Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

first_faculty_official
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova
Subscribers
2 040
24 hours
-3
30 days
716
Post views
839
ER
41,13%
Posts (30d)
18
Characters in post
1 246
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 14:50
Media unavailable
6
Show in Telegram

Professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy suhbat fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, dotsent N. Tojibayeva hamda Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, professor D. Isroilova boshchiligida tashkil etildi.
Suhbat davomida professor-o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kiyinish madaniyati, odob-axloq, muomala madaniyati, pedagogik etika hamda kasbiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida ustozning shaxsiy namuna bo‘lishi, talabalarga nisbatan hurmat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish, zamonaviy pedagogik madaniyat talablariga rioya qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlash joizki, har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida belgilanganini inobatga olgan holda, professor-o‘qituvchilar mazkur tadbirga milliy liboslarda tashrif buyurdilar. Bu esa milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmatni yanada mustahkamlash, milliy liboslarimizni targ‘ib etish va yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida milliy liboslarimizning tarixi, kelib chiqishi, hududiy o‘ziga xosligi, bezaklari hamda ularning milliy madaniyatimizdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Milliy liboslarning nafaqat estetik, balki xalqimizning tarixi, qadriyatlari va ma’naviy merosini aks ettiruvchi muhim madaniy boylik ekanligi qayd etildi.
Suhbat yakunida professor-o‘qituvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zaro savol-javob va fikr almashuvlarida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, kasbiy va pedagogik madaniyatni yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmatni oshirish hamda jamoada o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
https://t.me/first_faculty_official

September 11, 13:11
Media unavailable
2
4
Show in Telegram

🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
1- fakulteti 1-bosqich talabalari
tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
🎉
Tadbirni guruh
tyutori Tadjiyeva Yulduz Muxitdinovna
boshchiligida talabalar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdilar.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan Vatanimizni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
🇺🇿

Ushbu tadbir yoshlar qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

September 10, 13:35
Media unavailable
7
Show in Telegram

📚
Talabalar “Odob-axloq qoidalari” bilan tanishtirildi
📗
Ingliz tili 1-fakulteti 1-kurs talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
📌
Tadbir davomida
IPMBIB mutaxassisi D.Matyakubova
tomonidan 1-kurs talabalari Universitet Kengashining 2024-yil 27-iyundagi 11-son bayoni bilan tasdiqlangan “Odob-axloq qoidalari” bilan batafsil tanishtirildi.
📋
Uchrashuv davomida talabalarga universitetda o‘zaro hurmat, muomala madaniyati, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilish hamda talabalik mas’uliyatini chuqur anglashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
🤝
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli tavsiyalar oldilar.
🌱
Odob-axloq — yuksak madaniyat va munosabatlar asosi!

September 10, 12:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Barcha talabalar diqqatiga!
📲
To‘lov shartnomasini olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasidan onlayn ariza yuboring.
➡️
Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📌
“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 10, 12:10
Media unavailable
4
Show in Telegram

🎭
1-kurs talabalari “Ko‘chki” spektakli premyerasida
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida
Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari
M.Kenjayeva hamda M.Inamovalar boshchiligida 1-kurs talabalari O‘zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar
Tunjer Jo‘jan o‘g‘lining asari asosida, O‘zbekiston xalq artisti Valixon Umarov
tomonidan sahnalashtirilgan
“Ko‘chki”
spektaklining premyerasini tomosha qildilar.
🎬
Mazkur spektakl orqali yoshlar insoniy qadriyatlar, hayotiy tanlovlar, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi muhim mavzular haqida chuqurroq mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.
Teatr muhiti, jonli ijro va aktyorlarning mahorati talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun unutilmas kecha bo‘ldi.

San’at — qalb tarbiyasi. Teatr esa insonni fikrlashga, his qilishga va hayotni teranroq anglashga chorlaydi!

September 09, 11:29
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🎭
1-kurs talabalari “Ko‘chki” spektakli premyerasida
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida
Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari
N.Masadikova, Y.Tadjiyeva
hamda
F.Mag'zimov
lar boshchiligida 1-kurs talabalari O‘zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar
Tunjer Jo‘jan o‘g‘lining asari asosida, O‘zbekiston xalq artisti Valixon Umarov
tomonidan sahnalashtirilgan
“Ko‘chki”
spektaklining premyerasini tomosha qildilar.
🎬
Mazkur spektakl orqali yoshlar insoniy qadriyatlar, hayotiy tanlovlar, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi muhim mavzular haqida chuqurroq mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.
Teatr muhiti, jonli ijro va aktyorlarning mahorati talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun unutilmas kecha bo‘ldi.

San’at — qalb tarbiyasi. Teatr esa insonni fikrlashga, his qilishga va hayotni teranroq anglashga chorlaydi!
#UniversitetHayoti
#Tyutorlar
#1Kurs
#Talabalar
#Teatr
#KoChki
#MadaniyTadbir

September 09, 05:36
Media unavailable
6
Show in Telegram

XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-yil 7–8-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning
Surabaya davlat universiteti (State University of Surabaya, Indonesia)
professor-o‘qituvchilari ishtirokida xalqaro akademik seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Surabaya davlat universiteti o‘rtasidagi xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Seminarning
1-kunida

The Best Practice of Inclusive Education in Indonesia and Uzbekistan
” mavzusida ma’ruza va muhokamalar tashkil etildi. Unda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, Indoneziya va O‘zbekistondagi ilg‘or tajribalar, ta’lim jarayonida teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda inklyuziv muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
2-kun seminari

The International Academic Mobility
” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda xalqaro akademik mobillikning oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari hamda universitetlar o‘rtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashildi.
Seminarda Surabaya davlat universitetining professor-o‘qituvchilari —
Prof. Sujarwanto, M.Pd, Assoc. Prof. Wulan Patria Saroinsong, PhD, Ricky Setiawan, M.Ed, Dr. Ima Widiyanah, M.Pd hamda Fadhilah Qalbi Annisa, S.T., M.Sc
ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy-pedagogik tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Xorijiy mehmonlarni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-Ingliz tili fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich, Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi mudiri Isroilova D.M. hamda kafedra professor-o‘qituvchilari
samimiy kutib oldilar. Tashrif davomida mehmonlar bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, kelgusidagi qo‘shma loyihalar hamda xalqaro akademik aloqalarni yanada kengaytirish masalalarida fikr almashildi.

September 08, 14:14
Media unavailable
6
Show in Telegram

📚
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili birinchi fakultetida
2026–2027-o‘quv yilida fakultetimizga yangi qabul qilingan
1-bosqich talabalari
bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda fakultet dekani
Azzamov Yusufjon Radjaboy o‘g‘li
, fakultet dekan muovinlari hamda fakultetning yangi talabalari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida talabalarga universitet va fakultetning ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari, talabalik davridan unumli foydalanish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish, xorijiy tillarni puxta egallash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etish borasida muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarning universitetdagi ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim va tarbiya tizimi, fakultetda amalga oshirilayotgan loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida
1-bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib
, fakultet rahbariyati tomonidan ularga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ochiq va samimiy muloqot yangi talabalar uchun universitet hayotiga moslashish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish hamda talabalik davrini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌱
Aziz 1-bosqich talabalari!
Sizlarni talabalik hayotingizning ilk qadamlari bilan muborakbod etamiz! Yangi o‘quv yili sizlar uchun ulkan imkoniyatlar, yangi bilimlar, yorqin yutuqlar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lishini tilaymiz!
Ingliz tili birinchi fakulteti — bilim, izlanish va yangi imkoniyatlar maskani!
🇺🇿
📖

https://t.me/first_faculty_official
https://t.me/UzSWLU

September 08, 11:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

September 07, 16:21
Media unavailable
1
Show in Telegram