Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU

iqtidorli_talabalar_uzdjtu
🇺🇿 OʻzDJTU Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi. ✨ Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! ✍🏻 Ma'lumot uchun: @boboev_murodjon @ITITFTEB_bot
Подписчики
2 400
24 часа
30 дней
Просмотры
319
ER
18,21%
Посты (30д)
105
Символов в посте
999
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 25, 06:09
Файлы недоступны
4
4
Открыть в Telegram


Joriy yilning 24-aprel sanasida O‘zDJTU Pedogogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
N. Xodjayeva tomonidan Ingliz tili 3-fakulteti 2425 va 2526-guruh talabalari bilan hamkorlikda “Yosh pedagog: pedagogik refleksiya, mentorlik layoqati, fikr-mulohaza” nomli to‘garagi doirasida “Pedagogik motivatsiya, talabalarni rag‘batlantirish va o‘zini boshqarish mexanizmlari” mavzusida navbatdagi to’garak mashg’uloti o’tkazildi .
⚡️
Mazkur to'garak mashgʻuloti davomida pedagogik motivatsiyaning ahamiyati, talabalarni rag‘batlantirish usullari, o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mentorlik layoqatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, interfaol suhbatlarda faol ishtirok etdilar.

Bunday to'garak mashg‘ulotlar yosh pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, pedagogik refleksiya ko‘nikmalarini mustahkamlash va ta’lim jarayonida samarali yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qildi.

April 24, 07:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026 yilning mart oyida viloyatimizning tuman va shaharlarida tanlovning saralash bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, har bir hududdan 5 nafardan eng iqtidorli yoshlar viloyat bosqichga yo‘llanma oldi.
📍
Qarshi Yoshlar Texnoparkida
joriy yilning 23-aprel kuni bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichida 80 nafar iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdi.
🏆
Tanlov yakunlariga ko‘ra
, eng yuqori natijalarni qayd etgan 20 nafar ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi
🌟
G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
🔹
Eshimov Javlonbek Rustam oʻgʻli
🔹
Gulmirova Barno Ubaydullo qizi
🔹
Mavlonov Doniyor Nosir o'g'li
🔹
Usmonov Otabek Muzafarovich
🔹
Quzibayev Behruz Baxodir o‘g‘li
🔹
Bo’ronov Toxir Nasriddin o’g’li
🔹
Muratov A’zam Alisher oʻgʻli
🔹
Nurimov Temur Abdulla o'g'li
🔹
Abdug‘aniyev Boburjon Akramjon o‘g‘li
🔹
Nematov Nursulton Shavkat o'g'li
🔹
Boqiyev Johongir Nodirjon o’g’li
🔹
Ayozov Shaxabbos Anvar og'li
🔹
Amirov Avazbek Kamiljon o'g'li
🔹
Ermuminov Elbek Erkin o’g’li
🔹
Abduxalimova Marjona Xikmatovna
🔹
Doniyarov Dostonbek Rustam o‘g‘li
🔹
Hayitov Ulugʻbek Ilyos oʻgʻili
🔹
Ikromova Mashhura Asqar qizi
🔹
Shamsiddinova Shahrizoda Baxtiyor qizi
🔹
Ergashov Abdullo Ramazon o’g’li
🚀
Mazkur tanlov yoshlarning ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

April 24, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna va Rahmatova E'zoza tomonidan olib boriladigan “Step by step” to’garagi
🔖
Mavzu: Grammar: Complex structure: result clause
📌
Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchi:
Rashidova Gulshoda
📌
O’tkazish vaqti va joyi:
📅
24.04.2026

13:30
📍
206- xona

April 24, 05:11
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🇺🇿
23-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi
I. Rojiboyev
tomonidan
“Koreya huquqi”
to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulot
“Koreya jinoyat va jazoga oid qonun-qoidalar”
mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalarga Janubiy Koreya huquq tizimining o‘ziga xos jihatlari, jinoyat turlari hamda ular uchun belgilangan jazolar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Koreya Respublikasida amal qilinadigan qonunchilik tizimi, uning xalqaro huquq bilan o‘zaro aloqasi hamda amaliy qo‘llanilishi yuzasidan tushunchalar kengaytirildi.
Mashg‘ulot davomida turli amaliy misollar, tahliliy muhokamalar va savol-javoblar tashkil etilib, talabalar mavzuni chuqurroq anglash va mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va berilgan savollar dars jarayonining interaktiv va samarali o‘tishiga xizmat qildi.
Mazkur to‘garak mashg‘ulotlari talabalarning nafaqat til bilimlarini rivojlantirish, balki ularning huquqiy tafakkurini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda xorijiy davlatlarning huquqiy tizimlari haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇🏻
Telegram
|Instagram
|Facebook

April 23, 15:02
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

🎨
🧵
RASSOMCHILIK, KASHTACHILIK VA TO‘QUVCHILIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
🧶
O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R. Ochilova
hamda
iqtidorli talaba Erkinboyeva Aziza Ruslonovna
tashabbusi bilan
ijodiy tanlov
doirasida
rassomchilik, kashtachilik
va
to‘quvchilik
yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi

📌
Tanlov davomida ishtirokchilar
o‘zlarining
ijodiy yondashuvi, didi
va
mahoratini
namoyon etib, turli yo‘nalishlarda yaratilgan
noyob ishlar
orqali barchaga katta
taassurot
qoldirdilar
🎨
🧵
Kashtachilik
va
to‘quvchilik
yo‘nalishida esa
milliy an’analarimiz
va
nafis qo‘l mehnati
o‘z aksini topdi.
🏆
Tanlov yakunida
ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib,
hakamlar hay’ati
jumladan, o'qituvchilarimiz
Zakirova Nigora, Kuchkarova Maftuna
va
Turaxonova Badia
tomonidan munosib baholandi.
Eng yaxshi
deb topilgan ishtirokchilar aniqlanib,
maxsus sertifikatlar
hamda
esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandilar
🎁

April 23, 14:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 23, 11:32
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya tanlovining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Test sinovlarini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi. O‘z nutqida u tanlovning ahamiyati hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur bosqich doirasida talabgorlar oʻz bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Testlar 50 ta savoldan iborat boʻlib, ishtirokchilarning ingliz tili boʻyicha bilim darajasi, tahliliy fikrlashi va umumiy tayyorgarligi baholandi.
Jarayon mas’ul rahbarlar nazorati ostida xolis va shaffof tarzda o‘tkazildi. Test savollari ishtirokchilar oldida ochilib, belgilangan tartib asosida tarqatildi.
Ushbu stipendiya tanlovi iqtidorli va intiluvchan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va akademik salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt

April 23, 09:28
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

📚
23-aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni

1995-yili Parijda bo‘lib o‘tgan UNESCO Bosh konferensiyasida kitoblar va mualliflarga ehtirom bildirish, insonlarni kitob o‘qishga chorlash maqsadida ushbu sana belgilangan.
🔖
2001-yildan boshlab biror shahar tayin etilib, unga bir yil davomida “Jahon kitob markazi” degan unvon berish an’anaga aylangan.
🔥
Jahon kitob markazi bo‘lgan shaharlardan – Madrid, Iskandariya, Nyu-Deli, Monrealni eslab o‘tish mumkin.
📖
“Kitob – tafakkur, bilim va ma’naviyat manbai” shiori ostida Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi 1-bosqich MDLU-102-guruh talabalari
Tursunova Sh.N.
rahbarligida O‘zDJTU Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
📚
Tashrif davomida talabalar kutubxona fondi, zamonaviy axborot resurslari hamda mutolaa uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

April 23, 07:22
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya tanlovi jarayonlari davom etmoqda!
Kecha, 22-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida ushbu nufuzli stipendiya tanlovining muhim bosqichlaridan biri — nomzodlarning hujjatlari va ijodiy ishlarini koʻrib chiqish jarayoni boʻlib oʻtdi.
Jarayonda universitet rahbariyati vakillari hamda masʼul mutaxassislar ishtirok etib, talabgorlarning ijodiy ishlari sinchkovlik bilan tekshirildi va baholandi. Har bir ish adolatli va shaffof mezonlar asosida koʻrib chiqildi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt

April 22, 15:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌍
XALQARO darajadagi ILMIY SEMINAR
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etilmoqda.
Mehmon spiker:
Inga Staškevičiūtė-Butienė
(Litva Sport Universiteti, dotsent, xalqaro ekspert)
Seminar mavzulari:
Scopus bazasidagi jurnallarda ilmiy maqola yozish strategiyalari
Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari
Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari
💼
Spiker haqida qisqacha:
— 15+ yillik tajribaga ega olima
— Yevropa darajasida universitetlarni baholovchi ekspert
— “HR Excellence in Research Award” dasturi bo‘yicha mutaxassis
📅
Sana: Juma kuni
🕒
Vaqt: 11:00
📍
Joy:
https://us05web.zoom.us/j/84413334895?pwd=ZwQWo9TzaPPABqlSmmSBaElWNBjkHw.1
Kod identifikator: 844 1333 4895
Parol: egi53U
Ushbu seminar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun katta imkoniyat bo‘lib, xalqaro darajadagi bilim va tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Barchangizni taklif etamiz!
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt