Hayotning eng qorong‘u pallasi tongning boshlanishiga yaqin bo‘ladi. Dunyo seni unutsa ham, bilki Alloh seni hech qachon unutmaydi. Dunyo g‘amlarini unutish uchun, oxiratni eslash kifoya. Alloh seni shunchaki sinash uchun tashlab qo‘ymaydi. Bu sinov Uning mehridandir. Yolg‘izlik va mahzunlik uning huzuriga eltuvchi eng hikmatli yo‘l..
A’robiyga: Sen o‘lasan, — deyishdi.
U: — Xo‘sh, keyin nima bo‘ladi? — dedi.
— Keyin Alloh taologa yo‘liqasan, — dedilar.
— Bizga nima yaxshilik yetgan bo‘lsa, faqat Alloh taolodan bo‘ldi. Shunday mehribon Zotga yo‘liqishdan qo‘rqiladimi?! – dedi u.
-"nima bo'ldi" degan savolga soatlab yig'laging keladi...
Sajda qilgan paytingda, to qalbingdagilarni Robbingga to‘kib solmaguncha boshingni ko‘tarma.
Muhiblarning o‘z sirlari bo‘ladi.
Ayman Yog‘iy
Salaflardan birining boshiga musibat tushganda do‘sti oldiga kelib: “Robbing eshiklarini taqillatishdan boshqa qanday chorang bor?!” deb nasihat qildi. Shunda u aytdi: “Robbim eshiklari yopiqmaski uni taqillatsam...”
Kishining Robbisiga mana shunday ishonch bilan: “Ey Robbim...” deyishi barcha tushkunliklarni qulatishga kifoya qiladi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: “Mo‘min kishi besh vaqt namozlarni muhofaza qilar ekan,(ya’ni o‘z vaqtida ado etarkan) shayton undan qo‘rqib turadi. Qachon ularni zoye qilsa, unga jur’at qiladi va ulkan gunohlar qilishga majburlab undaydi”, dedilar.
Shayx Muhammad Hasan Valadi Dedu.
Alloh taolo biror bandasiga ne’mat bersa, unga hasad qilmang. Chunki Alloh u ne’mat evaziga bandani nimalardan mahrum qilganini bilmaysiz!
Alloh taolo sizni biror narsadan mahrum qilsa, xafa bo‘lmang. Chunki Alloh bu mahrumlik evaziga sizga nimalar tortiq qilishini bilmaysiz!
Har qanday holatda ham «Alhamdulillah» deng!
Avfinga loyiq bo‘lganimiz uchun emas, avf etish Senga yarashgani uchun bizni avf et, Allohim.
