
Gullayotgan yurak
Muallif: IRODA XOLBEKOVA
O'qigan kitoblarim va boshqa ko'plab mavzular haqida o'z fikrlarimni yozib boraman.
Boshqa kanallarim:
@mytranslationdiary
@iroda_xolbekova
Yoshi katta degani doim ham hurmatga loyiq degani emas.
Rus tilida o'quvchilarimni 0 dan boshlab, 40 kunda ruscha gapirtirdim
💫
.
@iroda_xolbekova
rus tili blogimda bugun 21:30 da ruscha jonli razgovor darsi o'taman.
qo'shilish majburiy ravishda ixtiyoriy :)
Metro eshigini odamni basharasiga qaratib yopvormey, ayol-qizlar chiqib olguncha ochib turadigan yigitlar, maladessizlar.
Yomg'irning hidi mazaligini
🫠
Bizda qaysi soha trendga chiqsa, qiziqishlari va potensialidan qat'iy nazar deyarli hamma o'zini shu sohaga uradi.
Masalan, bokschilar g'alaba qilganidan so'ng ularga uy, mashina kabi sovg'alar berilganida ota-onalar o'g'lini boksga berishni boshlagandi meniyam o'g'lim olimpiada chempioni bo'lsin deb.
Balki u bola rasmni chizishni yoqtirar yoki iqtisodchi bo'lmoqchidir.
Yo'q, biz aynan birov bosib o'tgan yo'ldan qayta yurib ko'rishimiz shart.
Yoki IT sohasini olaylik. To'g'ri, daromadi yuqori va kelajagi bor yo'nalish, ammo bir kishi dasturchilikni o'rganib, oyiga besh ming topyapti, degani bu yo'l sizga ham mos keladi, degani emas.
Daromadi baland bo'lgani uchungina qaysidir sohani o'rganish shart degan qonun yo'q.
SMM va psixologiyadan gapiraylik. Chala mutaxassislar ko'payib ketganidan oq va qorani ajratish qiyin bo'lib qoldi.
Tanlagan sohangiz va muvaffaqiyat yo'lingiz boshqa bir inson yurgan yo'lning nusxasi bo'lib qolmasin.
@gullayotganyurak
Siqilib o'tirgandan foyda yo'q. Yotvolib siqilish kerak.
Ba'zida hech qayerga, hech narsaga shoshmasdan seni tushunadigan inson bilan turli mavzuda xotirjam suhbat qila olish ham baxt, masalan.
@gullayotganyurak
O'zining xato ish qilayotganini bilmagan odam boshqaning to'g'ri ish qilayotganini ham bilmaydi.
Imtihon u kelishi emas, imtihon sizning to'g'ri kutishingizdadir.
Sening ko'zlaring - men intilgan osmon...