Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝑲𝒐𝒎𝒊𝒍𝒍𝒊𝒌 𝒔𝒂𝒓𝒊💚

farzand_tarbiyasida

🤍
Shaxs kamoloti borasidagi eng sara ma'lumotlar, fikrlar, tavsiyalar aynan shu yerda
📞
@Mehrnoz_Saydullayeva

Subscribers
2 110
Post views
1 230
ER
56,97%
Posts
2 809
October 14, 04:59

Otalar – farzand uchun qahramon yoki qo'rquv manbai boʻlishi mumkin – A.Adler
Ota bilan ijobiy munosabatlar o'rnata olgan bolalar jamiyatga yaxshi singib ketadi, o'ziga ishongan va aktiv shaxs bo'lib yetishadi. Bunday munosabatlarga do'stlik asosida erishiladi.
Do‘stlik asosida berilmaydigan har qanday ta’lim noto‘g‘ri.
Qo'rqitishga asoslangan jismoniy jazo esa - iliq munosabat o'rnatishdagi to'siqdir.
Afsuski, onalar ham bolalarni jazolashni otaga topshirishadi. Bu psixologik jihatdan xato.
Chunki bu holat:
• onaning tarbiyada ojiz ekanligini ko'rsatadi: bola ongida ona - kuchsiz, shu uchun uchun vazifa otaga topshirildi, degan tasavvur uyg'otadi;
• bolalar va otalari o‘rtasidagi munosabatni buzadi: bola otani do‘st emas, xato uchun jazolovchi qo‘rqinchli shaxs, deb bila boshlaydi.
• ba’zilar bolalarning mehrini yo‘qotishdan qo‘rqib jazolashdan bosh tortadilar: lekin bunda bola nafrati yana-da oshadi.
📚
A.Adler "What life should mean to you
https://t.me/farzand_tarbiyasida

October 07, 04:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eng kuchli universitet talabalari ham uy vazifalarini chatGPTga qildirishyapti. Demak, qolganlarning holi yanada xarob.
Pubmedning oxirgi tadqiqoti javoblari
chiqdi
. Yoshlikdan chatlarga suyanib borish, aqliy qobiliyatlarimizni pasaytirib yuboradi.
Shu vaqtning oʻzida Sem Altman (chatGPT) yangi CEO
tayinladi
. U oʻn yil davomida Feysbukda reklamani yoʻlga qo'yish bilan shug’ullangan edi.
Altman gptni kuniga kamida 3 soat ishlatishni maslahat
beradi
. Oʻzi esa, fikrlashini soatlab oddiy qogʻoz va ruchkada oʻ
tkazadi
.
Yana bir marta, sekinroq.
Talabalar (demak, boshqa koʻpchilik ham) oʻzlari oʻqimoqchi emas, chat bilan ishlarini bitirmoqchi + chatga yoshlikdan
suyanganlarda
aqliy pasayish kuzatilyapti + aqliy dangasa va zaif foydalanuvchilarga yaqinda bilintirmaydigan reklama boshlanadi + shularning tepasidagi rahbar odam, oʻz mahsuloti bilan fikrlashdan tashqari, kundalik qogʻoz-qalam bilan ham fikrlashni ma’qul ko’radi.
Vachovskilar taxmin qilganidek robotlar bizni bosib olmaydi shekilli.
Oʻylashni xohlamagan dangasa odamlar, xoʻjayinlikni oʻzlari topshirib qoʻya
qolishadi.
Ajib yangi dunyo boʻsagʻasida turibmiz.

October 06, 03:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧠
Stenford olimlari tom ma’noda fikrlarni o’qiy oladigan miya implantini
ishlab chiqishdi:
u miyada aytilgan so’zlarni aniqlaydi va ularga ovoz beradi.
Texnologiya og’ir falaj bo’lgan, lablari va ovoz paylarini harakatga keltira olmaydigan odamlar uchun yaratilgan.
Chip nutq bilan bog’liq neyroaktivlikni 74% aniqlik bilan dekodlaydi, maxfiylik uchun esa uni maxsus parolni aqliy ravishda takrorlagandan so’ng ishga tushirishga sozlash mumkin.
https://t.me/farzand_tarbiyasida

October 01, 08:08

​​Ўқитувчилар ҳақида ҳақиқатлар
-Дунёда битта касб бор: ўқитувчилик. Қолган касблар унинг ҳосиласидир.
-Миллатнинг эртаси мактаблардан бошланади.
-Ўқитувчи бир умр бола бўлиб қолади.
-Ўқитувчи бир вақтнинг ўзида она, ота, бобо, буви, ака, опа, дўст бўла олади.
-Ўқитувчида отанинг қаттиққўллиги, онанинг меҳри бўлиши керак.
-Ҳеч кимнинг 30 нафар фарзанди йўқ. Ўқитувчида эса бор.
-Ҳамма ўз боласини севади. Ўзганинг боласини севиш, унга таълим-тарбия бериш эса ҳар кимнинг ҳам қўлидан келмайди.
Бунинг учун инсонда катта юрак керак бўлиши керак.
-Болаларни сева олмаган кишидан ўқитувчи чиқмайди.
-Ўқитувчилик-бу ҳали устозлик дегани эмас.
-Ўқитувчилик-бу касб.
Устозлик эса бахтдир.
-Ҳаётингиз давомида ҳеч бўлмаса битта шогирдингиз сизни устоз сифатида тан олмаса, умрингиз шамолларга соврилибди.
-Ўқувчиларим мени устоз сифатида эмас, аввало, инсон сифатида яхши кўришларини истайман.
-«Дарсимда пашша учса билинади»-дейдиган ўқитувчилар рост гапиради. Уларни фақат пашша қизиқтиради.
-Амир Темур дунёни тиғ билан, Навоий қалам билан олган бўлса, устозлар дунёни бўр билан олади.
-Бу ҳаётда оддий синф раҳбар бўлмайди. Синф раҳбар бўлдингми, чида. Муштни муштга тугиб чида, тишни тишга қўйиб чида. Синф раҳбарликни чидаганга чиқарган.
-Бугун синф раҳбарлик олиб, унинг масъулиятига чидолмай, эртага ташлаб юборадиган ўқитувчининг ўзини «ташлаб» юбориш керак.
-Устоз яқинми, ота?
-Ота. Агар у устоз бўлса.
-Ҳақиқий ўқитувчининг қаҳрида ҳам болага нисбатан меҳр уфуриб туриши керак.
-Энг ёмон ўқувчимни бошқа синфдаги 10 нафар энг яхши ўқувчига алишмайман.
-Ўқувчингиз ҳаётий масалада сиздан маслаҳат, ёрдам сўраяпдими, демак, устоз даражасига етибсиз, муборак бўлсин.
-Ҳеч қачон ўқувчиларингизга одам бўлмайсан, деманг. Унингку танлаш имконияти бор. Сизда эса ҳатто шу ҳам йўқ.
-Бугунги жиноят кечаги тарбиянинг маҳсулидир.
-Биз устозлар ўқувчиларимизга мактабда эмас, ҳаётда аълочи бўлишлари учун кўмак беришимиз керак.
-Устознинг ҳаттоки қадам ташлаши ҳам тарбия бўлиши керак.
-Шогирдларига фақат таълим берган ўқитувчи мутахассис тайёрлайди. Шогирдларига таълим-тарбия берган ўқитувчи инсонни етиштиради.
-Ўқувчингиз сизни ота-онасининг ноўрин айбидан ҳимоя қилаяпдими, демак сиз унинг қалбидан жой олибсиз.
-Устозлар фарзандларининг ютуқларидан кўра, шогирдларининг ютуқларига кўпроқ қувонади.
-Юксакларга чиқмоқчи бўлсангиз, пастга тушиб ўқувчилар билан бирга бўлинг. Кун келиб уларнинг ўзи сизни юксакларга олиб чиқади
https://t.me/farzand_tarbiyasida

October 01, 04:42
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
Меҳнат қилишга болани ёшлигидан ўргатиш керак
Боласини жисмоний меҳнатдан жуда эхтиёт қиладиган ота оналар
https://t.me/farzand_tarbiyasida

September 30, 04:41

Maktabga ilk qadam qo'ygan bolada stress bo'lishi - bu tabiiy
Har bitta ota-ona farzandi maktabga chiqishidan oldin bolam o'qishga qanday ko'nikib ketarkan, yangi muhitga qanday qanday moslasha olarkan, tengqurlari va o'qituvchilari bilan chiqishib keta olarmikan deb havotir oladi.

Aslida ota-onaning bu havotirlari asosli.
Haqiqatdan ham bola maktabga chiqqanda dastlab ma'lum stressli jarayonni boshdan kechiradi. Qiynalishi, qo'rqishi, o'zini begonadek his qilishi mumkin, qaysar va injiq bo'lib qolishi mumkin.

Savol tug'iladi: nega shunday?
O'z uyida xohlagan paytda o'ynagan, xohlagan paytda yelib-yugurgan, mutlaqo erkin bo'lgan, qolaversa, o'zi uchun eng yaqin bo'lgan insonlar davrasida asosiy vaqtini o'tkazgan bola, birdaniga boshqa muhitga tushib qoldi: endi u tartib-qoidaga rioya qilishi, belgilangan vaqtda bir joyda o'tirishi, oldin umuman ko'rmagan, tanimagan odamlar bilan muloqot qilishi lozim. Bularning hammasi bolaga ta'sir o'tkazmay qolmaydi.
⚠️
Aslini olganda gap shundaki, bu holatlarning barchasi tabiiy holat, ya'ni, bola uchun o'ziga xos o'tish davri. Har bir bola ma'lum bir yoshga yetgandan keyin o'zining "komfort zona"sidan chiqishi kerak. To'g'ri, bu yuqorida aytganimizdek oson bo'lmaydi. Ammo bola ijtimoiy, aqliy va psixologik jihatdan rivojlanishi uchun mana shu etaplardan o'tishi kerak.
🔅
4 oyoqda emaklab yurgan bolacha yiqilib-yiqilib, oxiri ikki oyoqda yurishni o'rganadi. Qiyinchilikni ortida o'sish bor.
https://t.me/farzand_tarbiyasida

September 29, 04:40

​​
🔎
🔎
Bola bilan birga dars tayyorlashdan maqsad - hissiy aloqa o'rnatish, shunchaki, uy ishlarini qildirish emas - Tadqiqot
Bola bilan iliq munosabat faqatgina unga yaxshi gapirish orqali qurilmaydi. Yoki farzandni eshitish, tushunish, qo'llab-quvvatlash ham ba'zida yetarli emas.

Ma'lum vazifalarni birgalikda amalga oshirish, birgalikda to'g'ri yechimga kelish, turli jamoaviy o'yinlar, uy ishlari - aslida, ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatlarga iliqlik kiritadi va aloqani mustahkamlaydi.
https://t.me/farzand_tarbiyasida

September 28, 04:39

​​
💥
Bolaning ruhiy jihatdan kuchli bo'lishi - onaning e'tiboriga bog'liq - Jon Bowlby
Bolaning o'zini xavfsiz, xotirjam his qilishi onaning bola bilan emotsional yaqinligiga bog'liq. Agar ona bola bilan emotsional kontaktda bo'lib, uni yo'lg'izlatib qo'ymasa, bola o'ziga ishongan bo'lib yetishadi.
1) Onasi borida bolaning o'zini tutishi:
• Bola odatda xotirjam, o‘zini xavfsiz his qiladi;
• Erkin ravishda atrof-muhitni o‘rganadi, yangi odamlar bilan muloqot qiladi;
• Onaning yaqinligi bolada “xavfsiz baza” (secure base) rolini o‘ynaydi.
2) Onasi yo‘qligida bolaning o'zini tutishi:
• Bola tezda xavotirlanadi va ko‘pincha yig‘laydi;
• O‘yin va atrof-muhitni o‘rganish faolligi pasayadi;
• Yangi odamlar bilan aloqada bo‘lishdan bosh tortadi yoki haddan tashqari bezovtalanadi.
https://t.me/farzand_tarbiyasida

September 08, 09:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Uyg‘on, o‘g‘lim! Tur o'g'lim!
Yaqin vaqtlardan beri bunday ruhlantiruvchi qo'shiq eshitmagan edim.
Ulug‘bek osmonida
Yulduz bo‘l, oy yonida.
Beruniy ummonida
Bo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim!
Haqiqatan ham, sirli osmonga narvon qo‘ygan Mirzo Ulug‘bekning hamda ummon ortini ko‘ra olgan Al-Beruniyning avlodlari porlagan yulduz bo‘lishga, insonlarning duru-javohiri bo‘lishga loyiqdir.
👉
https://t.me/MTT_xodimlariga

September 06, 05:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!
🔹
Mavzu:
“XXI asrda ilm-fan taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va xususiyatlari”
.
📅
Sana:
2025-yil 10-oktyabr.
📍
Joy:
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Surxondaryo viloyati.
Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tadi:
1️⃣
Kiberxavfsizlik va yoshlar
2️⃣
Iqlim o‘zgarishi va global harakatlar
3️⃣
Ta’lim texnologiyalari
4️⃣
Ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy shaxs
5️⃣
Madaniy merosni saqlashda sun’iy intellekt
📄
Maqolalar qabul qilish muddati:
2025-yil 30-sentabr
🌐
Tillar:
o‘zbek, rus, ingliz

Har bir maqola:
📍
DOI raqamiga ega bo‘ladi
📍
Google Scholar’da indekslanadi
📍
Sertifikat va elektron nashr
taqdim etiladi
📩
Maqolalarni yuborish uchun:
📱
Telegram:
@MrScott98
☎️
Tel:
(+998 90) 976-76-98
✉️
Email
(xorijiy ishtirokchilar uchun): bekzodmordayev98@gmail.com‌‌
AXBOROT XATI