
Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
•
instagram.com/firstfacultyofficial
📩
Murojaat uchun:
@birinchiingliz_dekanat
📩
Matbuot kotibi:
@dilfuza_23
Òzbekiston va Indoneziya dòstligiga baģishlangan tadbir
🇮🇩
🇺🇿
Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva tashabbusi bilan, Ikkinchi chet tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Avazova Feruza rahbarligida ikkinchi chet tili, indonez tilini o‘rganayotgan talabalar ishtirokida Indoneziya tili va madaniyatiga bag‘ishlangan bayram tadbiri
bo‘lib o‘tdi.
📍
📣
Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalar tomonidan milliy qadriyatlarimizdan biri
“Kelin salom” marosimi o‘zbek va indonez tillarda sahnalashtirildi. O‘zbek va indonez milliy taomlari dasturxonga tortilib, indonezcha kuy va raqslar kuylandi
.
📌
Tadbirda Indoneziyaning Surabaya universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etib, talabalar chiqishlarini katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Mazkur tadbir ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirni tashkillashtirishda o‘zining tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etgan Avazova Feruzaga alohida minnatdorlik bildiramiz!
Birinchi ingliz fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasidagi "Ilm- kelajak poydevori " to'garak mashg'ulotidan lavhalar
📚
Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi katta o'qituvchisi Y. Xo'jamova tomonidan 28-oktabr kuni 1-bosqich talabalari bilan "Ilm-kelajak poydevori " to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi.
✏️
To'garak davomida talabalarga stipendiyalar va almashinuv dasturlari haqida umumiy ma'lumot berildi.
✏️
Stipendiyalar va almashinuv dasturlari o'rtasidagi farqlar misollar yordamida tushuntirilgandan so'ng, Amerika va Yevropa mamlakatlarida mavjud bo'lgan almashinuv dasturlari taqdimot ko'rinishida talabalarga yetkazildi.
✏️
Mashg'ulot so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
📚
To'garak mashg'uloti talabalarning o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga stipendiya va almashinuv dasturlariga hujjat tayyorlash uchun ijtimoiy faol bo'lish kerakligini ham bilib olishdi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
O‘zDJTU va UNESA o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)
hamda
Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Surabaya davlat universiteti (UNESA)
vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Jumladan,
UNESA tomonidan
Dr. Anung Priambodo, Dr. Karvanto, Dr. Yuli Lolita, Dr. Ima Widyanah, Awang Dharmavan hamda Dr. Maspiyah M.Kes.;
O‘zDJTU tomonidan esa
rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K. Muradqasimova hamda Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida
ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi o‘zaro hamkorlik
,
o‘qituvchilar malakasini oshirish
,
talabalar almashinuvi
,
innovatsion ta’lim loyihalarini amalga oshirish
hamda
pedagogik tajriba almashish
masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida uch xil turdagi hamkorlik memorandumlari (MoU) imzolandi:
🔹
1. UNESA universiteti bilan hamkorlik memorandumi
—
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish
,
professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish
, hamda
qo‘shma ilmiy anjumanlar tashkil etishni
nazarda tutadi.
🔹
2. UNESA Labschool bilan hamkorlik memorandumi
—
ilg‘or pedagogik tajribalar va akademik almashinuv asosida talabalar pedagogik amaliyotini joriy etish
ni o‘z ichiga oladi.
🔹
3. UNESA Ta’lim va malaka oshirish markazi bilan hamkorlik memorandumi
—
o‘qituvchilar malakasini oshirish
,
trening va sertifikatlash dasturlarini amalga oshirish
hamda
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishni
ko‘zda tutadi.
Mazkur memorandumlarning imzolanishi
O‘zDJTU va UNESA o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib
, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida
ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🗓
Joriy yilning 27-oktabr sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili 1-fakulteti tyutori N.M. Masadikova
o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan hamkorlikda “Besh muhim tashabbus” doirasida universitet Axborot resurs markazida kitobxonlik tadbirini tashkil etdi.
📚
Tadbir davomida talabalar o‘zlari o‘qigan badiiy asarlar yuzasidan fikr almashdilar, o‘zlariga manzur bo‘lgan qahramonlar, voqealar va mualliflarning mahorati haqida mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, tyutor N.M. Masadikova kitob o‘qishning shaxsiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
📖
Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tdi, talabalar o‘zlarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdilar.
🌍
ECO maskanga sayohat...
⛰
Ichki turizmi rivojlantirish hamda talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Ingliz tili 1-fakulteti tyutori D.Matyakubova biriktirilgan guruh talabalari bilan "So'qoq ECO maskani" ga sayohat uyishtirishdi.
🌳
Sayohat davomida talabalar tabiatning go'zal manzaralaridan bahramand bo‘lishdi.Atrof muhit — bu bizning hayotimizning ajralmas qismi. Toza havo, sof suv, yashil daraxtlar va tabiiy go‘zallik inson salomatligi hamda baxtiyor yashashi uchun zarurdir.
Shuning uchun har bir inson atrof muhitni asrashga o‘z hissasini qo‘shishi kerakligi, tabiatni asrash — bu faqat hukumat yoki ekologlarning ishi emas, balki har birimizning insoniy burchimiz ekanligini talabalar amalda his qilishdi.
2025-yil 28-oktyabr kuni Ingliz tili 1-fakulteti tyutori
D.D. Xurramova
tashabbusi bilan 1-kurs talabalari ishtirokida “
Oybek ijodiy faoliyati
” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan *Oybek (Musa Toshmuhammad o‘g‘li Oybek)*ning hayoti va ijodiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlar ongida milliy adabiyotimiz va madaniyatimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida buyuk adib Oybekning boy adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan hissasi xususida fikr almashildi. Talabalar adib hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, she’rlar hamda sahna ko‘rinishlari orqali o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etdilar.
Bunday ma’rifiy uchrashuvlar talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇮🇩
OʻzDJTU va University of Indonesia hamkorlik sari yangi qadam
🗓
2025-yil 27-oktabr
kuni
O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva Indoneziya universitetining Loyihalar va hamkorliklar bo‘limi direktori, UI GreenMetric xalqaro reyting bo‘limi vitse-prezidenti Dr. Junaidi
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida ilg‘or tajribalarni almashish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Quyidagi masalalar uchrashuv davomida muhokama qilindi:
🔹
O‘zDJTUda
“Indoneziya Tadqiqotlari Markazi"
(Indonesian Study Center)ni tashkil etish;
🔹
Scopus
bazasida indekslangan
Wacana ilmiy jurnalida
O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining maqolalarini chop etish;
🔹
O‘qituvchilar va ilmiy xodimlar o‘rtasida
tajriba almashish dasturlarini
yo‘lga qo‘yish;
🔹
Malakali indoneziyalik professorlar ishtirokida
onlayn darslar va ma’ruzalar
tashkil etish;
🔹
UzWAVE
gender tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
🔹
Indoneziya universiteti tashabbusi bilan
musiqiy asboblarni chalish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini
tashkil etish.
🔹
GreenMetrics
xalqaro reytingi masalalari bo‘yicha metodologik maslahatlar berish.
🤝
Uchrashuv yakunida tomonlar
o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini amaliy yo‘nalishlarda rivojlantirish, hamda ilmiy-ta’limiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish
ga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
🏛️
Islom Karimov muzeyiga tashrif
Talaba yoshlarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida Islom Karimov nomidagi muzeyga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, siyosiy faoliyati hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
📖
Ushbu tashrif talabalar uchun tarixiy saboqlarga boy, ma’naviy jihatdan o‘ta foydali bo‘ldi. Ular Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan buyuk shaxsning hayot yo‘lidan ilhom oldilar.
My dear ones, have a wonderful day. Starting next week, I will begin teaching Azerbaijani language lessons free of charge. I kindly ask you to share this post on Instagram or Telegram, tag me, and show your support