Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Impuls tibbiyot instituti – Namangan filiali

impulsmi_uz
Impuls Tibbiyot Instituti Impuls Medical Institute 📲 Online ro'yxatdan o'tish 👇 qabul.impulsmi.uz 📍 Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahar, K.Otamirzayev ko'chasi. 1-uy 📞 (55) 510-50-15 Ta'lim platformasi: https://learn.impulsmi.uz
Subscribers
3 369
24 hours
-14
30 days
-467
Post views
1 326
ER
39,36%
Posts (30d)
14
Characters in post
841
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 27, 13:41
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
🤝
🇹🇷
IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI VA TURKIYANING BALIKESIR UNIVERSITETI O‘RTASIDAGI XALQARO HAMKORLIK SAMARALI NATIJALARI!
⚡️
2026-yil
12–25-oktabr kunlari
IMPULS Tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasining
Balıkesir universitetida
tashkil etilgan ikki haftalik xalqaro klinik-amaliy va akademik dasturda ishtirok etdilar.
🧬
Dastur davomida professor-o‘qituvchilar Balıkesir universiteti shifoxonasida zamonaviy diagnostika va davolash usullari, ilg‘or klinik yondashuvlar hamda tibbiyot ta’limidagi xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
✔️
Dastur yakunida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida professor-o‘qituvchilarning xalqaro akademik faoliyatdagi ishtiroki e’tirof etilib, ular
Balıkesir universiteti rektori, professor Yücel Oğurlu
tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
🎯
Mazkur xalqaro hamkorlik IMPULS Tibbiyot institutida ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv va klinik-amaliy jarayonlarga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 23, 12:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

‼️
DIQQAT, FUTBOL ISHQIBOZLARI!
🏆
“REKTOR KUBOGI” SIZNI KUTMOQDA!
Impuls Tibbiyot Instituti Namangan filialida futbol bo‘yicha
“Rektor kubogi”
musobaqasiga start berildi! Endi maydonda o‘z mahoratingizni namoyish etish, jamoaviy birlik va g‘alaba uchun kurashish vaqti keldi!
🔥
Musobaqada ishtirok etishni istagan jamoalar uchun talabnomalar qabuli davom etmoqda.
📌
Musobaqa shartlari:
👉
Jamoa tarkibi: 6+2 nafar ishtirokchi
🗓
Talabnomalarni topshirish muddati:
2026-yil 27-oktabr, soat 13:00 ga qadar.
✍️
Ishtirok etish istagidagi jamoalar belgilangan muddatgacha talabnomalarini shakllantirib, tashkilotchilarga topshirishlari lozim.
💪
Jamoangizni shakllantiring, maydonga tushing va
“Rektor kubogi” sohibi bo‘lish uchun kurashing!
📌
Murojaat uchun:
@Murod_Nizambayev
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 23, 06:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

🎁
Impulsda ezgu an’analar davom etadi!
⚡️
Impuls Tibbiyot Instituti tashkil etilganidan buyon har yili yangi o‘quv yilida 1-kurs talabalariga talabalik davrida asqotadigan foydali sovg‘alar taqdim etib kelinadi.
😊
Bu kichik e’tibor orqali talabalarimizga samimiy tilaklarimizni yetkazish, ularga yangi bilimlar sari intilishda yanada ko‘proq shijoat va motivatsiya bag‘ishlashni istaymiz.
🤩
Aziz talabalar, ushbu sovg‘alarimiz o‘qish davomida sizlarga manfaat keltirib, ulkan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashingizga xizmat qilsa, biz bundan mamnun bo‘lamiz!
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 22, 13:56
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🇲🇾
Impuls talabalari MALAYZIYADA amaliyotda!
⚡️
Impuls Tibbiyot Instituti va Malayziyaning Universiti Teknologi MARA (UiTM) universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida institutning 8 nafar talabasi hamda 1 nafar professor-o‘qituvchisi
Malayziyada 15 kunlik klinik kuzatuv dasturida
ishtirok etmoqda.
📍
Dastur universitetning Tibbiyot fakulteti hamda
Hospital Sultan Abdullah klinikasida
tashkil etilgan bo‘lib, talabalar professorlar va shifokorlar rahbarligida turli jarrohlik amaliyotlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
👉
Jumladan, lipomani olib tashlash, teri kistasini eksizsiya qilish, yaraga birlamchi jarrohlik ishlovini berish, yaralarni tikish hamda abssessni ochish va drenajlash kabi muolajalar bilan yaqindan tanishmoqda.
🩺
Shuningdek, talabalar operatsiyaga tayyorgarlik jarayoni, aseptika va antiseptika qoidalari, bog‘lam qo‘yish hamda operatsiyadan keyingi bemor parvarishini o‘rganmoqda.
🎯
Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, klinik kuzatuv tajribasini oshirish hamda
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi
tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐
Xalqaro hamkorlik — sifatli tibbiy ta’lim sari muhim qadam!
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 22, 04:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥳
Sharafli kasb — Qasamyodiga marhamat!
⚡️
Yangi 2026–2027-o‘quv yilida Impuls Tibbiyot Instituti Namangan filialiga o‘qishga qabul qilingan barcha 1-kurs talabalarini ushbu tantanali tadbirga taklif etamiz!
📣
Tadbir davomida sizni jonli musiqiy shoular va eng muhim lahza —
“Shifokorlik qasamyodi”
kutmoqda!
🤩
Barchangizni ushbu unutilmas tadbirda kutib qolamiz!
📍
Manzil: Namangan viloyati Madaniyat markazi
🗓
Sana: 26-oktabr, soat 15:00
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 21, 05:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥳
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak!
🤩
Til — millatning bebaho ma’naviy boyligi, tarixiy xotirasi va kelajagini bog‘lovchi mustahkam ko‘prikdir. Ona tilimizda xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlari, tafakkuri va o‘zligi mujassam.
🇺🇿
O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda ilm-fan va ta’lim sohasida keng qo‘llanilishini ta’minlash barchamizning sharafli vazifamizdir.
⚡️
Impuls tibbiyot instituti
yurtdoshlarimizni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 20, 10:09
Media unavailable
3
Show in Telegram

🇺🇿
Ona tilim — milliy g‘ururim!
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
✨
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va milliy g‘ururimiz timsoli. Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.
🥳
Shu munosabat bilan Impuls tibbiyot instituti Namangan filiali jamoasi barchani O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
Ona tilimizni qadrlaylik va uning nufuzini yuksaltiraylik!
♥️
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 16, 09:40
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

⚡️
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
📌
Joriy yilning 15-oktabr kuni Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abrorjon Alijonov Impuls tibbiyot instituti Namangan filialiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🎯
Tashrif davomida mehmon institut faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
📚
Ochiq muloqot davomida bo‘lajak shifokorlar bilan tibbiyot sohasining bugungi holati va istiqbollari, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash tizimida mavjud imkoniyatlar, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olib, kasbiy faoliyatni boshlash, bilim va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda kelajakda malakali shifokor bo‘lib yetishish borasida qimmatli tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
🤝
Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni tibbiyot sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi faoliyatiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 15, 12:50
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🎯
Xalqaro hamkorlik: memorandumdan amaliyotgacha
⚡️
Impuls Tibbiyot Instituti Namangan filiali shifokor-professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Balıkesir universiteti Tibbiyot fakulteti va universitet klinikasida malaka oshirish hamda klinik kuzatuv dasturida ishtirok etmoqda.
📌
Ikki muassasa o‘rtasidagi memorandum doirasida tashkil etilgan ushbu dastur zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘rganish, klinik tajriba almashish hamda mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
📚
Mazkur hamkorlik tibbiy ta’lim va klinik amaliyot sifatini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Impuls Tibbiyot Instituti — xalqaro tajriba va zamonaviy tibbiyot sari!
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 14, 05:06
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇯🇵
Impuls tibbiyot institutiga yaponiyalik yosh tadqiqotchi tashrif buyurdi
⚡️
Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida Yaponiyaning
Tokio xorijiy tillar universiteti (Tokyo University of Foreign Studies)
magistranti, yosh tadqiqotchi
Ruka Watanabe
Impuls tibbiyot institutining
Ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasiga
tashrif buyurdi.
📚
Ruka Watanabe Markaziy Osiyo tarixi, o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. U 2023–2024-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida almashinuv dasturi asosida tahsil olgan.
🏅
Yosh tadqiqotchi Is’hoqxon Ibratning
“Tarixi Farg‘ona”
asari yuzasidan olib borgan ilmiy tadqiqoti uchun Tokio xorijiy tillar universiteti dekani mukofotiga sazovor bo‘lgan.
🤝
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish hamda kelgusidagi ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
📞
55-510-50-15
Facebook
|
Instagram
|
Telegram