
Elektron kutubxona
YOMGʻIRJON
Hey yomg‘ir, tilingni tushunmadim hech,
Nedir demoqchisan, bor ne-da darding.
Tepaga tikilib yig‘laydi sog‘inch:
“Darhol samovotning ko‘z yoshin arting!”
Yomg‘irjon, sezyapman yerdagilarga
Quyoshdan qandaydir xabar aytyapsan.
Zamindan alam-la o‘rlovding ko‘kka,
Zaminga shu ko‘yi dard-la qaytyapsan.
Yomg‘irim, shiviring imlosini ayt,
Uni ezgulikka sarflayurmisan?
Bulutga yastanib, kirlangan yerni
Uzoqdan payqab, so‘ng soflayurmisan?
Yomg‘irjon, bu g‘amlar o‘tgaymikan-a,
Ilg‘ab olurmisan hislarimni sen?
O‘chirishga qurbing yetgaymikan-a
O‘tmishga bog‘langan izlarimni sen?!
Yomg‘irim, yer sori og‘ishlaringda
Darddan quyma sog‘inch bordir sezgulik.
Axir, shuncha yillik yog‘ishlaringda
Yashrinib yotgan-ku qancha ezgulik?!
Hay mayli, yog‘aver, ne bo‘lsa yog‘dir,
Baribir holimiz o‘nglolmayapmiz.
Yetkazmoqchisanu bizga nenidir,
Ammo million yilki anglolmayapmiz.
-
Xayrulla Hamidov
📚
@e_kutubxona
#Saboqlar
ASSALOMU ALAYKUM DO‘STIM!
Endi toliqib, faqat o‘zingiz bilan qolmoqdasiz. Ahvolingiz huddi jangdan yolg‘iz o‘zigina tirik qolgan askarga o‘xshaydi. Tirik qolganingizga suyunishni ham bilmaysiz, yo‘qotgan yaqinlaringizga kuyunishni ham bilmaysiz. Go‘yo o‘limning boshqacha ko‘rinishiga o‘xshaydi bu holat!
Bu holatda mutlaqo o‘zgarib qolasiz. Boshqalar tugul, endi o‘zingizni hatto o‘zingiz ham tanimaysiz. O‘zingizga boqib: "Men tanimaydigan bu inson kim?", deya savol berasiz!
Dunyo shafqatsizdir. Insonni shunday ahvolga soladiki, kishi hatto o‘zini ninaning teshigida o‘tirgandek his qiladi. O‘zingizga sig‘masangiz dunyoning kengligi sizga qanday foyda berar edi?!
Insonning boshiga shunaqangi kulfatlar tushadiki, inson hatto boshini ko‘tara olmay qoladi. Hatto qayerga ketayotganini ham bilmaydi.
Oisha roziyollohu anho Uxud jangi bo‘lib o‘tganidan so‘ng Nabiy sallollohu alayhi va sallamdan eng og‘ir kunlari haqida so‘raganida, Nabiy sallollohu alayhi va sallam Uhudni emas, Toifda toshbo‘ron bo‘lganlarini eslaganlar:
"Toifdan juda ham g‘amga botgan holatda chiqdim. Qayerga ketayotganimni bilmas edim. Faqatgina "Qarnus Sa’olib"ga yetib kelganimda o‘zimga keldim!".
"Qarnus Sa’olib" degan joy taxminan Toifdan 45 km uzoqlikda bo‘lgan. Ana shuncha masofada Nabiy sallollohu alayhi va sallam o‘zlarini bilmaganlar...!
Yuqoridagi gapni Payg‘ambar alayhis salom aytayaptilar. Qolganlarni esa qo‘yavering endi!
Dunyoda mantiq oqlay olmaydigan holatlar bor. Gohida boshimizga tushgan mahzunlik bizdan ancha katta bo‘ladi.
Dunyoda shunaqa kulfatlar borki, ularni hatto tog‘lar ko‘tara olmaydi. Biz qanday qilib ko‘taramiz?!
Bugun siz g‘amga botgansiz. "Qarnus Sa’olib" yo‘qki, uning oldida ochilsangiz, o‘zingizga kelsangiz. Sizga tayanch bo‘ladigan do‘st yo‘q. Xuddi yerga tushirilgan va Havvo onamizdan yiroqda bo‘lgan Odam alayhis salom singari yolg‘izsiz. Jannatidan ayrilgan, mahbubasidan ayro insonga naqadar qiyin!
O‘zingizdan xijolat bo‘lib yoki sizni yanchib tashlagan mana shu jangga tashlagan hayotdan alamzada bo‘lib, qalbingiz singan holatda o‘zingiz bilan yolg‘iz qolasiz. Achchiq-achchiq ko‘z yoshi to‘kasiz. Go‘yo oldin bunaqa yig‘lamagandeksiz!
So‘ngra yana o‘zingiz bilan yolg‘iz qolasiz. Nafsingizga adab berishni, qalbingizni isloh qilishni istayapsiz. Allohdan singan qalbingizga davo berishini, gunohlaringizni mag‘firat qilishini, sizga sabr berishini so‘rayapsiz...
Allohim, sabr ber!
-
Abdulqodir Samarqandiy
📚
@e_kutubxona
Qalbi singanlarga
Uni avvalboshda nafas olishda muhtoj bo‘lgan o‘pkangizga o‘xshatasiz...
Mantiq qalbga taskin berolmaydi. Qalb zaif bo‘lsa-da, mantiqqa qanoat qilmaydi.
Allohga qasamki, bu hayot ham, o‘lim ham emas!
Eshikni muhabbat barmoqlari bilan cherting. Agar javob berishmasa, ostonaga yotib olmang.
"Agar Urva bilan Afro tirik bo‘lganida bugun men ularni qovushtirib qo‘yar edim!"
Garchi ikki kishining o‘rtasini jamlash imkoniyatingiz bo‘lmasa-da, harakat qilish sizning qo‘lingizda.
📚
@e_kutubxona
NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Ayriliq oni yaqindur, kema yo‘l bongin cholur,
Vah, meni tashlab firoqqa, yor yiroqqa yo‘l olur,
Jon borib jono bilan, sohilda bir jismim qolur,
Har qachonkim kemaga ul oy safar rahtin solur,
Mavjlig‘ daryo kabi oshufta ko‘nglim qo‘zg‘olur.
Men necha aytdim, ko‘ngul, jondin kechib yor sevma deb,
So‘ng yiroqqa ketsa tashlab, urma oh, dod dema deb,
Ketdi yor, bas endi, kim aytdi yoshingni tiyma deb,
Yig‘lama, ey ko‘z, nedin sohilga chiqmas kema deb,
Kim yoshing daryosidur har sorikim el ko‘z solur.
Yel turar, yig‘lar falak, bu guldurak ham barq dema,
Dardi hijronimni o‘krab so‘zlar osmon har kima,
Jism aro jondek omonat chayqalib borgay kema,
Titrabon siymobdek ko‘nglim, yetar jon og‘zima,
Tund yel tahriqidin har damki daryo chayqolur.
Ey falak, bas, yig‘lama, yo‘q foyda, ul oy kemada,
O‘rtada daryoyu men bu joyda, ul oy kemada,
Kelmas endi, oyda ne, ming oyda, ul oy kemada,
Sabr ko‘ngulda, ko‘ngil ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib, termulib ko‘z, mungrayib jonim qolur.
Taskinim shulkim, kema ko‘zdan yo‘qolmabdur hali,
Bir nafas bor fursatim yor yo‘liga termulgali,
Oh, demay, saqlab nafas, qo‘zg‘olmayin turdim, vale,
Dam tutilgandin o‘lar eldek yetibman o‘lgali,
Surmasin deb kemasin, baskim, nafaslar asrolur.
Ey shamol, jim tur, samo jim, mavjudot, bir lahza jim,
Tingla, olam, tingla, odam, sen agar bo‘lsang-da kim,
Buldur ustoz pandi: siymin tandin o‘zga surma siym,
Kirma savdo bahriga olamdan istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg‘olur.
Sun qadah, bergil menga jonim haqin, ey piri dayr,
Kim qadahlar zarbidan chiqsin chaqin, ey piri dayr,
Bormi Erkinga ul ustozdin yaqin, ey piri dayr,
G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.
1977
- Erkin Vohidov
📚
@e_kutubxona
UZLAT
Sendan yolg‘izlikning halovati haqida so‘rashadi. Sen so‘raganlarga:
"Yolg‘izlik g‘iybatdan qutilish rohati...
Aytdi-dedilardan qutilish rahmati...
Senga tasalliy beradigan va hamdard bo‘ladigan kitob ila ulfatchilik deb ayt! Vassalom!".
(c)
📚
@e_kutubxona
#Saboqlar
Kim bilan turmush qurishim, do‘st bo‘lishim kerak?
Hech sezganmisan, energiyaga to‘la insonlar bilan o‘tirsang seni ham ichingda energiya paydo bo‘ladi, zohid insonlar bilan bo‘lsang qalbing taskin topadi, tadbirkorlar bilan gaplashsang biznes qilging keladi. Gʻiybatchilar bilan o‘tirsang seniyam baribir tortib ketishadi. Xullas, tushunding. Atrofingdagi odamlar muhim.
Seni 5 yildan keyin kimligingni hozirda atrofingdagi insonlar hal qiladi. Shuning uchun, umr yo‘ldoshni va do‘stlarni to‘g‘ri tanlasang, seni porloq kelajak kutmoqda deyaver in sha Alloh. Xo‘sh qanday tanlashing kerak?
Insonda bitta sifat borki, agar u shu sifatga ega bo‘lsa, o‘z-o‘zidan qolganlariga ham erishadi. Bu sifat – Intizom. Ya’ni, o‘zini har kuni oz-ozdan tarbiyalay olish va kichik-kichik qadamlar bilan boshqarish sifati.
To‘g‘ri, bir qarashda insonning intizomli ekanligini bilib bo‘lmaydi, lekin intizomning peshonadagi xoldek ko‘rinib turadigan bitta belgisi bor. Bu ham bo‘lsa — natija. Har kunlik intizom va tinimsiz mehnat qilmay erishib bo‘lmaydigan natijalar bor, shularga e’tibor ber:
- O‘z ishining o‘taketgan ustasi bo‘lish;
- Qur’onning qanchadur qismini yodlash (yoki to‘liq);
- Chet tilini bilish (ayniqsa ingliz va arab tillari);
- Qisqa muddatda, muvaffaqiyatli lohiyani amalga oshirish;
- Ko‘p kitob o‘qish.
Shunday sifatlarning biriga (yoki bir nechtasiga) ega insonlarni top, oldiga bor. Suhbat qur. Do‘stlash. Yonida yur. Va bu hislat, Albatta, senga ham yuqadi. Intizomli insonga esa qolgan hamma narsaga erishish faqat vaqt masalasi bo‘lib qoladi.
(c)
📚
@e_kutubxona
Yaxshi yoki yomon ishlar yo‘q.
Chunki menga “yaxshi” tuyilgan ish — senga “bekorchi” bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Kimdir mening blog yozishimni vaqt isrofi deb biladi.
Lekin men uchun u — fikrlash, o‘zini tushunish va ichki tartibni topish yo‘li.
Menga 8 soat uyqu norma.
Kimdir uchun esa 10 ham oz.
Demak, hayotda hamma narsa — insonning o‘zi yaratgan o‘lchovlar.
Ammo bitta narsa bor:
kerakli ishni keraksizdan ajrata olish — eng katta ustunlik.
Endi senga savol:
5 yildan keyin o‘zingni qayerda ko‘rmoqchisan?
Shu haqda jiddiy o‘tirib o‘ylaganmisan?
Yoki hali ham fikrlar ichida orzu qilib yurib, birinchi qadamnigina qo‘ymaganmisan?
Tur.
Qog‘oz va qalam ol.
Yoz — maqsadlaringni, orzularingni, talab qiladigan qadamlardan boshlang‘ichini.
Orzu qilgan hayotingga yetish uchun hozir senga bekorchi videolar yordam beradimi yoki har kuni bitta, kichik bo‘lsa ham, o‘sish qadamimi?!
O‘sha qiz ortidan yurib nimaga erishasan?
Yoki stulga shimni qoʻyib, o‘zingni ustingda ishlash muhimmi?!
Ota-onangdan “olib bering”, “qilib bering” deb nolish foydalimi yoki ularni ishidan bo‘shatish haqida o‘ylash kerakliroqmi?
Tanlov — seniki.
Harakat — seniki.
Natija ham — seniki.
Va esda tut:
Harakat xohishdan boshlanadi, lekin davomiylik seni butunlay o‘zgartiradi
.
Agar shu satrlarni o‘qib ichingda nimadir qimirlagan bo‘lsa — demak, sen o‘zingni o‘zgartirishga tayyorsan.
Men Telegramda shunday fikrlarni davom ettiraman:
ichki tartib, ruhiy tinchlik, maqsad, harakat, va inson sifatida o‘sish haqida.
Bu kanal
o‘qish
uchun emas.
U o‘zini eshitishni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun.
Agar sen ham ichingdagi shu jim signalni sezgan bo‘lsang —
mening Telegramimga qo‘shil.
Qolgan yo‘lni esa o‘zimiz bosib o‘tamiz.
https://t.me/AkbarNosirov_Shaxsiyblog
#Haqiqiy_saodat
Doktor Oiz Qarniy, "
Haqiqiy saodat
" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
(2-qism)
[
1-qism bu yerda
]
• Nafas olishi ogʻirlashgan hamda tor xonasi oʻziga qorongʻu boʻlib qolgan kishilarga tabiblar tavsiya qiladigan rohat, yer yuzida sayohat qilishdir.
• Pand-nasihat toʻgʻri tamoyil egalarining iymonini mustahkam qiladi, tebranishlar beqaror kishilarning qoʻrqinchlariga qoʻrqinch qoʻshadi.
• Kitob oʻqishning foydalari: tilning burro boʻlishi, aqlning oʻsishi, fikrning toza boʻlishi, gʻamning ketishi, tajribalardan istifoda etish va fazilatlarni kasb qilish.
• Hayotdagi ortiqcha narsalar, (ortiqcha) ish, hojatdan tashqari narsalar yuk boʻlib, kifoya qiladigan narsa ila iffatni saqlash, dabdaba va isrofdan yaxshidir.
• Semizlik gʻaflatdir, koʻp uyqu muvaffaqiyatsizlik kaliti, vasvasa azobdir. Qorin qoʻyish zehnni oʻtmaslashtiradi, koʻp kulgu esa qalbni oʻldiradi.
• Mashaqqat sizga baxtiyorlikni eslatadi. Ochlik sizga taomni yoqimli qiladi. Kasallik sizni ofiyatga shavqlantiradi.
• Nafsga ko‘nsangiz xohlayveradi, uni rad qilib, oz narsaga ko'ndirsangiz, u qanoat qiladi.
• Alloh taolo musibatlar bilan in'om qilgan bo'lishi va ba'zi qavmlarni ne'matlar bilan balolashi mumkin.
📚
@e_kutubxona
#Saboqlar
ASSALOMU ALAYKUM, DO‘STIM!
Mendan narsalarni qanday qilib abadiy saqlasam bo‘ladi deb so‘rabsan. Men senga odatdagidek falsafiy javob beraman:
“Voz kechish bilan. Kim tark qilsa molik bo‘ladi”.
Endi e’tiboringni Robbimizning Muso alayhis salomning onalariga aytgan gapiga qarataman:
“
Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo‘rqqan chog‘ingda uni(Musoni) daryoga tashla!
”.
E’tibor ber, gohida yagona yechim voz kechish bo‘ladi. Bundan ko‘rinayaptiki, narsalarni saqlamoqchi bo‘lsang uni tark qilishing lozim bo‘ladi. Agar u qaytsa senikidir. Agar qaytmasa, u avvaldan seniki bo‘lmagan bo‘ladi.
Ummu Sulaym roziyollohu anhoning qissasi nega yodimga keldi bilmayman. Abu Talha roziyollohu anhu mushriklik paytida musulmon ayol bo‘lmish Ummu Sulaym roziyollohu anhuga sovchi qo‘ydi. Ummu Sulaym dedi:
- Ey Abu Talha! Sen kabi erkaklar rad qilinmaydi. Ammo sen kofirsan. Men esa muslimaman. Senga turmushga chiqishim menga halol bo‘lmaydi. Agar musulmon bo‘lsang mahrim sening isloming bo‘ladi.
Abu Talha musulmon bo‘ldi. E’tibor berdingmi, Ummu Sulaym roziyollohu anho voz kechgani uchun molik bo‘ldi.
Senga yozilgan narsalar garchi temir zanjirlar bilan bog‘lab qo‘yilsada seniki bo‘ladi.
Senga yozilmagan narsalarga esa mingta qanoting bo‘lsada uchib bora olmaysan!
Salomlar bo‘lsin qalbingga!
-
Abdulqodir Samarqandiy
📚
@e_kutubxona