
Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
🇺🇿
OʻzDJTU Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
Ma'lumot uchun:
@boboev_murodjon
📚
DIQQAT
ILMIY SEMINAR
🧠
“Yosh tilshunos”
ilmiy to‘garagi
Mavzu:
🎓
Abdulla Qodiriy ijodida zamonaviy tilshunoslikka aloqador qirralar
Ma’ruzachi:
“Umumiy tilshunoslik”
kafedrasi dotsenti,
f.f.n. U.P. Lafasov
🏫
Joy:
Ingliz tili 1-fakulteti, 203-xona
📅
Sana:
2025-yil 24-oktabr
⏰
Soat:
11:50
Barcha talabalar va tilshunoslik ixlosmandlarini ushbu ilmiy uchrashuvga taklif etamiz!
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
2025-yil 17-oktabr kuni “
Ingliz tili nazariy fanlar №2
” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tursunova G
. rahbarligida “
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi
” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
To`garakning asosiy maqsadi — iqtidorli va faol talabalarning bilimini, tashabbuskorligini hamda yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan
Prezident stipendiyasi
tizimi haqida chuqur tushuncha berish, talabalarda ushbu nufuzli stipendiyaga tayyorgarlik motivatsiyasini oshirishdan iborat bo‘ldi.
To‘garak mashg‘uloti axborotli-motivatsion va interaktiv tarzda o‘tkazildi.
Talabalarga stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun zarur hujjatlar, nomzodga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Talabalar guruhlarga bo‘linib, “
Mening stipendiya loyiham
” nomli qisqa taqdimotlar tayyorlab, o‘z ilmiy yoki ijtimoiy tashabbuslarini namoyish etdilar.
Ustoz tomonidan har bir guruhning g‘oyasi tahlil qilinib, kelgusida Prezident stipendiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi”
mavzusidagi ushbu to‘garak mashg‘uloti talabalarning o‘z salohiyatini anglash, intilish va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mashg‘ulot davomida yoshlar bilim, tashabbus va mehnatsevarlik orqali yuksak natijalarga erishish mumkinligini chuqur angladilar.
Bunday tadbirlar iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish va ularni milliy rivojlanish jarayonida faol ishtirok etishga undaydi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
📱
Telegram
|
📱
Instagram
O‘ZDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti, PhD. G.I.Narmurodova “Ilmiy g‘oyalar va ularning amaliyotga tadbiqi” mavzusi asosida “Yosh tilshunos” ilmiy to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
🔰
Ilmiy to‘garak mashg‘uloti
kafedra dotsenti,
PhD. G.I. Narmurodova tomonidan olib borildi.
🎓
Ilmiy to‘garak mashg‘ulotida Ingliz tili ikkinchi fakulteti 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
💬
Ilmiy to‘garak jarayonida G.I. Narmurodova talabalarga mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Xususan:
📗
Ilmiy g‘oyalarni vujudga kelishi va amaliy tahlili
📙
Ilmiy ishlarni yozishga qo‘yiladigan talablar
📔
Tezis va taqriz tushunchalarining farqlanishi xususida va qo'shimcha ma’lumotlar berildi.
💡
Ilmiy to‘garak qiziqarli va bahs-munozaraga boy holatda o‘tdi.
🌿
Mazkur ilmiy to‘garak talabalarni yangi ilmiy izlanishlarga ilhomlantirdi deb hisoblaymiz.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
📣
0️⃣
0️⃣
0️⃣
🇺🇿
📚
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
“Til bilimdonlari”
respublika tanlovi e’lon qilindi !
🎉
🗓
Saralash bosqichi:
15–17-oktabr kunlari
💻
Ishtirok etish manzili:
@tiluzbot
📍
Tashkilotchi:
Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
Tanlovning maqsadi — talaba va o‘quvchilar o‘rtasida xorijiy va davlat tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda eng bilimdon yoshlarni aniqlashdir!
🌍
✍️
🎁
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy diplomlar bilan taqdirlanadilar!
Yutuq:
96 million so’m
📢
Shoshiling! O‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish va “Til bilimdoni” nomini qo‘lga kiritish imkoniyatini boy bermang!
👉
Batafsil ma’lumot:
t.me/yoshlareduuz/18354
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
“G‘oyadan nashrgacha” taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot–resurs markazida Ingliz tili 2-fakulteti talabasi
Nematullayeva Muslimaxon
ning “
Topic-Based Vocabulary Handbook
” nomli qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “
G‘oyadan nashrgacha
” shiori ostida tashkil etilib, unda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.
Muallif o‘z asarini yaratish jarayoni, mazkur qo‘llanmaning ingliz tili lug‘at boyligini oshirishdagi ahamiyati va uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar tomonidan muallifning ilmiy-ijodiy izlanishlari yuksak baholandi va uning keyingi loyihalariga muvaffaqiyatlar tilandi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
0️⃣
0️⃣
0️⃣
🔴
2025
-yil
15-oktabr
kuni universitetimizda
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti
sohibalari bilan eng iqtidorli, fidoyi va ilm, san’at hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor
O. Yusupov
ochib berdi. Uchrashuvda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i
K.Muradkasimova
, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Sh. Ismatova
, Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i
F. Abdullayeva
hamda iqtidorli talabalar qatnashdilar.
✅
Tadbir davomida ushbu mukofot sovrindorlari -
M.Sotvoldieva
va
Z.Abdusalamova
o'z hayot tajribalari, ijodiy faoliyatidagi qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari haqida so'zlab berdilar. Talabalar esa o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, atroflicha javoblar olishdi.
✅
Ushbu uchrashuv minglab yosh qizlarning qalbida orzu, intilish va mehnatsevarlik ramziga aylandi. Shuningdek, bu uchrashuv qizlarni ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’at va jamoatchilik sohasidagi faoliyatga keng jalb etishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.
📣
Universitet rahbariyati iste’dodli, ijtimoiy faol, vatanparvar va izlanuvchan qizlarni ushbu yuksak davlat mukofotini qo'lga kiritishlariga hamda yosh avlod vakillarining ijodiy salohiyatiga, bilimga chanqoqligiga, ezgu orzu-intilishlariga yuksak ishonch bildirdi.
🟦
🟦
“Raqamli avlod qizlari” tanlovining kuzgi mavsumi boshlanish arafasida!
➖
Mazkur tanlovning
tuman (shahar) bosqichi
quyidagi yo‘nalishlarda
tashkil etiladi
:
➖
Yashil iqtisodiyot;
➖
Sun’iy intellekt;
➖
Iqlim o‘zgarishi;
➖
Ta’lim.
Tanlovda ikki yosh toifasida —
16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar
ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida
aniqlanadi
.
✈️
Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar
chet elga ta‘lim sayohati
ni qo‘lga kiritishadi.
👉
Tanlovda qatnashish uchun
qizlar.raqamliavlod.uz
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
#Digital_Generation_Girls
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari bilan uchrashuv!
📅
Sana: 2025-yil 15-oktyabr
🕓
Vaqt: soat 11: 00
📍
Joy: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Rektorat binosi,7-qavat, 718-xona
📣
O‘zbekistonning iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarini birlashtirgan nufuzli Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari bilan iliq va ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi!
🔻
Uchrashuv davomida mukofot sohibalari o‘z hayotiy tajribalari, yutuqlari hamda yoshlarga motivatsion maslahatlari bilan o‘rtoqlashadilar.
💫
🔅
Barcha talaba qizlarimizni ushbu ilhom manbai bo‘lgan uchrashuvga taklif etamiz
!