Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ICT4Girls

ict4girls
Qizlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha
Subscribers
1 230
24 hours
30 days
Post views
1 675
ER
136,75%
Posts (30d)
Characters in post
842
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
January 08, 06:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Qizlar biz siz uchun maxsus audiochat tayyorlayapmiz!
Ertaga sizlar uchun juda muhim va qiziqarli uchrashuv o‘tkazishni reja qildik.
Mehmonimiz

🏆
“Yil ayoli – 2025”
;
🎓
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professori;
👩‍💻
Texnika fanlari doktori, IT va sun’iy intellekt sohasi mutaxassisi;
👩‍👧‍👦
4 nafar farzandning onasi
— Dildora Muhammadiyeva.
✈️
Hozirda
Dildora Malayziyada
bo‘lishiga qaramay, qizlarimiz uchun vaqt ajratib, ochiq va samimiy suhbat qilishga rozi bo‘ldi.
Audiochat davomida quyidagi mavzularni muhokama qilamiz:

ayol kishi IT va ilm-fanda qanday qilib o‘z o‘rnini topishi mumkin

oila, farzandlar va kasbiy rivojni qanday uyg‘unlashtirish mumkin

qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish tajribasi

sun’iy intellekt davrida ayollarning o‘rni va imkoniyatlari

haqiqiy hayotiy motivatsiya va ilhom
🎧
Bu shunchaki ma’ruza emas
— bu
jonli, samimiy
audiochat,
savol berish va real tajribadan o‘rganish imkoniyati.
Agar siz ham rivojlanish, o‘zingizga ishonch va kuchli ayollar tajribasidan ilhom olishni istasangiz —
albatta qo‘shiling
.
📅
Ertaga, 9-yanvar, soat 16:00 da
🎙
Audiochat havolasi ushbu guruhda
Uchrashuvni o‘tkazib yubormang!
****

Девочки мы подготовили для Вас особый аудиочат!
Завтра у нас уникальная встреча, которой действительно стоит уделить время.
С нами на связи будет —
🏆
“Женщина года – 2025”
,
🎓
профессор ТУИТ им. Мухаммада аль-Хоразмий,
👩‍💻
доктор технических наук,
🤖
эксперт в IT и искусственном интеллекте,
👩‍👧‍👦
И мама 4-х детей — Дилдора Мухаммадиева.
✈️
Сейчас Дилдора находится в Малайзии, НО
несмотря на плотный график и расстояние, она согласилась выйти в аудиочат, чтобы пообщаться с нашими девочками и честно поделиться своим опытом.
О чём будем говорить:

как женщине построить карьеру в IT и науке

как совмещать семью, детей и профессию

с какими трудностями она сталкивалась и что помогло не сдаться

почему женщины могут и должны быть лидерами в эпоху ИИ

мотивация, которая работает не на словах, а на практике
💬
Это будет не лекция
, а живой разговор, где можно послушать, вдохновиться и задать свои вопросы человеку, который уже прошёл этот путь.
Если Вам важно развитие, вера в себя и реальные примеры сильных женщин — обязательно присоединяйтесь.
📅
Завтра,
9 января в 16:
00
🎧
Аудиочат будет в этой группе.
Не пропустите!

October 31, 09:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Gazeta.uz
nashri EGOI 2025 bronza medali sohibasi bilan intervyu tayyorladi!
🏆
Gazeta.uz nashri
iste’dodli o‘g‘il-qizlarni tanishtirishga bag‘ishlangan
“Umid” loyihasi
ga start berdi. Loyihaning birinchi mehmoni – ICT4Girls 2024 va ICT4Girls 2025 olimpiadalari g‘olibi, Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi - EGOI 2025da
bronza medali
ni qo‘lga kiritgan
Malika Xojamuratova
.
👩🏻‍💻
Malika o‘z intervyusida ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi har bir inson uchun eng katta dalda ekanligini ta’kidlab, o‘zining sport dasturlash olamidagi sarguzashtlari va xalqaro olimpiadalardagi yutuqlari bilan ham bo‘lishdi.
🔗
IT'ga qiziquvchi, kelajagini shu yo‘nalish bilan bog‘lashni istagan qizlar, shuningdek, qiz farzandi bor barcha ota-onalarga
ushbu suhbat
bilan tanishishni tavsiya etamiz.
#ICT4Girls_qizlari
#OAV_Biz_haqimizda
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

October 14, 13:58
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

CodeforcesUz: 8 oyda Expert darajasi
🚀
O'zbekistonda
Codeforces
platformasi
dan samarali foydalanayotgan yosh dasturchilar bilan tanishtirib boramiz.
👩🏻‍💻
Durdona Akramova
— sport dasturlash yo‘nalishida tanila boshlagan iqtidorli yoshlardan biri. U ICT4Girls 2025 olimpiadasi
g‘olibi
va EGOI 2025 xalqaro olimpiadasi
ishtirokchisi
hisoblanadi.
📈
Durdona o‘z ustida ishlashni ham unutmaydi. U Codeforces platformasidagi kontestlarda 2-fevraldan buyon muntazam ishtirok etib, 3-oktabrgacha jami 33 ta kontestda reytingini oshirib,
Expert
darajasigacha ko‘tarildi.
🍀
Durdonaga kelgusida ham shu izchillik va intilish bilan o‘z ustida ishlashda davom etishini tilab qolamiz.
📊
Siz ham keyingi Codeforces
kontestlarida
qatnashing va keyingi postimiz qahramoniga aylaning!
@xalqaro_it_olimpiada

October 11, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni
Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha qizlarni bayram bilan samimiy tabriklaydi.
Bugun raqamli iqtisodiyotda faol, izlanuvchan va ijodkor qizlarimiz mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ularning soni yildan-yilga ortib, axborot texnologiyalari sohasida qizlarning ishtiroki sezilarli ravishda kengaymoqda.
Vazirlik har bir qizning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intiladi.
💻
Kelajakni qizlar bilan birga quramiz!

August 28, 15:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bilimli, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarni ishga taklif qilamiz!
🏢
Tashkilot:
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
📚
To'liq ma'lumot:
havola
📍
Hudud:
Toshkent shahri
Ariza topshirishdan oldin tavsiya etiladi:
🔹
Lavozim tavsifi va talablarni to‘liq o‘qib chiqish;
🔹
Rezyume tayyorlash (maks. 2 bet);
🔹
Cover letter tayyorlash (maks. 250-350 so‘z);
🔹
Bir necha topshiriqni bajarishga tayyor bo‘lish (tarjima, ijtimoiy tarmoqlar uchun material tayyorlash, berilgan ssenariyga ko'ra reja yoki argument ishlab chiqish va boshq.). Topshiriqlarni bajarish taxminan 40–80 daqiqa vaqt oladi.
🗓
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-avgust
👩🏻‍💻
Ariza shakli:
havola

August 21, 12:37
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

ICT4Girls CP Camp: qanday o‘tdi?
🏆
10-19-avgust kunlari
Toshkent viloyatida o‘tkazilgan
ICT4Girls sport dasturlash oromgohi
O‘zbekistonning eng iqtidorli yosh qizlari va fidoyi o‘qituvchilarini bir joyga to‘pladi.
👩🏻‍💻
1000 nafar nomzod orasidan saralangan
50 nafar qiz
malakali murabbiylar yordamida dasturlash bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi.
🧑🏻‍🏫
Bundan tashqari, oromgohda
20 nafar IAT fani o‘qituvchilari
ham malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy yondashuv va bilimlarni o‘zlashtirdi.
🏆
Oromgoh yakunida barcha ishtirokchilar uchun yakuniy musobaqa – olimpiada o‘tkazildi. 4 soat davom etgan bahsda qizlar qisqa muddat ichida murakkab masalalarga yechim topib, o‘zaro bellashdilar. Natijada, ishtirokchi qizlardan
2 nafari oltin, 4 nafari kumush va 12 nafari bronza medali
ni qo‘lga kiritdi.
🤝
Ushbu oromgohni nafaqat samarali, balki unutilmas, qiziqarli va maroqli o‘tishida hissa qo‘shgan trenerlar, hamkorlar, ko‘ngillilar va, albatta, ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

August 20, 13:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

“ICT4Girls” sport-dasturlash oromgohiga xalqaro trenerlar jalb etildi
🏆
“ICT4Girls” yozgi sport-dasturlash oromgohiga respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan
50 nafar qizlar
ishtirok etdi
.
⚜️
Oromgoh doirasida Yevropa qizlar informatika olimpiadasida (EGOI) uch karra oltin va bir karra kumush medal sohibasi bo'lgan polshalik trener Paulina Żeleźnik tomonidan intensiv mashg'ulotlar o'tkazildi.

Ma’lumot uchun, u joriy yil oʻtkazilgan EGOIʼda 226 nafar ishtirokchi orasida eng yuqori natijani qayd etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin

August 10, 20:03
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

ICT4Girls sport dasturlash oromgohi start oldi
✔️
Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh oromgohida bugun ICT4Girls yozgi sport dasturlash oromgohi start oldi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan
50 nafar qizlar
ishtirok etmoqda.

10-19-avgustgacha 10 kun
davomida o’tkaziladigan yozgi oromgohda 6 nafar trenerlar tomonidan sport dasturlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.
Shuningdek, oromgohdagi treninglar davomida 20 nafar o’qituvchilarning ham malakasi oshiriladi.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin

August 03, 19:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏆
ICT4Girls sport dasturlash oromgohi ishtirokchilari bilan tanishing!
➡️
Qizlar yo‘nalishida:
havola
➡️
O‘qituvchilar yo‘nalishida:
havola
Ushbu ro‘yxatdagi barcha ishtirokchilarni oromgohga saralanganlari bilan samimiy tabriklaymiz! Yaqin kunlarda Siz bilan telefon orqali bog‘lanamiz.
📅
Oromgoh sanasi: 10-19-avgust
📍
Manzil: Bo‘stonliq tumani, Oqtosh oromgohi
10 kun davomida sport dasturlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar Sizni kutmoqda. Oromgohda ko‘rishguncha!
Telegram
|
YouTube
|
Instagram

July 21, 21:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

Yevropa qizlar Olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi
🏆
4 nafar qizdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etib qaytishdi.
⚜️
Olimpiada yakunlariga ko‘ra,
Oysha Mirzatillayeva
va
Malika Xojamuratovalar
bronza medallarini
qo‘lga kiritishdi
.

Bugun qizlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin