Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'zbekiston shifokorlari

doctors_uzbekistan

Murojaat uchun:
@Doctor_Muxtorov

Subscribers
1 120
Post views
662
ER
58,6%
Posts
619
October 06, 15:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti immunologik tolerantlik sohasidagi kashfiyotlar uchun Yaponiya va AQSH olimlariga berildi — Nobel qo‘mitasi
2025 yilgi tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti yaponiyalik olim Shimon Sakakuchi hamda amerikalik tadqiqotchilar Meri Brunkov va Fred Ramsdellga topshirildi. Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasining ma’lum qilishicha, mukofot periferik immun tolerantlik mexanizmi kashf etilishi uchun berilgan. Bu tizim immunitetning organizmni o‘z to‘qimalariga hujum qilishini oldini oladi.
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

October 03, 06:03

Oddiy vitamin onkoterapiyada kutilmagan samara ko‘rsatdi
Jorjiya Texnologiya instituti tadqiqotchilari C vitamini yuqori dozalarda rak hujayralarining o‘sishini sekinlashtirishi, sog‘lom hujayralarga esa deyarli zarar yetkazmasligini aniqladilar. Ularning ilmiy ishi Cancers jurnalida chop etilgan.
Odatda hujayralarning hayotiyligini tekshirish uchun MTT/MTS testlaridan foydalaniladi, bu testda hujayra faol bo‘lsa maxsus bo‘yoq uning rangini o‘zgartiradi. Ammo C vitaminining o‘zi bo‘yoq bilan reaksiyaga kirishib, natijani o‘zgartiradi va «ortiqcha hayotiylik» ko‘rsatadi. Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamoa boshqa usul — PI/Triton X-100dan foydalandi. Unda propidiy yodid deb ataladigan bo‘yoq ishlatiladi, u faqat o‘lgan hujayralarga kirib, ularning DNKsi bilan bog‘lanadi.
Shu tariqa, C vitamini ta’sirida haqiqatan ham o‘sma hujayralari nobud bo‘lishi ko‘rsatildi, ayniqsa o‘sma hujayralarining gormonal reseptorlarga bog‘liq turlari. Shu bilan birga sog‘lom hujayralar C vitaminining yuqori dozalariga chidamli bo‘lib chiqdi.
Olimlar ta’kidlashicha, hozircha so‘z «probirkadagi tajribalar» haqida ketmoqda. Kelajakda C vitamini standart davolash usullariga yordamchi vosita bo‘lishi mumkin, ammo bu faqat dozalarni aniq tanlash va ishonchli tekshiruv usullari bilan amalga oshishi mumkin.
Manba:
Cansers
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

September 18, 15:48

Tibbiy ko‘rikda shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi ishga tushiriladi
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifati oshiriladi.
“Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilanishicha, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta loyiha ishga tushiriladi.
Xususan, 2026 yil 1 yanvardan fuqarolarning ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi ma’lumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.
2026 yil 1 maydan nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.
2026 yil yakunigacha tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.
Kuni kecha Raqamli sog‘liqni saqlash markazi tibbiyot sohasidagi innovasion loyihalarini taqdim etgandi. Ma’lum qilinishicha, shu kungacha DMED yagona tizimiga 33 million fuqaroning elektron tibbiy kartalari kiritib bo‘lingan va bu shifokorlarning ishini yengillashtirib, bemorlar bilan muloqotga ko‘proq vaqt ajratish imkonini bermoqda.
Shuningdek, qaysi shifokorning qay darajada bandligi va tibbiy jihozlar holatini real vaqt rejimida ko‘rsatib turadigan, shu yo‘l bilan resurslarni samarali taqsimlashga ko‘maklashadigan Situasion markaz ham tashkil etildi.
Manba:
daryo.uz
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

September 12, 05:44

Dorilarni elektron resept bilan berish tartibi tasdiqlandi
Hukumatning tomonidan resept bilan beriladigan dori vositalarini elektron resept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Unga ko‘ra, elektron resept asosida tayinlanadigan dori vositalari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Bunda tibbiyot xodimlari tomonidan bemor ma’lumotlari tibbiyot tashkilotida joriy qilingan axborot tizimiga kiritiladi hamda avtomatik tarzda “Elektron tibbiy karta” moduliga uzatiladi. Bemorga dorilar mazkur tizimda elektron resept asosida beriladi.
Resept davolovchi shifokor tomonidan elektron shaklda tasdiqlanib, QR kod avtomatik tarzda qo‘yiladi. Elektron reseptga oid zarur ma’lumotlar esa avtomatik tartibda “Elektron resept” moduliga uzatiladi.
Elektron berilgan reseptlar orqali shifokorlar bemorga tayinlangan va chakana realizatsiya qilingan dori vositalari harakatini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, reseptga oid barcha ma’lumotlar bemorning elektron tibbiy kartasida avtomatik qayd etib boriladi.
Manba:
daryo.uz
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

September 04, 15:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 04, 09:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni
ishlab chiqishdi.
Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi.
Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi.
Kanalga ulanish
👉
@Medosferauz

September 03, 09:49

Qaysi davlatlar saraton kasalligini o‘rganishga eng ko‘p pul sarflaydi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab oltita o‘limdan bittasiga saraton sabab bo‘ladi. Ushbu kassalikni o‘rganish va erta aniqlash juda muhim. “The Lancet Oncology” jurnali 2016 yildan 2023 yilgacha butun dunyo bo‘ylab saraton kasalliklarini tadqiq qilishga ajratilgan mablag‘larni tahlil qildi.
Tadqiqotlar uchun umumiy qiymati 51,4 milliard dollarni tashil etadigan 108 mingta grantlar ajratilgan. Unga hukumat va xayriya xarajatlari kiritilgan, ammo xususiy sektor ma’lumotlari hisobga olinmagan.
Ushbu xarajatlarni taqsimlaydigan bo‘lsak:
AQSH – 57% (25,2 milliard yevro);
Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlariga – 16,8% (7,4 milliard yevro);
Buyuk Britaniya  – 11,1% (4,9 milliard yevro) ;
Yaponiyada – 3,6 foiz  (1,6 milliard yevro);
Avstraliyada –2,9 foiz  (1,3 milliard yevro);
Kanadada va Xitoyda – 2,6 foizdan  (1,3 milliard yevro) to‘g‘ri keladi.
Sakkiz yillik tadqiqot davrida AQSH saraton kasalliklarini tadqiq qilish uchun mablag‘ sarflash bo‘yicha uzoq muddat yetakchilik qildi. Biroq, Yevropa mamlakatlari ham milliardlab yevro ajratgan.
Global miqyosdagi tadqiqotlar uchun ajratilgan mablag‘larning aksariyati boy mamlakatlardan kelgan bo‘lib, ular o‘z pullarining asosiy qismini ichki loyihalarga sarflagan. Rivojlanayotgan mamlakatlar ushbu tadqiqot davrida atigi 48,4 million yevro mablag‘ ajratgan.
Qayd etilishicha, ajratilgan mablag‘larning 76 foiz qismi laboratoriya tadqiqotlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ayniqsa, keng tarqalgan ko‘krak bezi saratoni, qon saratoni va klinik tekshiruvlar yaxshi moliyalashtirilgan.
Manba:
qalampir.uz
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

September 01, 06:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mustaqillik bayramingiz muborak bo'lsin!
Mustaqillik – xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kutgan, erk va ozodlikka intilib yashagan umidlari va kurashlarining samarasidir.
Aziz yurtdoshlar, “
@Doctors_Uzbekistan
” jamoasi Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etadi. Xurligimiz, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Yurtimizni tinchiligiga hech qachon ko‘z tegmasin!
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

August 30, 07:30

Kam suv ichish stress darajasini oshiradi
Liverpullik tadqiqotchilar kattalardagi suyuqlik yetishmovchiligi va stress gormonlari darajasining oshishi o‘rtasida kutilmagan bog‘liqlikni aniqladilar.
O‘rta yoshdagilar kuniga 2-2,5 litr suv ichishlari kerak - bu taxminan 8-10 stakan. Bunda sharbatlar, choy, gazlangan ichimliklar hisobga olinmaydi, ular suv muvozanatini to‘ldirmaydi.
Tadqiqotda 62 sog‘lom odam ishtirok etdi. Olimlar ularni ikki guruhga bo‘lishdi: suyuqlikni ko‘p qabul qiladiganlar (ayollar uchun 2 litr va erkaklar uchun 2,5 litr) va uni yetarli darajada qabul qilmaydiganlar (kuniga 1,5 litrdan kam).
Tadqiqot mualliflari kuzatuv boshida va oxirida qon va peshob namunalarida ularning gidratsiya darajasini o‘lchagan. Bundan tashqari, eksperiment yakunida ishtirokchilar ijtimoiy stress testidan o‘tdilar.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, suyuqlikni kam iste’mol qilganlarda stress sezilarli darajada oshgan (50% dan ortiq). Shunday qilib, olimlar suv stress bilan kurashishimizga yordam beradi, degan xulosaga kelishdi.
Manba:
aniq.uz
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan

August 28, 05:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 000 000 kishiga yetdi.
Bunda:
🧍
Erkaklar soni – 19 136 800 nafar
🧍‍♀️
Ayollar soni – 18 863 200 nafar

O‘zbekistonning doimiy aholisi sonida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273 600 nafarga ko‘p.
Kanalimiz
👉
@Doctors_Uzbekistan