Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Imtiyoz.uz

imtiyozuz
Hamkor: @Talim_huquqi Facebook: https://www.facebook.com/imtiyozuz Instagram: https://www.instagram.com/imtiyozuz
Подписчики
2 079
24 часа
1
30 дней
1 333
Просмотры
855
ER
41,13%
Посты (30д)
8
Символов в посте
1 202
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Низкий
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 07:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 14:21

⚡️
Takomillaştirilgan özbek alifbosi uçun bepul servis işga tuşirdi
📑
Matnlarni
kirill, lotin
va
yangi lotin yozuvi
örtasida tez va oson ögiriş mumkin. Foydalanuvçilar yuklagan
matn
va
fayllar
serverda saqlanmaydi.
Undov.uz
saytidan foydalaniş mutlaqo bepul.
🎓
@Talim_huquqi

October 18, 08:31

⚡️
1 million so‘mlik moddiy yordam: kimlarga va qanday tartibda beriladi?
Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2026-yil noyabr oyida 1 million 17 mingdan ortiq oilaga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘
yo‘naltiriladi
.
✅
Kimlar avtomatik ravishda ro‘yxatga kiradi?
▪
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar;
▪
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchilar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar;
▪
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar.
❓
“Ijtimoiy reyestr”da bo‘lmagan oilalar ham yordam olishi mumkinmi?
Ha. Mahalla yettiligi reyestrga kirmagan, lekin amalda yordamga muhtoj oilalarni ham aniqlaydi. Bunda quyidagi oilalarga e’tibor qaratiladi:
▪
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
▪
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar;
▪
nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
▪
uzoq muddat davolanishga muhtoj a’zosi bor oilalar;
▪
yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar;
▪
bir xonadonda uch va undan ortiq oila yashayotganlar;
▪
tabiiy gaz va markazlashtirilgan isitish bo‘lmagan sharoitda yashovchilar.
📊
Daromad mezoni qanday?
Oiladagi har bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad 2 MIXdan (minimal iste’mol xarajatlari) oshmasligi kerak.
Shuningdek, markazlashtirilgan isitish tizimidan foydalanadigan oilalar uchun davlat yordami mezoni kengaytirilmoqda: Toshkent shahrida 3 MIXgacha, boshqa hududlarda 2 MIXgacha.
🔄
Yordam qanday tayinlanadi?
1️⃣
Reyestrlardagi oilalar bo‘yicha dastlabki ro‘yxat tuziladi.
2️⃣
Mahalla yettiligi reyestrda bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarni tavsiya qiladi.
3️⃣
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi oilaning daromadi va ijtimoiy holatini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshiradi.
4️⃣
Mezonlarga mos oilalar yakuniy ro‘yxatga kiritiladi.
5️⃣
1 million so‘m ijtimoiy karta yoki bank kartasiga o‘tkaziladi.
⚠️
Muhim:
mahalla tavsiyasi yordam albatta beriladi degani emas. Har bir oilaning ma’lumotlari elektron tizim orqali qayta tekshiriladi. Ko‘p hujjat yig‘ish talab etilmaydi, chunki ma’lumotlarning katta qismi davlat axborot tizimlaridan olinadi.
🌨
Qish mavsumida yana qanday yengilliklar ko‘zda tutilmoqda?
▪
elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi;
▪
gaz yetib bormagan yoki gaz ta’minoti qiyin hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasining bazaviy me’yori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshiriladi;
▪
2027–2028-yillarda yana 3 mingta ehtiyojmand oila uyida energiya samaradorligini oshirish ishlari olib boriladi: issiqlikdan himoyalash, energiya tejamkor yechimlar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
🇺🇿
@imtiyozuz

October 12, 10:14

⚡️
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda investor va tadbirkorlar uchun qator imtiyoz va yengilliklarni e’lon qildi:
▪
Savdo, servis va biznes markazlari
uchun infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi 3 barobar kamaytiriladi;
▪
Mehmonxona va turizm obyektlari
uchun infratuzilma to‘lovi 5 barobar kamaytiriladi;
▪
Madaniy va ko‘ngilochar maskanlar
uchun infratuzilma to‘lovi 10 barobar kamaytiriladi;
▪
Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar
uchun infratuzilma to‘lovi 1 foiz etib belgilanadi;
▪
50 million dollardan yuqori noturar joy loyihalari
uchun “yashil bino” sertifikatini olish xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi;
▪
Investor sotib olgan yer maydonining
30 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi
Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish davlat tomonidan ta’minlanadi;
▪
50 million dollardan yuqori har bir loyihaga
alohida mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar ko‘maklashadi;
▪
50 million dollardan yuqori loyihalar
uchun alohida investitsiya bitimi tuzilib, investorning majburiyatlari va tavakkalchiligiga mos imtiyozlar paketi belgilanadi;
▪
Yetakchi arxitektorlar ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalar uchun
tezkor tartib
joriy etiladi. Loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi;
▪
Yer ajratishda
“Swiss challenge” tamoyili
joriy etiladi. Investor tashabbusi ochiq e’lon qilinadi va undan yaxshiroq taklif bo‘lmasa, yer dastlabki tashabbuskorga ajratiladi;
▪
Poytaxtning har bir tumaniga Yangi Toshkentdan
100 gektardan
yer biriktirildi, qolgan
13 ta hududga ham
shuncha maydon ajratiladi. Birinchi auksionda ushbu yerlarga faqat tegishli tuman yoki viloyat tadbirkorlari da’vogarlik qila oladi;
▪
Yangi Toshkent uchun e’lon qilingan
imtiyoz va yengilliklar Samarqanddagi “Shirin” massiviga ham tatbiq etiladi
.
🇺🇿
@imtiyozuz

October 11, 12:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 10, 07:12

⚡️
Keksa yoshdagilar uchun temir yo'l chiptalariga 20% chegirma beriladi
"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida
1–30 noyabr kunlari
55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklarga temir yo'l chiptalari 20% chegirma bilan taklif etiladi.
❗️
Chegirma
"Afrosiyob" tezyurar poezdlaridan tashqari,
barcha mahalliy yo'nalishlardagi poezdlarga amal qiladi.
🇺🇿
@imtiyozuz

October 08, 07:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Kechroq pensiyaga chiqqanlarga ko'proq pul berish tizimi yaratilishi mumkin
📆
2028 yil
1 apreldan
boshlab
birinchi marta pensiya tayinlashda
ish haqining yuqori chegarasi:
➖
pensiya hisoblash bazaviy miqdorining
12 baravaridan 13 baravariga;
➖
6 oy kech pensiyaga chiqilganda - pensiya hisoblash bazaviy miqdorining
14 baravarigacha;
➖
12 oy kech pensiyaga chiqilganda - pensiya hisoblash bazaviy miqdorining
15 baravarigacha oshirish
taklif etilyapti.
🇺🇿
@imtiyozuz

October 07, 10:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 25, 09:19

⚡️
Ovoz bergan kuzatuvchilarga murojaat.
Siz ovoz berib maqulagan nomni nima uchun maqul ko’rib tanlaganizni kamentda izohlab ketsangiz bizning keyingi faolyatimiz uchun manfatliy bo’lar edi.
Hurmat bilan ADMIN!

September 24, 03:44

❓
Pensiyaga chiqqandan so'ng ishlasa, pensiyani qayta hisoblatish mumkinmi?
Nogironligi bo'lgan farzandimni tarbiyalaganim uchun imtiyozli pensiyaga chiqqanman. 55 yoshga to'lgach, umumiy asoslarda yoshga doir pensiyaga o'tishim mumkinmi? Pensiyaga chiqqandan keyin ishlagan yillarim, stajga qo'shilib qayta hisoblanadimi?
Agar xodim nogironligi bo'lgan farzandini tarbiyalagani sababli imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqqan bo'lsa, umumiy pensiya yoshiga yetgach uni yangidan yoshga doir pensiyaga almashtirib, shu asosda qayta hisoblatib bo'lmaydi.
CHunki unga avvaldan yoshga doir pensiya tayinlangan. Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida Nizomning
138-bandi
bu masalani bevosita tartibga soladi.
Birinchidan, mazkur pensiyaning huquqiy turi qanday?
«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonunning
12-moddasi «z» bandiga
muvofiq, bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandini sakkiz yoshgacha tarbiyalagan, kamida 20 yil ish stajiga ega onalar umumiy belgilangan yoshdan
5 yil oldin
pensiyaga chiqish huquqiga ega. Qonunning
7-moddasida
ayollar uchun umumiy pensiya yoshi 55 yosh belgilangani sababli, ushbu imtiyoz asosida 50 yoshdan pensiya tayinlanadi. Bu —
imtiyozli shartlardagi yoshga doir pensiya
.
Ikkinchidan, 55 yoshga to'lganda nima bo'ladi?
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktabrdagi
592-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 138-bandiga
ko'ra, umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda yoshga doir pensiya tayinlangan shaxsning pensiyasi umumiy pensiya yoshiga to'lganligi munosabati bilan qayta hisoblanmaydi.
120-banddagi
bir pensiya turidan boshqasiga o'tish qoidasi ham mazkur holatga tatbiq etilmaydi: imtiyozli va umumiy shartlardagi yoshga doir pensiyalar alohida pensiya turlari emas.
Uchinchidan, pensiyaga chiqqandan keyin ishlagan yillari qo'shiladimi?
Qonunning
37-moddasi oltinchi qismiga
asosan, yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyin ishlangan vaqt pensiyani hisoblash uchun stajga qo'shilmaydi. SHuning uchun, masalan, 50 yoshda pensiyaga chiqib, 55 yoshgacha ishlashning o'zi pensiyani yangi staj asosida hisoblatish huquqini bermaydi.
Biroq qayta hisoblashning boshqa asoslari saqlanadi.
Masalan, pensiya tayinlanguniga qadar bo'lgan, avval hisobga olinmagan ish staji yoki ish haqini tasdiqlovchi qo'shimcha hujjatlar topilsa, Qonunning
49-moddasi
va Nizomning
126-bandi «a» kichik bandi
asosida qayta hisoblashni so'rash mumkin.
🇺🇿
@imtiyozuz