
Imtiyoz.uz
Kanallarimiz:
@Talim_huquqi
,
@imtiyozuz
,
@domlajonuz
Facebook:
https://www.facebook.com/imtiyozuz
Instagram:
https://www.instagram.com/imtiyozuz
⚡️
Til o‘rganmoqchi bo’lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi
Bu haqda Hukumatning tehishli qarori
(632-son, 08.10.2025-y.)
qabul qilindi.
"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi
2
oyni o‘z hisobidan, keyingi
6
oygachani esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.
Subsidiya miqdori:
Toshkent shahrida — BHMning
2 baravarigacha (824 ming so’m);
Viloyat markazlarida —
1,5 baravarigacha (618 ming so’m);
Tuman (shahar)larda —
1 baravarigacha (412 ming so’m).
2025–2026-yillarda
20 ming
nafargacha yoshga, 2031-yilgacha har yili
20 ming
nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.
Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinuvchi o‘quv markazlariga beriladi.
🇺🇿
@imtiyozuz
❌
O‘zbekistonda shaxsni ruxsatsiz tasvirga olish taqiqlanmoqda. Lekin istisnolar bor
Bu bo‘yicha qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga
yuborildi.
Unga ko‘ra, shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun
rozilik olish majburiyligi
belgilab qo‘yilmoqda.
🔴
Istisnolar
Quyidagi
8 ta
holatda tasvirga olish va uni tarqatishda
rozilik so‘rash
talab etilmaydi:
➖
qidiruvdagi shaxsni
aniqlash uchun tasvirdan foydalanganda;
➖
jamoat tartibini saqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida
videokuzatuv orqali
tasvirdan foydalanganda;
➖
davlat organlari
o‘z xizmat vazifasini bajarish
jarayonida tasvirdan foydalanganda;
➖
qonunbuzarlik holatlari
haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda;
➖
davlat xizmatchilarini
ularning xizmat vazifasini
bajarish yoki jamoatchilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olishda.
➖
jamoat joylarida
(ko‘cha, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.)
hamda mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda,
ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida
shaxslarni tasvirga olishda;
➖
agar tasvir
ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa
yoki undan hamma erkin foydalana olsa
(tijorat maqsadida foydalanish bundan mustasno)
.
➖
shaxs
haq evaziga tushgan surat yoki video faqat o‘sha maqsadda
— ya’ni oldindan kelishilgan yo‘nalishda foydalanilsa.
🟢
Talablar:
🔹
tasvirga olishda va undan foydalanishda
16 yoshga to‘lmagan
voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning
ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar
tomonidan beriladi;
🔹
jamoat joylarida
videokuzatuv
tizimlari o‘rnatilgan taqdirda, bu haqda barchaga ko‘rinadigan joyda va shaklda
ogohlantiruvchi belgi o‘rnatiladi;
🔹
insonning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarini uning roziligisiz
yashirincha yozib olish yoki tarqatish
maqsadida maxsus texnika vositalaridan foydalanganlar uchun
ma’muriy javobgarlik
belgilanmoqda. Boshqacha aytganda, yashirin kamera uchun javobgarlik belgilanyapti;
🔹
videokuzatuv kameralarini o‘rnatish mumkin bo‘lmagan joylar doirasi, xususan,
kiyinish xonalarida, hojatxonalarda
videokuzatuv tizimlari o‘rnatilishi
mumkin emasligi
aniq belgilab qo‘yilmoqda.
🇺🇿
@imtiyozuz
#Bilasizmi
⚡️
Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun imtiyozli shartlarda 33 million so'mgacha kredit ajratiladi
.
Batafsil...
⚡️
Professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi
.
Batafsil...
⚡️
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi
.
Batafsil...
⚡️
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga
ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari
uchun
subsidiya
ajratiladi
.
Batafsil...
⚡️
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi
.
Batafsil...
❓
Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?
Javob...
❓
Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak?
Javob...
🇺🇿
@imtiyozuz
⚡️
SAT imtihonida 1200 dan yuqori ball olganlar qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilinadi
Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, quyidagi
3 ta xalqaro sertifikat
olgan abituriyentlarga imtiyozlar belgilandi:
1️⃣
“A level” sertifikati
(“B” va undan yuqori daraja)
— bazaviy
to‘lov-kontrakt
asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;
2️⃣
“International Baccalaureate” sertifikati
(32 va undan yuqori ball)
— bazaviy
to‘lov-kontrakt
asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;
3️⃣
“Scholastic Aptitude Test - SAT” xalqaro imtihoni
(eng yuqori ballning 75 foizi - 1200 ball va undan yuqori
) — qo‘shimcha
davlat granti
asosida o‘qishga qabul qilinadi.
❓
Bu imtiyoz qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi?
✅
JAVOB:
ushbu imtiyoz sertifikat berilgan fan kirish imtihonlari tarkibida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi.
🇺🇿
@imtiyozuz
⚡️
Pedagoglar va pedagogika yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun imtiyozlar.
➖
Yangi yildan boshlab kamida
15 yil
stajga ega bo‘lgan
oliy toifali
pedagoglarga
ipoteka krediti
boshlang‘ich badalining
25 foizi
qoplab beriladi. Bunga
200 mlrd so‘m
yo‘naltiriladi:
➖
Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan
pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma
beriladi;
➖
O‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun
kompyuter xaridiga 10 mln so‘mgacha imtiyozli kredit
beriladi.
➖
Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi
2 karra
kamaytiriladi;
➖
Fan o‘qituvchilari kabi, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham
milliy sertifikat berish
tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda
15 foiz ustama
to‘lanadi;
➖
Bakalavr bosqichini
imtiyozli diplom
bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda
2-malaka
toifasi,
magistrlarga
esa
1-malaka
toifasi beriladi;
➖
Dunyodagi
TOP-300 talik
oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga
20 ming dollargacha
imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
➖
Reytingda
100 talikka
kirgan maktab va bog‘cha,
20 talikdagi
texnikum,
Top-o‘nta oliygohlar
pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga
15 foiz chegirma
beriladi.
🇺🇿
@imtiyozuz
⚡️
1-oktyabrga o’qtuvchilar 953 minggacha mukofotlanadi.
“1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni”
munosabati bilan umumta'lim muassasalari xodimlarini  mukofotlash miqdori
mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori
(1271.000 so’m)
ning
75
foizigacha
Direktor jamg'armasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, mavjud mablag'lar doirasida amalga oshiriladi.
🇺🇿
@imtiyozuz
❓
Talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
📃
🇺🇿
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi
605-son qaroriga
asosan,
yotoqxona bilan qamrab olinmagan
va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda
ijarada yashaydigan
talabalarining ijara toʻlovi qoplab beriladi.
✅
Bunda:
➖
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida –
BHMning 1 baravari
(412.000 so’m), qolgan hududlarda –
BHMning 0,5 baravaridan
(206,000 so’m) oshmasligi lozim;
➖
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi
birinchi navbatda
ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi.
🎬
Ariza berish bo’yicha video qo’llanma…
🇺🇿
@imtiyozuz
⚡️
Pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
O'zbekistonda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 10 sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijrochi direktori Murodbek Atadjanov
ma'lum qildi.
Pensiya yoshini erkaklar uchun
60 yoshdan 63 yoshga
, ayollar uchun esa
55 yoshdan 58 yoshga ko'tarish
ko'rib chiqilmoqda. Jarayon bosqichma-bosqich — har yili yarim yilga oshiriladi.
Jahon banki O'zbekistonga bundan ikki yil avval pensiya yoshini 65 yoshga ko'tarishni
taklif qilgandi.
Pensiya jamg'armasi direktori ham dunyoning ko'plab mamlakatlarida eng kam pensiya yoshi 65 yoshdan oshiqligini ta'kidladi.
SHunga qaramay, pensiya yoshini oshirish bo'yicha rasmiy qaror hali qabul qilinmagan.
🇺🇿
@imtiyozuz
⚡️
Joriy yilda paxta terimi narxlari quyidagicha
belgilandi:
➖
Mashina yordamida
terilgan paxtaning
1 kg uchun – 1 ming 373 so‘m;
➖
Qo‘l mehnati
bilan terilgan paxtaning
1 kg uchun – 2 ming so‘m tavsiyaviy narx
belgilangan bo‘lib, terim vaqtida klaster, fermer xo‘jaligi rahbarlari va terimchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qo‘llaniladi;
➖
Shuningdek, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan
1 kilogramm paxta uchun 1 ming so‘m subsidiya
ajratiladi.
❗️
Paxta terimga chiqmoqchi bo’lib yurgan hamqishlog’ingizga yuborib qo’ying!
🇺🇿
@imtiyozuz
⚡️
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga suv uchun 12 million soʻmgacha toʻlab beriladi
Hukumat qarori bilan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida"gi nizom
tasdiqlandi.
👪
Kimlarga beriladi?
Subsidiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan xonadonlarga ajratiladi.
🛠️
Qaysi xarajatlar qoplanadi?
— turar joyda artezian qudug‘i qazish;
— suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlari xarid qilish hamda o‘rnatish.
💸
Qancha mablag‘ ajratiladi?
Subsidiya xarajatlarning 90 foizini, biroq ko‘pi bilan BHMning 30 baravarini (12 mln 360 ming so‘m) qoplaydi.
🏢
Xizmatni kim bajaradi?
Mazkur ishlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
📝
Qanday murojaat qilinadi?
Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan aʼzosi yoki qonuniy vakili:
— “Inson” markazlariga borishi,
— yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishi mumkin.
— So‘rov tizimga yuborilgach, ishchi guruh qaror chiqaradi va natija avtomatik xabar tarzida yetkaziladi.
🎓
@imtiyozuz