
Elektron kutubxona
O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi:
t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi:
t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy
Audio kitoblar:
@kitob_eshitamiz
Kitob izlash:
@ilmbot
Musobaqa:
@kitobxonlar_ligasi
Murojaat uchun:
@e_kutubxona
#Taskin
"Senga bir qimmatli tavsiya beraymi?"
📚
@e_kutubxona
Yolg‘izlik
Yolg‘izlik boshlanar bundan buyog‘i,
qochib qutulmassan, odam bolasi.
Oylarni, yillarni tutsang bo‘yingga,
Soylarni, cho‘llarni tutsang bo‘yingga,
o‘lchab yetolmassan, odam bolasi.
Endi ko‘plar bilan oram sovugan,
ko‘plar omadimga sevinmas endi.
23 yoshimda meni sevganlar
33 yoshimda sevolmas endi.
Men, axir, na Cho‘lman,
na Yo‘l,
na Ko‘cha,
Axir, hammaniki bo‘la olmayman.
Meni sevganlar deb o‘la-o‘lguncha
23 yoshimda qola olmayman.
Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur,
endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir.
Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur
so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir.
Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham,
qaridi misralar, so‘zlar men bilan.
Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda,
qarimoq istamas do‘stlar men bilan.
Ilohim, qarilik shunday ekan-da,
do‘stlardan jimgina uzilar odam.
Umr loyqalangan suvday ekan-da,
ozaygani sari tozarar odam.
Ichimu tashimning zangi yuvilar,
satrlar ko‘karar bu oq varoqda.
Uzoqdir yurak-la qo‘lning orasi,
xayriyat, o‘lmadim shu oraliqda.
So‘zlar yuragimdan qo‘limga yetdi,
biroz sarg‘aydi va so‘ldi, na iloj?!
Biroz jasurligi, sho‘xligi yitdi,
gina qilmasinlar, yo‘l-da, na iloj?!
Endi bolta kesmas aqlim kesganni,
tiriklik totini bilaman endi.
Bu ko‘hna dunyoda har nafasimni
daraxtdan mevaday teraman endi.
So‘ng nafas dunyoda har nedan shirin,
shoir ham qariydi, o‘lar, bilaman.
So‘zidan qon hidi kelgan shoirning
og‘zidan sut hidi kelar, bilaman.
Bu dunyo bir qaynar qozondir, illo,
so‘ndirmas o‘tini na qor, na yomg‘ir.
Bu dunyodan ketish osondir, ammo
dunyo-la chiqishib yashamoq og‘ir...
-
Ramiz Ravshan
📚
@e_kutubxona
#Kichkina_shahzoda
– Agar do’sting bo’lishini istasang, mendan o’rnak ol!
– Buning uchun nima qilish kerak? – so’radi kichkina shaxzoda.
– Sabr-toqatli bo’lish kerak – javob qaytardi Tulki. – Avvalo, to’g’rimdagi stulga o’tir va birmuncha kut. Men senga ko’z qirim bilan qarayman, sen esa sukut saqla. Faqat har kuni biroz-birozdan yaqin kelaver…
- Antuan de Sent-Ekzyuperi. "
Kichkina shahzoda
" qissasidan
📚
@e_kutubxona
#Saboqlar
Qabul qil, baribir yolg‘izmiz.
Hatto eng tiqilinch makonlarda ham yolg‘izmiz.
Yonimizda abadiy qolishga bizni ishontirganlar ham qo‘l siltab ketadilar, qolganlari ham berarga narsamiz qolmagach, albatta, ketadilar. Hayot shunday, bergulik narsang qolmaganida kimsani baxtli qilolmaysan.
Shu vaj tufayli ham yo‘nalishimizni Xoliq tomon to‘g‘rilashimiz kerak-da! Bizni yaratgan, shartsiz sevguvchi va eng muhimi, har dam yonimizda bo‘luvchi O‘zi.
📚
@e_kutubxona
#Saboqlar
Haqiqat, ong va o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida
Ko‘p fikrlarim kuzatuvlardan tug‘iladi.
Yaqinda “qahvaning zarari” haqida maqolaga ko‘zim tushdi. Biroz o‘qib, qiziqib Google’da izladim. Natijada qahva zararligi to'g'risda sanoqsiz maqolalar chiqdi! Shundan so‘ng men “qahvaning foydasi” deb izladim va qarangki, bu safar ham sanoqsiz maqolalar, ammo endi qarama-qarshi dalillar bilan.
Shunda men ikki narsani o‘ylab qoldim.
Birinchidan
Bu dunyoda real haqiqatni topish deyarli imkonsiz.
Har kim o‘ziga qulay va ma'qul “haqiqatni” topadi.
Ammo yagona absolyut haqiqat - bu bizga Yaratgan tomonidan berilgan haqiqatdir (garchi ko'pchiligimiz real hayotimizda bu haqiqatni e'tiborsiz qoldirsak ham).
Ikkinchidan
O‘zingizni bir narsaga erisha olmasligingizga osonlikcha ishontira olasiz.
Miya sizga nega bir ish imkonsizligini isbotlab o‘nlab sabablar topib beradi.
Lekin siz chin dildan o'zingizni qobiliyatingizga ishonsangiz, xuddi o‘sha miya endi bahonalar emas, yechimlar izlab topadi.
Hammasi siz
ongingizni qayerga yo‘naltirasiz
- shunga bog‘liq:
Qanday qilib uni "sozlaysiz", o‘sha narsa sizning haqiqatingizga aylanadi.
O‘zingizni/ongizni ma’noli haqiqiy maqsadlarga yo‘naltiring.
Harakatni boshlang, va ishonch keladi. (aksincha emas, garchi ko‘pchilik buning teskarisini aytsa ham)
Va unutmang:
miya — ajoyib "asbob".
Unga “yo‘q” desangiz, u o'nlab sabablar topadi.
“Ha” desangiz, u sizga yo‘l ochadi.
-
Xondamir Nusratxo‘jayev
📚
@e_kutubxona
#Kichkina_shahzoda
– Bir kuni men quyosh botishini 43 marta tomosha qildim. Bilasanmi, agar seni qayg’u bossa, quyosh botishini tomosha qilish qanchalar maroqli...
– Demak sen quyosh botishini 43 marta ko’rgan kuning, nimadandir juda ranjigan ekansan-da?
- Antuan de Sent-Ekzyuperi. "
Kichkina shahzoda
" qissasidan
📚
@e_kutubxona
AYON
O‘ylab topmaganman baxt degan so‘zni,
Demak, baxtsizlik ham menga oidmas.
Topib bo‘larmidi bosilgan izni,
Ketgan ketib bo‘ldi, qaytmasa qaytmas.
Men tug‘ilgan paytda bor edi orzu,
Armon ham tirikdi anchadan buyon.
Eski nasihatni yig‘ishtir, do‘stim,
Umr o‘tib bo‘ldi, qolgani ayon.
Tole ham tushmagan onam mahriga,
U zotan bir sho‘rlik kasga zormidi?
Yer chorlab turganda qaro bag‘riga
Osmonga sapchishga balo bormidi?
Dunyoni ikki deb yozmishlar tugal,
Nedan bu borada endi xarxasha –
Birisi foniy, lek jilvasi go‘zal,
Biri boqiy, qaysar shunga yarasha.
Bari shodliklarga vaqt bordir hali,
Bir kuni rahmatlar cheksiz yog‘ilar.
Hozir ketdik dilga malham qo‘ygali,
Ketdik, kutib qoldi bizni qayg‘ular!
-
Xayrulla Hamidov
📚
@e_kutubxona
#Saboqlar
Hamma tark etganda ham suyanch bo‘lgan devorlarga salom! Salomlar tugaguncha unga salom!
- Ayman Yog‘iy
📚
@e_kutubxona
📓
"Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi"
✍
Abu Homid G’azzoliy
📄
144 sahifa
«Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas.
Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim.
«Ihyo» sabrtalab kitob. Uning mutolaasiga kirishgan kishi hayratomuz fikrlarga yoki bugun mutlaq haqiqat deya ishonilgan bir so‘zning teskarisiga duch kelib qolsa, «berdi»siga yetgunicha sabr qilishni, bu gap noto‘g‘ri-ku, deb kitobni yopmasligi kerak.
«Ihyo»ning uslubi shundayki, bir fikr o‘rtaga tashlansa, uning xulosasi ko‘ngina kitoblardagi singari o‘sha zahoti yoki bir necha satrdan so‘ng emas, balki keyingi sahifada, hatto bir necha betlar keyin keladi. Shuning uchun sabr bilan o‘qiganlargina uning hayrat vodiylarda rohat ila sayr qiladi. Zero, har qanday ilm cho‘qqisiga sabr bilan yetishiladi.
📚
@e_kutubxona