
istemolchi-info.uz | RASMIY KANAL
⚖️
Фарғона вилоят ҳудудий бирлашмаси расмий канали
сайт:
istemolchi-info.uz
facebook.com/istemolchiinfo
instagram.com/istemolchi_info
twitter.com/istemolchi_info
youtube.com/channel/UCD8yS-a8TDSk3IvA9JKrtBQ
Ишонч телефони
☎️
1091
Sotuvchi ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olishga haqli emas
Toshloq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning "Yakkatut" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.S ning o‘tgan yilning 28-avgustida muddatli to‘lov shartnomasi imzolanib, mobil qurilma iste'molchi qo‘liga topshirilishi jarayonida uning ilgari iste'molda bo‘lganligi ma'lum bo‘lib qolganligi sababli uni olishdan bosh tortganligi hamda o‘sha kuni do‘kon mas'uli shartnomani bekor qilishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsada, oradan shuncha vaqt o‘tib unga MIBdan qarzdorlikni to‘lab qo‘yish bo‘yicha xat kelib tushganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
👉
Batafsil
istemolchi-info
saytida
lotin
||
кирилл
👉
Batafsil
fargona.istemol
saytida
lotin
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
Iste'molchining suv nasosidagi nuqson bepul bartaraf etib berildi
Dang‘ara tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shu tumanda istiqomat qiluvchi M.K.ning shartnoma qiymati 2 442 372 so‘m bo‘lgan suv nasosini muddatli to‘lov shartlarida xarid qilgani va undan foydalanishi davomida nuqsonlar aniqlangani holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
👉
Batafsil
istemolchi-info
saytida
lotin
||
кирилл
👉
Batafsil
fargona.istemol
saytida
lotin
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
#brifing
Ўзбекистон истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятлари федерацияси Фарғона вилоят ҳудудий бирлашмаси томонидан медиа тадбирлар режаси асосида "Фарғона шаҳар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятига аҳоли (истеъмолчилар)дан келиб тушаётган мурожаатлар ва уларни ўрганиб чиқилиши натижалари" мавзусида брифинг ташкил этилди.
🌐
Биз ижтимоий тармоқларда:
|
O'zNNTMA
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
#brifing
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan media tadbirlar rejasi asosida "Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste'molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganib chiqilishi natijalari" mavzusida brifing tashkil etildi.
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
Raqobat boshqarmasi birinchi yarim yillik faoliyat yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.
Tadbirda hisobot davrida viloyatda raqobat muhitini yaxshilash, tadbirkorlar va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.
Anjuman davomida tadbir ishtirokchilarining sohani yanada rivojlantirish borasidagi fikr-mulohaza hamda takliflari ham tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida hududiy boshqarma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlik tamoyillariga tayangan holda faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida OAV va jamoatchilik vakillari bilan yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
#BRIFING
📌
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati bosh mutaxassisi B. Maksudova “Viloyatda korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha 2025-yil 1-iyul holatiga statistik ko‘rsatkichlari” haqida jamoatchilikka axborot berdi.
✅
Xususan, joriy yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 37,4 mingta miqdorida qayd etildi. 2024 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,3 foizni tashkil etgan.
✅
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning eng ko‘p qismi “Savdo” tarmog‘ida 33,9 %, “Sanoat”da 16,5 %, “Qurilish”da 5,8 % tashkil etgan. Birgalikda uch turdagi faoliyat ularning umumiy sonining 50 % dan ortig‘ini tashkil qildi.
✅
O‘tgan 6 oyda chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan 547 ta korxonalardan 214 tasi qo‘shma korxonalar va 333 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Facebook
▪️
Telegram
▪️
Web sayt
▪️
Youtube
📌
«2025- yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatining demografik ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
✅
Joriy yilning 24- iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlar ishtirokida media-rejaga asosan «2025- yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatining demografik ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov ishtirok etdi. Tadbirda joriy yilning 6 oyida Farg‘ona viloyatida doimiy aholi soni 4 181,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 82,3 ming kishiga yoki 2,0 %ga ko‘payganligi, shundan, shahar aholisi soni 2 373,5 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 56,8 %), qishloq aholisi soni 1 807,5 ming kishi (43,2 %)ni tashkil etganligi, hisobot davrida 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 618,5 kishi toʻgʻri kelganligi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 12,2 kishiga ortganligi, qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 45 957 kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 22,3 promilleni, tugʻilganlar soni 2024-yilning mos davriga nisbatan 1 047 nafarga kamayganligi, vafot etganlar soni 8 940 kishini, har ming aholiga nisbatan oʻlim koeffitsiyenti 4,3 promilleni, vafot etganlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 477 nafarga koʻpayganligi haqida keng va atroflicha ma’lumot berildi. Shu bilan birga, Farg‘ona viloyatida mazkur davr mobaynida qayd etilgan nikohlar soni 9 786 birlikni, har ming aholiga nikoh koeffitsiyenti 4,7 promilleni, nikohlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 birlikka ko‘payganligi, nikohdan ajralishlar soni 2 551 birlik, har ming aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,2 promilleni, ajralishlar soni 2024-yilning mos davriga nisbatan 181 birlikka ko‘payganligi, Farg‘ona viloyati boʻyicha koʻchib kelganlar jami soni 7 667 kishini, shu jumladan viloyatning boshqa hududlaridan koʻchib kelganlar 7 661 kishini, xorijiy mamlakatlardan koʻchib kelganlar 6 kishini, koʻchib ketganlar jami soni 8 329 kishini, shu jumladan viloyatning boshqa hududlariga koʻchib ketganlar 8 297 kishini, xorijiy mamlakatlarga koʻchib ketganlar 32 kishini tashkil etganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Anjuman so‘ngida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Axborot xizmati.
📌
«2025- yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatining demografik ko‘rsatkichlari » mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga!
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz — tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Siz rahbar sifatida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoatchilik tashkilotlarining nufuzini mustahkamlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha buyuk islohotlarni amalga oshirib kelmoqdasiz. Sizning tarixiy tashabbuslaringiz tufayli yurtimizda jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi ishtiroki yangi bosqichga ko‘tarildi.
Federatsiyamiz ham ana shu ijtimoiy islohotlar jarayonida o‘z o‘rnini topib, xalqaro miqyosdagi nufuzli tuzilmalar bilan to‘laqonli hamkorlik qiluvchi tashkilot sifatida tan olindi. Sizning siyosatingizda belgilanganidek, inson qadri, uning huquq va manfaatlarini oliy qadriyat sifatida bilish — Federatsiya faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.
Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, xalqaro standartlarni joriy etish borasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar — bugungi barqaror siyosiy rahbarlikning amaliy samarasidir.
Shu ulug‘ ayyomda Sizga mustahkam salomatlik, tinimsiz faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizga yangidan-yangi zafarlar tilaymiz! Ijtimoiy adolat, fuqarolik birdamligi va inson manfaatlarini ta’minlashdagi qat’iyatingiz doimo xalqimizning yuragida va tarix sahifalarida munosib o‘rin egallaydi.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasi