Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Dengiz ortidan

dengizortidan
Подписчики
1 031
24 часа
-1
30 дней
-10
Просмотры
595
ER
57,71%
Посты (30д)
5
Символов в посте
662
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
September 10, 08:42

#xarakirixachapuri
Mind the doors - eshiklardan uzoqroq turing
Mind the gap - (keep the distance), masofa saqlang
Dine-in / Take Away - For Here / To go (shu yerda/ S soboy)
Quid - funt sterling
;)

September 10, 08:40
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Londonga kelsanglar, ingliz tilini oʻrganib kelinglar.)
Mind the doors
Mind the gap
Are you dining in or taking away?
That's 5 quids, sir!
Bular Amerikada yoki dunyoning qolgan qismida ishlatilmaydigan, toza inglizcha gaplar.) Britancha inglizcha.
Eng qizigʻi rasmdagidek, "let" bu arendaga berish degani.
P.S. TO LET "ijara uchun" degani, tualet emas.
😉

September 09, 17:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

10 ming metr balandlikdagi onlayn dars
Men strategik kommunikatsiyalar boʻyicha magistratura dasturida oʻqishni boshladim.
Men kirgan birinchi dars 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00ga toʻgʻrilangan edi.
Men shu payt Dubaydan Londonga uchayotgan, taxminan 10 ming metr balandlikda, samolyotda ketayotgandim.
Darsga kirish uchun pullik Wi-Fi sotib olmoqchi edim, oʻzi bepul ekan. 2 soatdan oshiq vaqtcha maza qilib darsda qatnashdim.

September 08, 03:58

Bir yigit Oʻzbekistonda katta-katta ishlarda ishlab, San Fransiskoga borgan ekan. Tajribang yoʻq deb uni pitseriyaga ishga olishmagan ekan.
Eshitmaganmidinglar shunaqasini? ;)

September 08, 03:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

San-Fransiskodagi bir vyetnamcha restoranga idish yuvuvchi kerak ekan, soatiga 50 dollar to‘larkan (
#
)

June 16, 16:18

Amerikada "ticket" (jarima) olish fojiaga teng edi, masalan.

June 16, 16:18

Pullik parkovkalarning o‘zbekona modeli
Mening ish joyim Buxoro ko‘chasida. Sobiq "Sharq ziyokori" kitobi joylashgan binoda ishlayman. Eslashingiz uchun yana bu yerda mashhur "Toshkent gullari" do‘koni, keyin yaqinda ochilib uncha-muncha shaharliklar orasida tanilib qolgan Shavi Coffee qahvaxonasi ham joylashgan.
Har kuni men ishxonamga kirayotib va chiqayotib g‘aroyib manzaraning guvohi bo‘laman. Yo‘l chetidagi parkovkalarda turgan deyarli barcha avtomobillarning old oynalariga qog‘oz tirkalgan. Men ham bir marta shaharning boshqa chetida shunday qog‘ozga nasibador topilganim uchun bilaman: bu jarima varag‘i.
Parkovka narxi — soatiga 12 ming so‘m, har ikki-uch soat oralig‘idagi tekshiruvda oynaartgichga qistiriladigan jarima varag‘idagi summa ham 12 ming so‘m. Va, bu bor-yo‘q jazoning o‘zi.
Bir necha soatdan beri na parkovka pulini, na jarimani to‘lamaganlar avtomobili, tushunishimcha, shatakka olinib, jarima maydonchasiga eltilmaydi.
Qo‘shni binoda ishlaydigan bir odamga "sizning mashinangiz ham shu yerdami?" deb so‘radim. U imlab, mashinasini ko‘rsatdi va "avtomobil raqamini yechib qo‘yganman, sababi avtomobil raqami harakatlanayotgan ulovlar uchun, to‘xtab turgan payt unga hojat yo‘q" dedi. Men "qoyiley" deb o‘ylab qoldim. "Sizga ham jarima yozib ketishadimi?" deb so‘radim.
"Bular jarima emas", dedi u jiddiy ohangda. "Bular ogohlantirish qog‘ozi-ku" dedi. Men esa "yo‘q, axir, u yerda 12 ming so‘m deb yozilgan-ku" desam, "bilmasam, men qarab, o‘qib o‘tirmayman, tashlab yuboraman" dedi u.
Keyin shu ko‘chaning boshrog‘idagi Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarlari tekshiruvchilarga "bizning bino oldidagi mashinalarga jarima yozmaysan" deb ularning "tanobini tortib qo‘ygani" haqida faxrlanib so‘zladi. Buni tekshirmadim, ammo, shu-u-uncha mantiqsizlikdan keyin "bo‘lishi ham mumkin, tavba" deb qo‘ya qoldim.
Ammo shu parkovkalar pullik bo‘lgach, Buxoro ko‘chasi sal ochilgani, mashinalar bilan liq to‘lib yotmayotganini e‘tirof qilish kerak. Bunday buzuq tizim bilan bu qanday uddalangani esa yana bir qiziq savol.
Balki, nimadirni bilmasman, bilganlar bildirsinlar.

February 27, 17:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Ota-ona, uy sogʻinchi
Amerikadan nega qaytib kelganimni koʻp soʻrashgan va haliyam soʻrashadi.
Kamoliddin Rabbimov "
Vatanga kelib keta olish
" omili haqida juda oʻrinli gapiribdilar.
Afsuski, Vatanga kelib keta olish masalasi nafaqat Oʻzbekistonda Kamoliddin aka 2016-yilgacha boʻlganidek
persona-non-grata
boʻlish bilan bogʻliq. Masalan,
AQSh, Britaniya yoki Janubiy Koreyaga
ketgan vatandoshlarimiz bir necha yillab vaqt ketgazishadi
grin karta yoki ПМЖlar
uchun.
Buni Jamshidxon Ziyoxonovning
mana bu
va
mana bu
videolarida koʻrgandirsiz. Koʻrmagan boʻlsangiz, koʻring.
Men Toshkentga bemalol borib kela olishim uchun kerakli immigratsion statusni olishim uchun noma'lum (tom ma'noda noma'lum) muddat kutishim kerak edi. Men esa kuta olmasdim.
Hayot kutib, arosatda yashash uchun qisqalik qiladi
, menimcha.
Oʻzbekistonda ehtimol Yosemite milliy bogʻi yoʻqdir (Newsroom serialining ilk epizodida mashhur jurnalist
alqaganidek
), shaharlarida ekologik muammolar, jamiyatda koʻp qusurlar bordir, mayli, zato men shu yerda tugʻilganman-ku. Qanaqadir hikmat bordir bunda ham.
Amerika, Avstraliya, Kanada va Yevropalarga esa istalgan payt borib kelish, sayohat qilish (xususan, oilam bilan) imkoniyati bor. Oʻzbekistondan chiqolmaslik degan muammo yoʻq, xudoga shukur.
Men Amerika orzumdan mana shunday erkinlik haqi voz kechdim. Hijronda, noaniqlikda, uzoqda yashash odamni ezib yuboradi.
😍
Saidaziz A'zamov

February 08, 17:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Men borgan eng go‘zal shaharlardan biri bu — Parij!
2024-yilda hamkasbim Aziz bilan Sharl de Gol aeroportidan ijaraga mashina olib, Yevropani aylandik. Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Lyuksemburg va Fransiyaning turli manzillarida to‘xtab, jami 2200 kilometrni 6 kunda bosib o‘tdik.
O‘shanda Aziz bir niyat qildi: "yana Yevropaga kelaman va sayohatimni videolarga muhrlab, kontent qilaman!"
2025-yil 3 oy tayyorgarlikdan keyin u Toshkentdan Rimgacha mashina sayohat qildi va yo‘ldagi shaharlarda to‘xtab reportajlar tayyorladi. Keyin Rimdan Toshkentga qaytdi. Nexia 3da!
Mana bu yerda
uning Parij haqidagi videoessesini tomosha qilishingiz mumkin.
😍
Saidaziz A'zamov

November 06, 08:46

Turli shtatlarda odamlar muomalasi sezilarli farq qiladi. Masalan, Nyu-York odamlari biroz qo‘rsroq. Buni ayniqsa Filadelfiyadan ko‘chib kelganda va ora-orada Nyu-Yorkdan tashqariga safar qilganimda sezganman. Filadelfiya va hattoki Nyu-York shtatining boshqa shaharchalarida ham odamlar ancha samimiy: ko‘chada notanish odam bilan ham kulishib so‘rashishadi. Albatta, ularning tabassumi ko‘pincha sun’iy tuyuladi, lekin shu hushmuomalalik kayfiyatni ko‘taradi. Nyu-Yorkda esa odamlar shoshqaloq, notanish odamga e’tibor bermaydi.
Bir voqea esimga tushdi: Filadelfiyaga endi kelganimda metroda adashib qolib, yordam so‘radim - jilmayib “uzr, bilmayman” deb javob berdi. Xuddi shunday voqea Nyu-Yorkda ham bo‘ldi - yordam so‘radim, bir kishi qo‘lini siltab o‘tib ketdi, lekin bir necha soniyadan so‘ng qaytib kelib, bilmasligini aytdi va metro xaritasiga olib borib, qaysi bekatda tushib, qaysi yo‘lga o‘tishimni batafsil tushuntirdi.
Bir memda aytilgandi: g‘arbiy shtatlardagi odamlar hushmuomala, lekin mehribon emas. Sharqiy shtatlar esa mehribon, lekin hushmuomala emas.
P.S. Albatta, umumiylashtirish ham to‘g‘ri emas.