnalistlar PR va "strategik kommunikatsiyalar"ga o‘tib ketsa, xafa bo‘lardim. Aslida, gapni aylantirishga usta yuristlar va tishi "spin doktorlik" bilan chiqqan qip-qizil PRchilar bunday lavozimlarga kelgandan ko‘ra tahririyatlarda ishlagan odam bu ishni qilgani yaxshiroq.
@dengizortidan

November 17, 04:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hech qachon o’zimni zo’r fotograf, deb bilmaganman. Fotografiya men uchun oylik to’lanadigan xobbi. Qanday ko’rsam shunday kadr olaman.
Fotografiya – nima demoqchi bo’lsam, shuni so’zsiz yetkazish vositasi. Rasm ba’zan so’zdan ham kuchliroq ekanligini isbotlaydigan unsur.
Siyosat – eng sevimli yo’nalishim.
Sport – eng zavqli yo’nalishim.
Street photo – eng qalbga yaqin yo’nalishim. Hammasi – fotografiya!
©️
Maddy Norman

November 17, 04:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hech qachon o’zimni zo’r fotograf, deb bilmaganman. Fotografiya men uchun oylik to’lanadigan xobbi. Qanday ko’rsam shunday kadr olaman.
Fotografiya – nima demoqchi bo’lsam, shuni so’zsiz yetkazish vositasi. Rasm ba’zan so’zdan ham kuchliroq ekanligini isbotlaydigan unsur.
Siyosat – eng sevimli yo’nalishim.
Sport – eng zavqli yo’nalishim.
Street photo – eng qalbga yaqin yo’nalishim. Hammasi – fotografiya!
©️
Maddy Norman

September 28, 14:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Президент
қарори
билар яқин истиқболда Тошкент шаҳрида жамоат транспорти устуворлигини ошириш бўйича бир қатор чора-тадбирлар таклиф этилмоқда:

Транспорт ва пиёдалар оқимларининг кесишиш нуқталари сонини камайтириш, алоҳида автобус йўлларини ташкил этиш орқали тезкор автобус йўналишлари (BRT) тизимини жорий этиш.

Чорраҳаларда автобусларнинг устувор ҳаракатини таъминлаш мақсадида йўлларни реконструкция қилиш.

Йўловчилар ва йўналишли таксиларнинг хавфсиз ва тўсиқсиз ҳаракатланишини ҳисобга олган ҳолда бекатларни реконструкция қилиш.

Зарур бўлганда, транспорт ўтиш жойларини ташкил этиш.
Ушбу вазифалар Тошкент шаҳри маҳаллий бюджети маблағлари ҳисобидан 2025 йил давомида амалга оширилиши керак.