
𝑭𝒊𝒚𝒔𝒂𝒃𝒊𝒍𝒊𝒍𝒍𝒂𝒉🌙
🍃
Fiysabilillah "Alloh yo'lida"
Mualliflik huquqi talab qilinmaydi..
Barcha huquqlar Allohniki..)
Kanalcha :
@xazina_larim
Vaqt oʻtgan sari tushunasan ketish eng toʻgʻri qarorligini...)
Shuni tushunib yetdimki, inson qilgan fidokorligidan emas, ko‘rgan vafosizligidan ezilarkan. Yana inson kutgan joyidan emas, umuman kutmagan joyidan zarba yer ekan…
Shu jarayonlar ichida senga biroz taskin bergani — katta tajribalar orttirganing bo‘ladi.
Ayol kishi olayotgan molini narxini tushirish, arzonlashtirish maqsadida sotuvchi erkak bilan hazillashishi, so‘zlashishni ko‘paytirishi joiz emas.
Chunki, uning hayosining bahosi olayotgan molining bahosidan ancha qimmatroqdir.
Aziz do‘stim!
Odamlardan uyalasiz-ku, xuddi shunday Allohdan ham uyaling. Odamlar-ku, hamma ishlaringizni ko‘rmaydi, ammo Alloh hammasini ko‘rib turadi. Gunoh-ma’siyat qilayotgan bo‘lsangiz, Alloh ko‘rib turibdi deb, uyaling, to‘xtang.
Haddingizdan oshgan holatingizda Sizni ko‘rishidan uyaling. Beparvo, g‘ofil, johil ahvolda turganingizda ko‘rishidan uyaling. U Zot sizni qaytargan ishni qilayotganingizni ko‘rishidan uyaling.
Shioringiz shu bo‘lsin:
«Zulmatni yaratgan Zot meni albatta ko‘rib turibdi».
«Alloh sari yigirma bekat»
Tomchi suv toshni ham teshib yuboradi: qattiqligidan emas, balki yumshoq lekin takror-takror tomishi bilan..
Yashar ekanman baxtli bo‘laman.
Yashar ekanman baxtli qilaman.
Tabiiyki baxtsiz ham bo‘lishim mumkin!
Ammo toki hayot ekanman noumid va noshukr bo‘lmayman...
Shams Tabriziy
Har bir qalbning oʻz jufti bor... Kimdir sabr qilib kutishi, kimdir shukur qilib asrashi kerak...
• Ey Aliy!
• Ko'p uxlash qalbni o'ldiradi, farosatni yo'qotadi.
• Ko'p gunoh qalbni qoraytiradi va pushaymonlik keltiradi.
©
Imom Sha'roniy rohimahulloh "Aliyga nasihatlar"
Senga dastlab yaxshi munosabat qilgan kishiga e’tibor berma, sen bilan oxirigacha yaxshi munosabatda qoladigan kishiga e’tibor ber!
“Ayollar erlariga nega itoat qilishmaydi? Erlarning Allohga boʻlgan itoati kamaygani uchun!”.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hazratlari