
istemolchi-info.uz | RASMIY KANAL
12,8 million so‘mlik ikki dona noutbuklarning puli iste’molchiga qaytarib berildi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, kafolat muddati belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar zarur sifatda bo‘lsa, ularni rang, fason, o‘lcham yoki boshqa shaxsiy didga oid sabablar bilan sotuvchiga qaytarish mumkin emas. Biroq, sotuvchi tomonidan tovar haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilishi oqibatida iste’molchi o‘z ehtiyojlariga mos kelmaydigan mahsulotni xarid qilib qo‘ygan bo‘lsa, bunda u shartnomani bekor qilish va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Masalan, iste’molchi noutbuk xarid qilish jarayonida qurilmaning quvvati hamda funksiyalari bo‘yicha o‘z talablari va maqsadini sotuvchiga bildirgan bo‘lsa, sotuvchi esa taklif qilinayotgan noutbuk aynan shu funksiyalarni bajara olishini va’da qilib, savdoni amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Ammo keyinchalik mahsulotda iste’molchi kutgan funksiyalar umuman ko‘zda tutilmagani aniqlansa, bu holatda asosiy e’tibor tovarning sifatiga emas, balki sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot berilganiga qaratiladi. Ya’ni, iste’molchi mahsulotdan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmagani sababli, u tovarni qaytarish yoki shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro S.O‘.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining
1091
qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati ham aynan shunday vaziyatni yoritib berdi. Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilganda, iste’molchiga sotilgan ikki dona noutbuk taklif etilgan funksiyalarni bajara olmasligi aniqlangan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, iste’molchi tomonidan
12 802 000 so‘m
ga xarid qilingan mazkur ikki dona noutbuk sotuvchiga qaytarildi va masala iste’molchi foydasiga ijobiy hal etildi.
Murojaat uchun:
📞
1091
📠
https://murojaat.istemol.uz
Federatsiyaning rasmiy sahifalari
👇
🔻
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Istemol.uz
#Isteʼmolchi
#minnatdorlik
Iste'molchi e'tirofi
Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi Zulfiyaxon Nishonova ichimlik suv taʼminoti sohasida yuzaga kelgan muammo yuzasidan qilgan murojaatini Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi natijalaridan minnatdor.
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
Ikki dona noutbuk sotuvchiga qaytarildi
Qonunchilikka ko‘ra, kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar zarur sifatda bo‘lsa, ularni qandaydir iste'mol xususiyati (rangi, fasoni, o‘lchami va b.) yoqmaganligi yoki mos kelmaganligi vaji bilan sotuvchiga qaytarib bo‘lmaydi. Biroq mazkur zarur sifatdagi tovar oldi-sotdi jarayonida sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma'lumot berilishi yo‘li bilan sotilgan va bu zarur iste'mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste'molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli bo‘ladi.
👉
Batafsil
istemolchi-info
saytida
lotin
||
кирилл
👉
Batafsil
fargona.istemol
saytida
lotin
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Barchamiz uchun yurtimiz shaʼnini, g‘ururini ulug‘lovchi ushbu muqaddas qo‘shiqning qadri va ahamiyati katta.
Madhiyamiz xalqimizning birligi, mustaqilligi va yuksak orzu-intilishlarining ramzidir.
Ushbu qutlug‘ kun barchamizga Vatanimizni yanada sevish, uni ardoqlash va bunyodkorlik yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish tuyg‘usini baxsh etsin!
🇺🇿
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишда қишлоқ хўжалигига оид саволлар қайси йўналишларга тегишли?
Медиация келишуви низони судда кўрмасдан ҳал қилиш имконини берди
Марғилон шаҳар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятида Қўштепа туманилик истеъмолчи Л. А.нинг ўзи томонидан олинган кредит маблағи учун амалга оширган тўлови икки марта бошқа ҳисоб рақамга ўтиб қолганлиги ҳолати юзасидан қилган мурожаати ўрганилиб, унинг натижалари юзасидан фуқаролик ишлари бўйича Марғилон туманлараро судига даъво аризаси киритилган эди. Лекин суд бошланиши жараёнида жавобгар томони киритган илтимос ва уни даъвогар томонидан ҳам қўллаб-қувватланиши масалани судда кўрмасдан медиатив келишув йўли билан ҳал қилинишига имконият яратиб берди. Шундан сўнг томонлар Медиация тартиб-таомилини амалга ошириш тўғрисидаги келишувни имзоладилар.
Батафсил:
https://nuqtainazar.uz/archives/12065
Мен шифокорман.
Менинг вазифам — инсон соғлиғини асраш, ҳар бир беморга умид бағишлаш.
Соғлиқни сақлаш соҳасида ҳамюртларимизга тез, сифатли ва манзилли хизмат кўрсатиш рўйхатга олиш натижаларига ҳам боғлиқ.
Чунки ҳар бир соғлом инсон — соғлом жамият демакдир.
Сиз ҳам соғлом жамият ва фаровон келажак учун рўйхатга олиш жараёнида фаол иштирок этинг!
Ҳар бир тўғри маълумот — тараққиёт ва юрт равнақи учун хизмат қилади!
Муҳаббат Разикова,
шифокор
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишда фаол иштирок этинг!
“Фуқаролик жамияти ҳафталиги” доирасида
“Фуқаролик жамиятини ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун” кўкрак нишони совриндорлари
тақдирланди.
Фарғона вилоятидан
Тишабаева Зиёда Юсуповна
– “Республика болалар ва оилаларни қўллаб-қувватлаш ассоциацияси Фарғона вилоят бўлими раҳбари;
Умурзақова Хосиятхон Мамадалиевна
– Фарғона вилоят “Ёшлар ва аёллар ахборот технология” маркази раҳбари кўкрак нишон билан тақдирланди.
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://murojaat.istemol.uz
✍️
Ishonch telefoni:
☎️
1091
Website
|
Facebook
|
Twitter
|
Youtube
|
Instagram