Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar

ima_samarqand

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!
Murojaat uchun:
@SamIXM_bot

Subscribers
1 170
Post views
412
ER
34,64%
Posts
5 457
October 29, 06:07

#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Samarqand_viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.
🤩
Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.
✔️
Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.
❗️
Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.
🌐
Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Samarqand viloyatida
joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
1.
Samarqand shahridagi Prezident maktabi
2.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali
3.
Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
4.
Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
5.
Kattaqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
6.
Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7.
Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
8.
Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9.
Pastdarg‘om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
10.
Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
11.
Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
12.
Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
13.
Qo‘shrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
14.
Qo‘shrabot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
15.
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
16.
Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
17.
Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
18.
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
19.
Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
20.
Bulung'ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

October 03, 04:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tabriklaymiz
🏵
"1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga ko‘ra, 18 nafar o‘qituvchilar
"Xalq ta’limi fidoyisi"
, 95 nafar o‘qituvchilar
"Xalq ta’limi a’lochisi"
ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🔹
Shu qatorda Samarqand shahridagi Prezident maktabi matematika fani o‘qituvchisi
Shavkat Shaimardanov
hamda biologiya fani o‘qituvchisi
Narimon Alikulovlar
ham ushbu nishon bilan taqdirlandi.
🔸
Fidoyi kasb egalarini kelajakdagi ishlariga zafarlar tilaymiz.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/SamarqandPM

October 02, 05:19
Media unavailable
10
2
Show in Telegram





#xalqaro_hamkorlik
Toshkent shahridagi Prezident maktabi hamda Samarqand shahridagi Prezident maktabiga BAA Prezidenti Devonining Ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luay Jerudi
boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
🐍
Mehmonlar maktablarda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayoniga jalb etilgan yuqori malakali pedagoglar faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, ular Prezident maktablarida ta'lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, yoshlarning ilmiy izlanishlari, g‘oyaviy yondashuvlari va erishgan yutuqlarini yuksak baholadilar.
➡️
Suhbat davomida ta’limning yangi usullari, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash hamda o‘quvchilarda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, kelgusida yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish borasida kelishuvlarga erishdilar.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal

October 01, 12:47
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Ustozga_ehtirom
Ustoz — hayot yo’limizni yoritgan, qalbimizga nur baxsh etgan, bizga bilim va odob bergan eng aziz insondir. Har bir yutuq, har bir muvaffaqiyat ortida ustozlarimizning sabr-toqati, mehnati va mehribon qalbi mujassam.
📺
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali ingliz tili o’qituvchisi Dinora Suvonovaning
1-oktabr “Ustoz va Murabbiylar kuni” munosabati bilan tayyorlagan videoroligi
🪐
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali axborot xizmati:
👍
Telegram
|
👍
Instagram

October 01, 02:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jamiyatimizda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri tobora ortib, maqomi yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir.
Prezidentimizning shu yilning sentabr oyida ustozlar bilan qilgan muloqotida ham siz azizlar uchun yangi imtiyozlar va yangiliklar e'lon qilindi. Bu tarixiy yangiliklar va o‘zgarishlarga esa pedagoglarimiz doimo fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan javob berib kelmoqda.
Aziz pedagoglar!
Sizlar — jamiyatimizning tayanchi, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalovchi ulug‘ zotlarsiz. Sizning mehringiz va saboqlaringiz tufayli yoshlarimiz barkamol inson, Vatanimizga sadoqatli farzand bo‘lib ulg‘aymoqda.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari

September 30, 13:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига
табрик

Поздравление
учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 24, 03:13
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Prezident BMTda: “O‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga hal qiluvchi masala deb qarayapmiz”
O‘zbekistonda o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida aytib o‘tdi.
“Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetgani qayd etildi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda”
— dedi
davlatimiz rahbari.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 22, 05:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#diqqat_eʼlon
#sayyor_qabul
🤩
AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI
📆
Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.
✅️
Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
🗺
Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo G‘olib ko‘chasi, 1-uy.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal

September 16, 16:53
Media unavailable
10
Show in Telegram

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilk bitiruvchilari uchun diplom olish
marosimini oʻtkazdik.
Yodimda, 2021-yil hurmatli Prezidentimizning tashabbusi va qarorlari bilan Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgan, ilk talabalarimizni qabul qilib olgan edik.
Oradan 4 yil oʻtib, bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ilk bitiruvchilarimizga diplom topshirib, katta hayotga kuzatdik. Universitetning
Dasturiy ta’minot muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
yo‘nalishlarida tahsil olgan
129 nafar bitiruvchiga
diplomlar topshirildi.
Ayniqsa, top-10 bitiruvchiga diplom va Prezidentimiz sovg‘asi ham topshirilgani hayajonli boʻldi. Ushbu esdalik sovg‘ada eng bilimli 10 nafar bitiruvchi bilan davlat rahbarining surati va imzosi aks etgan.
Universitet jamoasi qisqa davrda xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqlab, katta natijalarga erisha oldi, oliygohning bir qancha yoʻnalishlardagi tajribasi butun mamlakatimiz OTMda tatbiq etilmoqda.
Hozirda universitetning
96 nafar talabasi
doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular allaqachon
Epam Systems, Kiberxavfsizlik markazi, Fan va
olimpiadalar markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Ucell, MobiUz, Payme, Ipoteka bank, “O‘zsanoatqurilishbank” AJ, “O‘zmilliybank” AJ, “Ipak yo‘li bank” AJ, Biznesni rivojlantirish banki
ATB,
Ko
r
zinka.uz
, TBC Bank
kabi yirik mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ish boshlagan.
Hurmatli bitiruvchilar va ularning ota-onalari, universitet jamoasi, barchangizni yana bir bor tabriklayman. Qadrli bitiruvchilar, bilim va tajribangizni mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida sarflab, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashingizga ishonaman.
@hilola_umarova

September 15, 12:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni
ilgari surdi:
- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
- kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
- o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;
- fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;
- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20% chegirma beriladi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal