Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Farg'ona viloyati hokimligi

fvhokimligi
Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: gov.uz/ferghana Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot
Подписчики
54 442
24 часа
-136
30 дней
1 252
Просмотры
2 972
ER
5,46%
Посты (30д)
526
Символов в посте
533
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 28, 18:00
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Qayta tiklanuvchi energiya —
yangi imkoniyatlar
manbai
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “SPIC International” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Yan Shivey boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, xususan, shamol elektr stansiyasini qurish loyihasiga investitsiya jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
—
Возобновляемая энергия — источник
новых возможностей
—
Renewable Energy — A Source of
New Opportunities
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 17:52
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Hamkorlik
loyihalari kengaymoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Jiangsu Chenhui Construction Engineering Co., Ltd.” kompaniyasi ta’sischisi Pu Szyunxuani qabul qildi.
Muloqotda viloyatda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlariga e’tibor qaratildi.
Avvalgi uchrashuvlarda ko‘rib chiqilgan zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish masalalari, shuningdek, qurilish sohasidagi ilg‘or tashabbuslar haqida so‘z bordi.
Viloyat hokimi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik memorandumi imzolandi.
—
Проекты
сотрудничества
расширяются
—
Cooperation
projects are expanding
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 17:16
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Belarusning yetakchi farmatsevtika korxonasi bilan
hamkorlik
yo‘lga qo‘yilmoqda
Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati delegatsiyasi "Belmedpreparati" davlat farmatsevtika korxonasida bo‘ldi.
"Belmedpreparati" Belarus farmatsevtika sanoatining yetakchi korxonalaridan biri bo‘lib, 95 yildan ortiq ishlab chiqarish tajribasiga ega. Korxona insulin, ferment va biogen preparatlar, shuningdek, onkologik kasalliklar hamda silni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxona tarkibida 11 ta texnologik va 6 ta yordamchi sex mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish maydonlari 20 gektardan ortiq hududni egallaydi. Barcha ishlab chiqarish uchastkalari xalqaro GMP standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan.
Ayni paytda korxonada 300 ga yaqin turdagi dori vositalari ishlab chiqariladi.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 17:08
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Chorvachilik sohasidagi
ilg‘or tajribalar
o‘rganildi
Ayni paytda Farg‘ona viloyatining bir guruh rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasi Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari Minsk shahridagi "Belplemjivob’edineniye" — Belarus nasldor chorvachilik davlat birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur birlashma nasldor chorvachilikni rivojlantirish, seleksiya va genetika sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, chorva mollarining nasliy sifatini yaxshilash hamda mahsuldorligini oshirishga ixtisoslashgan. Shuningdek, zamonaviy reproduktiv texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 13:06
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

“Prezident Olimpiadasi”: xokkeychilarimiz yarim finalda
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida chim ustida xokkey bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in davom
etmoqda.
Navbatdagi bahsda Farg‘ona viloyati xokkeychilari Buxoro viloyati vakillariga qarshi maydonga tushib,
2:1
hisobida g‘alaba qozondi va yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Murosasiz kechgan uchrashuvda sportchilarimiz o‘z mahoratlari, jamoaviy birdamligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 10:30
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

#Hududlarda
Quvasoy bog‘larida kuz — baraka va mo‘l hosil fasli
Sanoati bilan tanilgan Quvasoy shahrida bog‘dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Hozirda zamonaviy va intensiv bog‘lar ko‘paymoqda.
Bugun bog‘larda pishib yetilgan behi va olmalarning xushbo‘y hidi, totli ta’mi va jozibador rangi ko‘zlarni quvnatadi.
Bu go‘zallik zamirida bog‘bonlarning mashaqqatli mehnati, yerga bo‘lgan mehri va sabr-toqati mujassam. Kuzgi hosil esa ana shu mehnatning shirin samarasidir.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 09:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida O‘zbekiston Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionatiga
mezbonlik qiladi.
Albatta, bunday musobaqalarni o‘tkazish biz uchun katta sharaf, shu bilan birga ulkan mas’uliyat hamdir. Eng muhimi, yoshlarimiz dunyoning eng kuchli sportchilari bilan yonma-yon bellashish, o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi”.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 09:04
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Janubiy Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Janubiy Koreyaning "Korea District Heating Corporation" (KDHC) kompaniyasi Global biznes departamenti direktori o‘rinbosari Ji Xi Li boshchiligidagi delegatsiyani
qabul qildi.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 06:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Olimpiadasi
–
iqtidorli yoshlarni kashf etib, chempionlar va rekordchilarni tayyorlash, farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiluvchi imkoniyatlar maydoni.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

October 28, 06:00
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

"Yangi Farg‘ona" gazetasining 2026-yil 28-oktabrdagi 86-soni
nashrdan chiqdi.
Fergana.gov.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube|
X