
Impuls Tibbiyot Instituti | Rasmiy kanal
Impuls Tibbiyot Instituti
Impuls Medical Institute
📲
Online ro'yxatdan o'tish
👇
qabul.impulsmi.uz
📍
Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahar, K.Otamirzayev ko'chasi. 1-uy
📞
(55) 510-50-15
Ta'lim platformasi:
https://learn.impulsmi.uz
⚡️
Impuls Tibbiyot Instituti asoschilaridan biri Bobur Sirojiddinov barchani “Biz — donormiz” xayriya aksiyasiga qo‘shilishga chaqirdi.
♥️
Donorlik — bu nafaqat ezgulik ramzi, balki inson hayotini saqlab qoluvchi eng ulug‘ amallardan biridir.
❤️
22-oktabrdan 3-noyabrgacha davom etadigan mazkur aksiya
“Yuksalish”
harakati hamda Respublika qon quyish markazi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Har bir sog‘lom fuqaro, tibbiy qarshi ko‘rsatmasi bo‘lmasa, donor sifatida ishtirok etib, kimningdir hayotiga umid bag‘ishlashi mumkin.
🩸
“Biz — donormiz” — bu hayotni davom ettiruvchi ezgulik zanjiri.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
⚡️
President of Impuls Medical Institute participated in the “Only English” – Advances in Medical Research and Practice Conference
✔️
We are proud to share that Prof. Bakhtinur Oybutaevich Khudanov, President of Impuls Medical Institute, WHO Adviser on Digital Health, Adjunct Professor at Yonsei University (South Korea), delivered a congratulatory speech at the International Scientific-Practical Conference “Only English – Advances in Medical Research and Practice”, organized by Tashkent State Medical University.
📚
The conference, held on October 24, 2025, brought together leading scientists, researchers, and young scholars to discuss innovative discoveries and future directions in global medical science.
In his address, Prof. Khudanov emphasized the importance of international collaboration, digital transformation in healthcare, and the continuous pursuit of scientific excellence in medicine. His inspiring words highlighted the role of young researchers in shaping the future of modern medicine.
⚡️
We extend our sincere gratitude to Tashkent State Medical University for the invitation and warm hospitality, and we look forward to continued cooperation in advancing medical education and research.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
⚡️
Avval xabar berganimizdek,
12 nafar Impuls tibbiyot instituti talabalari Turkiyaning, Karamanoğlu Mehmetbey Universitetiga(KMU) qisqa muddatli talabalar almashinuv dasturiga yuborilgan edi.
🔥
Amaliyot davomida talabalar universitetning Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzalar va klinik mashg‘ulotlarda qatnashib, bir qator jarrohlik amaliyotlarida, jumladan,
Xolesistektomiya (Cholecystectomy),
Inguinal herniya plastikasi (Inguinal hernia repair),
Anal fistulotomiya (Anal fistulotomy) amaliyotlarida bevosita ishtirok etdilar.
Talabalar shuningdek, Tibbiy simulyatsiya markazlari, klinik laboratoriyalar, anatomiya va biokimyo laboratoriyalari, fiziologiya hamda patofiziologiya markazlari faoliyati bilan tanishdilar.
Dastur yakunida ular Karamanoğlu Mehmetbey Universiteti tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
📍
KMU — 2007-yilda tashkil etilgan bo’lib, Turkiyaning jadal rivojlanayotgan nufuzli davlat universitetlaridan biridir.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
⚡️
Impuls tibbiyot instituti Hindiston OAV nigohida!
📚
Batafsil
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
🤝
O‘zLiDeP partiyasi Impuls Tibbiyot Instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi!
⚡️
Kuni kecha
Impuls Tibbiyot Institutida
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) vakillari tomonidan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, “Yoshlar qanoti” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
📕
Tadbirda yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, partiya vakillari bilan ochiq muloqot olib bordilar.
👏
Uchrashuv yakunida talabalar O‘zLiDeP tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va loyihalar haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
🇺🇿
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
🤝
Impuls Tibbiyot Instituti hamda Turkiyaning Karamanog‘lu Mehmetbey Universiteti o‘rtasida almashinuv dasturlari yo'lga qo'yildi
⚡️
Impuls Tibbiyot Instituti
hamda
Turkiyaning Karamanog‘lu Mehmetbey Universiteti
o‘rtasida imzolangan xalqaro hamkorlik shartnomasiga asosan, 12 nafar iqtidorli talaba imtiyozli tarzda qisqa muddatli tibbiy amaliyot o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi.
Amaliyot davomida talabalar Tibbiyot fakulteti, simulyatsion markazlar, anatomiya laboratoriyalari, mikrobiologiya va tibbiyot muhandisligi kafedralari, shuningdek, patologik anatomiya bo‘limlarida o‘quv-amaliy jarayonlarda ishtirok etishmoqda.
Talabalar simulyatsion (simulation-based training) texnologiyalar orqali klinik ko‘nikmalarni takomillashtirish, ilmiy laboratoriya muhitida eksperimental tadqiqot metodlari bilan tanishish hamda interaktiv o‘qitish uslublarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif tibbiyot turizmi, biotibbiyot muhandisligi va xalqaro akademik integratsiya yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlar ochadi hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.
🤩
Impuls Tibbiyot Instituti
innovatsion ta’lim, amaliy tibbiyot va xalqaro tajriba almashinuviga asoslangan rivojlanish yo‘lini izchil davom ettirmoqda.
🫵🏻
Keyingi xalqaro amaliyotda ishtirok etuvchi iqtidorli talaba aynan siz bo‘lishingiz mumkin!
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
⚡️
Impulsda o’tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotdan video lavha!
🔉
Impuls tibbiyot instituti talabalarning nafaqat kasbiy, balki hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratadi.
Shu maqsadda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Yangi Namangan tumani FVB bilan hamkorlikda
"Yong‘inlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda talaba va o‘qituvchilarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish"
mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
🚀
Mashg‘ulot davomida FVV xodimlari tomonidan yong‘in o‘chirish texnikalari, maxsus jihozlardan foydalanish va xavfsiz evakuatsiya jarayonlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Talabalar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda jamoaviy harakat qilish bo‘yicha muhim tajriba orttirdilar.
Bunday mashg‘ulotlar talabalarning favqulodda holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish malakasini rivojlantirib, ularni kelajakda inson hayotini saqlash yo‘lida mas’uliyatli va yetuk mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
🙂
Impuls tibbiyot instituti bundan buyon ham talabalar bilimini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda turli soha mutaxassislari bilan hamkorlikni davom ettiradi.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
🔥
Impuls tibbiyot institutida Namangan filialida xavfsizlik bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi!
⚡️
Impuls tibbiyot instituti talabalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.
✈️
Shu maqsadda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Yangi Namangan tumani FVB bilan hamkorlikda
“Yong‘inlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda talaba va o‘qituvchilarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish”
mavzusida maxsus-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda yong‘in o‘chirish texnikalari va maxsus jihozlardan foydalanish jarayoni amaliy tarzda namoyish etildi. Talabalar evakuatsiya, birinchi yordam ko‘rsatish va jamoaviy harakat qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🎯
Bunday mashg‘ulotlar talabalarning xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda ularni har qanday holatda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yetuk mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
🎓
Impuls tibbiyot instituti prezidenti GSL Stomatologiya kollejida ma’ruza o‘qidi!
🇺🇿
🇮🇳
⚡️
Impuls tibbiyot instituti
prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, professor
Baxtinur Oybutayevich Xudanov
Hindistonning nufuzli
GSL Stomatologiya kolleji
talabalari va doktorantlariga ma’ruza o‘qidi.
Ma’ruza davomida Impusl prezidenti O‘zbekistonda bolalar tish kariyesini davolash bo‘yicha amalga oshirilgan xalqaro ilmiy loyiha haqida so‘z yuritdi.
🦷
Ushbu loyiha
Birmingem universiteti
(Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda olib borilgan hamda
Shveysariyaning Nakao jamg‘armasi
tomonidan moliyalashtirilgan. Loyiha bolalar tish kariyesini minimal invaziv usullar orqali davolashda maktab hamshiralari ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.
🌍
Tadqiqot va ma’ruza hindistonlik talabalar uchun O‘zbekiston tajribasini o‘rganish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston tibbiyot sohasini global miqyosda tanitish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
🤩
Impuls, GSL va NEO — yangi ta’lim dasturini ishga tushirdi!
⚡️
Impuls Tibbiyot Instituti, Hindistonning GSL Tibbiyot instituti hamda NEO kompaniyasi
imzolagan shartnoma va memorandum asosida MBBS ta’lim
dasturi
ishga tushirildi.
😊
Mazkur dastur
NMC
(Hindiston Milliy Tibbiyot Komissiyasi)
tomonidan belgilangan
FMGL me’yorlariga
(Tibbiyot mutaxassislarini xalqaro litsenziyalash qoidalari)
to‘liq mos bo‘lib, talabalarga global darajada tan olingan diplom va amaliy tajriba olish imkonini beradi.
📘
Dastur imkoniyatlari:
🔹
54 oylik o‘quv jarayoni + 12 oylik pullik klinik amaliyot
🔹
Ingliz tilida o‘qitiladigan, NMC talablariga mos MBBS dasturi
🔹
Hindiston va O’zbekistonning yuqori malakali professor-o’qituvchilari dars beradi
🔹
FMGE
(Xorijiy tibbiyot bitiruvchilari uchun Hindistonda shifokorlik litsenziya imtihoni)
,
NExT
(Hindiston milliy yakuniy imtihoni),
USMLE
(AQShda shifokor sifatida ishlash uchun xalqaro litsenziya imtihoni),
MRCP
(Buyuk Britaniyada ichki kasalliklar bo‘yicha mutaxassis shifokorlik imtihoni)
kabi xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik
🔹
43 dan ortiq hamkor shifoxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyati
🩺
Bu hamkorlik — Hindiston va O‘zbekiston tibbiyot ta’limi o‘rtasidagi tarixiy qadam, yosh mutaxassislarga esa global shifokorlik sari keng yo‘l ochadi!
📰
Mazkur loyiha Hindiston ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram