Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ICT4Girls

ict4girls

Qizlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha

Subscribers
1 330
Post views
1 184
ER
88,42%
Posts
899
August 21, 12:37
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

ICT4Girls CP Camp: qanday o‘tdi?
🏆
10-19-avgust kunlari
Toshkent viloyatida o‘tkazilgan
ICT4Girls sport dasturlash oromgohi
O‘zbekistonning eng iqtidorli yosh qizlari va fidoyi o‘qituvchilarini bir joyga to‘pladi.
👩🏻‍💻
1000 nafar nomzod orasidan saralangan
50 nafar qiz
malakali murabbiylar yordamida dasturlash bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi.
🧑🏻‍🏫
Bundan tashqari, oromgohda
20 nafar IAT fani o‘qituvchilari
ham malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy yondashuv va bilimlarni o‘zlashtirdi.
🏆
Oromgoh yakunida barcha ishtirokchilar uchun yakuniy musobaqa – olimpiada o‘tkazildi. 4 soat davom etgan bahsda qizlar qisqa muddat ichida murakkab masalalarga yechim topib, o‘zaro bellashdilar. Natijada, ishtirokchi qizlardan
2 nafari oltin, 4 nafari kumush va 12 nafari bronza medali
ni qo‘lga kiritdi.
🤝
Ushbu oromgohni nafaqat samarali, balki unutilmas, qiziqarli va maroqli o‘tishida hissa qo‘shgan trenerlar, hamkorlar, ko‘ngillilar va, albatta, ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

August 20, 13:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

“ICT4Girls” sport-dasturlash oromgohiga xalqaro trenerlar jalb etildi
🏆
“ICT4Girls” yozgi sport-dasturlash oromgohiga respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan
50 nafar qizlar
ishtirok etdi
.
⚜️
Oromgoh doirasida Yevropa qizlar informatika olimpiadasida (EGOI) uch karra oltin va bir karra kumush medal sohibasi bo'lgan polshalik trener Paulina Żeleźnik tomonidan intensiv mashg'ulotlar o'tkazildi.

Ma’lumot uchun, u joriy yil oʻtkazilgan EGOIʼda 226 nafar ishtirokchi orasida eng yuqori natijani qayd etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin

August 10, 20:03
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

ICT4Girls sport dasturlash oromgohi start oldi
✔️
Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh oromgohida bugun ICT4Girls yozgi sport dasturlash oromgohi start oldi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan
50 nafar qizlar
ishtirok etmoqda.

10-19-avgustgacha 10 kun
davomida o’tkaziladigan yozgi oromgohda 6 nafar trenerlar tomonidan sport dasturlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.
Shuningdek, oromgohdagi treninglar davomida 20 nafar o’qituvchilarning ham malakasi oshiriladi.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin

August 03, 19:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏆
ICT4Girls sport dasturlash oromgohi ishtirokchilari bilan tanishing!
➡️
Qizlar yo‘nalishida:
havola
➡️
O‘qituvchilar yo‘nalishida:
havola
Ushbu ro‘yxatdagi barcha ishtirokchilarni oromgohga saralanganlari bilan samimiy tabriklaymiz! Yaqin kunlarda Siz bilan telefon orqali bog‘lanamiz.
📅
Oromgoh sanasi: 10-19-avgust
📍
Manzil: Bo‘stonliq tumani, Oqtosh oromgohi
10 kun davomida sport dasturlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar Sizni kutmoqda. Oromgohda ko‘rishguncha!
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

July 21, 21:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

Yevropa qizlar Olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi
🏆
4 nafar qizdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etib qaytishdi.
⚜️
Olimpiada yakunlariga ko‘ra,
Oysha Mirzatillayeva
va
Malika Xojamuratovalar
bronza medallarini
qo‘lga kiritishdi
.

Bugun qizlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin

July 19, 14:05
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

EGOI 2025: Yopilish marosimini birgalikda kuzatamiz
🏆
Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi
ning yopilish marosimi bugun, Toshkent vaqti bilan
soat 20:00da
boshlanadi
.
🏅
Marosimda rasmiy natijalar e'lon qilinib, medallar topshiriladi - uni
ushbu havola
orqali onlayn tomosha qilish mumkin.
👩🏻‍💻
O‘zbekiston jamoasi olimpiadada o‘ziga xos bilim va matonat bilan ishtirok etdi. Norasmiy natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarimiz O‘zbekistonga
2 ta bronza medali
bilan qaytadi!
👏
Qizlarimizni ajoyib ishtirok bilan samimiy tabriklaymiz: har biringiz yosh qizlar uchun orzu qilish, harakat qilish va o‘ziga ishonishga undaydigan yorqin namunasiz.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

July 18, 12:31
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🏆
EGOI 2025
Ikkinchi kun yakunlandi.
Norasmiy
natijalarga ko'ra,
🇺🇿
O'zbekistonlik o'quvchilar 2ta medalni qo'lga kiritishdi.
🥉
Bronza medali —
Oysha Mirzatillayeva
, Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf
🥉
Bronza medali —
Malika Xojamuratova
, Nukus shahar Prezident maktabi, 9-sinf
Yakuniy natijalar
ertaga
, yopilish marosimida e'lon qilinadi.

July 18, 07:13
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

EGOI 2025: 2-kunga start berildi
🏆
Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasining
ikkinchi, hal qiluvchi kuni boshlandi.
🔗
Natijalarni kuzatib borish:
-
https://scoreboard.egoi2025.de
👩🏻‍💻
Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz: bilimingiz va mehnatingiz o‘z samarasini bersin!
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

July 16, 15:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏆
EGOI 2026
🇮🇹
Italiya
ning Cesenatico shahrida bo'lib o'tadi.
🧑‍💻
@cp_uz

July 16, 11:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

Yevropa qizlar olimpiadasiga start berildi
🏆
“EGOI-2025”da ishtirok etish uchun Germaniyada bo’lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi qizlari Olimpiadaning birinchi kunida musobaqa oldidan tayyorgarlik mashg’ulotlarini
o’tashdi.
Hamda tantanali
ochilish marosimi bo’lib
o’tdi.
Bugundan musobaqa boshlandi.
Ayni vaqtdagi jarayonni onlayn kuzatib boring:
https://scoreboard.egoi2025.de/
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X