Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Farg'ona viloyati hokimligi

fvhokimligi

Farg‘ona viloyati hokimligi kanali
Veb-sayt:
fergana.uz
Facebook:
facebook.com/fvhokimligi
Instagram:
instagram.com/fviloyatihokimligi
Youtube:
youtube.com/@fvhokimligi
Murojaat uchun:
t.me/fvhmurojaat_bot

Subscribers
45 400
Post views
4 305
ER
9,1%
Posts
36 574
October 29, 11:36
Media unavailable
6
Show in Telegram

Farg‘ona viloyati bilan Xitoyning Qashg‘ar shahri o‘rtasida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahri hokimi Veli Asim boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiyani
qabul qildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investisiya, sanoat, turizm va ko‘plab sohalarda keng ko‘lamli hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Хоким Ферганской области Хайрулло Бозоров
принял
делегацию города Кашгар Синьцзян-Уйгурского автономного района Китайской Народной Республики во главе с мэром Вели Асимом, в состав которой вошли официальные лица и предприниматели.

Fergana region governor Khayrullo Bozorov
received
a delegation from Kashgar city of China’s Xinjiang Uyghur Autonomous Region, headed by Mayor Veli Asim and composed of officials and entrepreneurs.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 29, 07:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Fargonaning_obod_mahallalari
Oltiariq tumanidagi Azimobod MFYda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar va tashabbuslar barcha uchun ibrat namunasidir. Bu yerda yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, obodlik e’tiborga loyiq. Mahalla ahlining birdamligi, ahilligi va mehnatsevarligiga havas qilasiz.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 29, 06:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston–Serbiya sammiti ikki tomonlama munosabatlarga kuchli sur’at bag‘ishlab, mamlakatlarimiz hamkorligida mavjud ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Саммит Узбекистана и Сербии придал мощный импульс двусторонним отношениям, создав прочную основу для раскрытия огромного потенциала сотрудничества между странами.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 29, 05:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Farg‘ona shahrida
“Matonat maktabi marafoni”
loyihasi doirasida
Parij–2024 yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, “O‘zbekiston iftihori”
faxriy unvoni sohibi
Yorqinbek Odilov
bilan uchrashuv
tashkil etildi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 29, 05:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

#no_comment
🍀
Farg‘onada oltin kuz tarovati
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 29, 04:36

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi
“Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni
(PF–190-son, 23.10.2025 y.)
qabul qilindi.
Farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad etib, kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga o‘qitish, ilg‘or xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash belgilandi.
Farmon bilan, Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.
Kasbiy ta’lim faoliyatini davlat ta’lim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.
Kengash tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.
Quyidagilar kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;

9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;

xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish.
Maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.
2026-yildan boshlab 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 13:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Daniela Shrader, investor (Germaniya):
- O‘zbekistondagi islohotlarni kuzatib boraman. Xorijlik investorlar uchun qulay sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligi haqida eshitganman. Farg‘onaga kelib, germaniyalik tadbirkorlar mablag‘i evaziga tashkil etilgan korxonani ko‘rib, bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Albatta, kelajakda metal buyumlar va plastmassa, yog‘och va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani ayni Farg‘onada ishga tushirishni o‘zimga maqsad qildim. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Farg‘onada yetarli sharoit, imkoniyat borligi va muhimi mehnatkash xalqingiz meni quvontirdi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 12:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Markus Byottcher, Shtaynbax-Xallenberg shahri meri (Germaniya):
- Avvalo samimiy qabul uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi kunda Germaniyada ishchi kuchiga talab ortmoqda. Bu borada, Farg‘onada malakali, kasb-hunarga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda Germaniyaga ishga yuborish yuzasidan hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha fikr almashdik. O‘ylaymanki, bugungi uchrashuv bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 12:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

“12 oy – 12 viloyat” dasturi doirasida Turkiyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEİK) tomonidan “O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va sanoat markazi – Farg‘ona viloyati” mavzusida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig'ining o‘rinbosari Azimjon Yuldashev hamda Turkiyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi rahbariyati, yirik kompaniyalar ishbilarmonlari ishtirok etdi.
Muloqotda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Samimiy va o‘zaro ishonch ruhida o‘tgan muloqot O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 10:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

Koreya Respublikasining Jeollanam-do ta’lim boshqarmasi vakillari amaliy tashrif bilan Farg‘ona viloyatiga keldi. Mehmonlar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov bilan uchrashdi.
Suhbat davomida tomonlar o‘zaro do‘stona munosabatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, bu boradagi hamkorlik aloqalari hamda ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Jeollanam-do viloyati Jangheung ta’limi rahbari Jeong Haengjung, Jeollanam-do ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Kim Yeongshin mamkatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Tadbir doirasida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Jeollanam-do ta’lim boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjat doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda aniq tadbirlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi kelishib olindi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X