
Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
📢
DIQQAT, E'LON!
Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.
🎓
2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi.
Suhbat davomida nomzodlarning:
✅
kasbiy bilim va ko‘nikmalari;
✅
pedagogik mahorati;
✅
muloqot madaniyati;
✅
psixologik tayyorgarligi;
✅
egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi.
Baholash tartibi:
✅
har bir bilet 4 ta savoldan iborat;
✅
maksimal ball —
100
;
✅
zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.
⚠️
Eslatma:
Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan
vacancy.piima.uz
platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.
✅
Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali
ilova qilinadi.
✅
Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#apellatsiya_2026
🔴
APELLATSIYAGA ARIZALAR
QUYIDAGI TARTIBDA
JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI.
🖱️
Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
🖱️
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
🖱️
Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.
🖌
Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida
ariza.piima.uz
sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌
Toshkent shahridagi
Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
hamda ularning
hududlardagi filiallari,
shuningdek,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan
va
joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢
https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢
https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌
Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢
https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢
https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
📢
DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi
245-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda.
🟢
Hududiy (saralash) bosqichi:
🟢
2026-yil 3–4-avgust
🟢
2-bosqich (asosiy suhbat):
🟢
2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Tanlov bosqichlari:
✅
1-bosqich –
Hududiy saralash
Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
✅
2-bosqich
– Asosiy suhbat
Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi.
💻
Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin.
⚠️
Eslatma!
Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.
✅
Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
#Samarqand_PM
🔴
Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓
PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅
Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge
xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi
.
✅
Imtihon natijalarini
Cambridge Assessment International Education
tashkilotining quyidagi rasmiy
veb-sahifasi
orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
⬇️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴
Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓
PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅
Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge
xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi
.
✅
Imtihon natijalarini
Cambridge Assessment International Education
tashkilotining quyidagi rasmiy
veb-sahifasi
orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴
Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi!
✅
Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi.
✅
Imtihon natijalarini
Marshall Cavendish Education
tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin:
https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#OpenGeo_2026
⚡️
ILK MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK — NAVBATDAGI GʻALABA!
📢
Terma jamoa a’zolari II Ochiq Xalqaro geografiya olimpiadasida yuqori natijaga erishdi.
👥
Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada
O‘zbekiston terma jamoasidan
iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥉
5 ta bronza!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥉
Hamidullo DJurakulov
—
Samarqand tuman 1-IMI o‘quvchisi
—
bronza medal
,
🥉
Yahyo Hakimjonov
—
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi
— bronza medal
,
🥉
Usmon Karimov
—
Toshkent shahridagi 198-maktab o‘quvchisi
—
bronza medal
,
🥉
Davronjon O‘ktamov
—
Muborak tumani 3-sonli maktab o‘quvchisi
—
bronza medal
,
🥉
Fariza Mirzayorova
—
Al-Xorazmiy nomidagi IMI Samarqand filiali o‘quvchisi
—
bronza medal.
📌
Ma’lumot uchun:
Ushbu olimpiadada Oʻzbekiston ILK MAROTABA ishtirok etdi.
🎉
Fan olimpiadalari markazi
Terma jamoamizni chin yurakdan tabriklaydi!
Bizni kuzatib boring:
✈️
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
🌐
Linkedin
🏆
Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan navbatdagi yuksak natija!
Ochilganiga endigina bir yil bo‘lgan Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etishda davom etmoqda.
📚
Maktabning
9-sinf
o‘quvchisi
Sultanov Iqboljon
xalqaro
IELTS Academic
imtihonida
7.5 overall band score
natijasini qo‘lga kiritdi.
✅
Listening —
8.0
✅
Reading —
8.0
✅
Writing —
6.5
✅
Speaking —
7.0
✅
Overall —
7.5
✅
CEFR darajasi —
C1
Bu natija Iqboljonning ingliz tilini puxta egallagani, muntazam mehnati va yuqori intilishlarining yorqin ifodasidir.
👏
O‘quvchimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi xalqaro ta’lim va ilmiy faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!
🌟
Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — yuksak marralar sari!