Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Gullayotgan yurak

gullayotganyurak
Muallif: IRODA XOLBEKOVA O'qigan kitoblarim va boshqa ko'plab mavzular haqida o'z fikrlarimni yozib boraman. Boshqa kanallarim: @mytranslationdiary @iroda_xolbekova
Subscribers
1 060
24 hours
20
30 days
-80
Unusual 24 hours drop
Post views
557
ER
0,41%
Posts (30d)
40
Characters in post
344
December 10, 19:14

Namoz o'qishning miyaga, misvok ishlatishning oshqozon-ichak, tishlar salomatligi uchun foydasini o'qib, vaauvvvv
😍
, deb og'zim yopilmay o'tiribdi.
Bir vaqtlar men e'tiborsiz qoldirgan amallarning bir dunyo foydasi faqat va faqat o'zimiz uchun ekan.
Aslida namozga biz muhtoj ekanmiz.

December 10, 19:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Biz uchun farz qilingan amallar aslida sog'lig'imizga foydasi haqida o'qib, hayratdan og'zim ochildi va yarim soatdan beri yopolmay o'tiribman
😇
.
Nahoootki hammasi o'zimizning foydamiz uchun bo'lsaaaaa
🫠
...

December 10, 18:30

Komment ham yopiq. Fikr almashmagandik anchadan beri. Bir suhbatlashaylik, yozinglar:
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7399e59711d449

December 10, 04:31

Men bilansan,
Kunlarimda ohor bordir,
Ohang bordir,
Kuzlarimda bahor bordir.
Ko‘zlarimda muruvvat bor va zor bordir,
Men bilansan!
Muhabbat bor, muzlarimga olov bergay,
Olam bergay,
So‘zlarimga oro bergay.
Bir yig‘lasam, yupatguvchi birov bergay,
Men bilansan!
Osmonlarda faqatgina qushlar qolmish,
Goh zaminiy, goh samoviy kuchlar qolmish.
Yulduz sanab… tushlarimda tushlar qolmish…
Men bilansan!
Yuragimga yuragini to‘kdi shomlar,
To‘ldi shomlar.
Daryolarga cho‘kdi shomlar.
Meni olib ketgunicha namozshomlar,
Men bilansan,
Men bilansan,
Men bilansan!

Baxtiniso Mahmudova

December 09, 18:38

…Va yomgʻir yogʻadi shaharda
Soyabon tutqichi bosar zang.
Azizim, yomgʻirpoʻsh tutgani
Nahotki bir marta kelmasang?
Koʻlmaklar quriydi,
borliq jim,
Qaylarga bosh ursin tuygʻular.
Yomgʻirni
(Va Seni) oʻylayman,
Koʻzimga kelmasdan uyqular.
Derazam ortida hayot bor,
Derazam ortida tabiat.
Ohang bor,
raqs bor, kamimiz
Shaharda boʻlmagan Sen faqat…
Gar kelsang,
choy bilan suhbat bor.
Yo qahva ichsak ham hoʻp, mayli.
Lekin-chi, shu yomgʻir yogʻganda
Bir marta kelmasang boʻlmaydi…
✍️
Durdona Inomjonova

December 09, 15:22

Ilm egasiga hamma salavot aytadi, hattoki suvdagi baliqlar ham!

December 06, 16:11

Ko'p hollarda hijob erkinlikni cheklaydi, deyiladi. Masalan, yozda issiqdayam o'ranib yurasiz, basseynda bemalol cho'milolmaysiz.
Masalan, qiz bola/ayol kishi o'ranganidan keyin uning sochini, badanini, xullas, qomatini begona erkaklar ko'ra olmaydi katta ehtimol bilan.
Agar erkak kishi biror ayol-qizning sochini ko'rgisi kelib ja o'lib turgan bo'lsa, unga uylanishi kerak. Axir akasi, dadasi, ukasi bo'lib qayta tug'ilolmaydi axir.
Islomda ayol kishining sochi, qomati, xullas, husnini ko'ra olishi uchun erkak kishi ayol kishiga umrini bag'ishlab, uni nikohiga olib, uylanishi kerak.
Aslida hijob to'g'ri tushunilsa, ayolning qadrini oshiradi.
Masalan, bir qiz ko'chada sochini yoyib, qomati bilinadigan kiyimda ketyapti. Buni ko'rgan istalgan erkak baribir yomon xayolga boradi.
Hijobda yurgan ayol-qizning qomati tugul, bir tola sochini begona erkak ko'ra olmaydi.
Mana Islom dinida ayolning qadri qanaqa darajada. Faqat buni o'zimiz anglamaganmiz.

December 05, 07:42

Ko'ngil diydor istar, choy bir bahona...

December 03, 17:04

Onam ekkan gul-u rayhon so'lmaydi, deb o'ylardim,
Ota-onam hech qachon o'lmaydi, deb o'ylardim...

December 02, 11:07

Bola tarbiyasi faqat unga sutini berib, pampersini almashtirishdan iborat, deb o'ylardim avval.
Toki ijtimoiy tarmoqlarda farzandi maktabga chiqmasidan avval til o'rgatayotgan, uyda ham mustaqil ta'lim berayotgan onalarni kuzatmagunimcha.
Men kuzatayotgan bloger onalar hammasi kamida ikkitadan til biladi, kitob o'qiydi, faqat diniy bilim bilan cheklanib qolmagan. Kasbiyam, hunariyam bor.
Farzandiga telefon berib og'zini yopmaydi, balki alohida vaqt ajratib ularga nutqini, fikrlashini rivojlantiruvchi o'yinlar o'ynatib o'tiradi.
Mana bekorga nimaga o'qigan qiz izlamaydi ko'pchilik.