Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

izrmed

Professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi

Subscribers
6 040
Post views
3 861
ER
64,14%
Posts
754
October 21, 06:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Бугун, 21 октябр ТИЛ БАЙРАМИ- Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун
Барчангизга байрам муборак бўлсин!
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 20, 06:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzak hujayralar bilan davolash
Oʻzak hujayralar bilan davolash Oʻzbekistonda ham rivojlanib bormoqda.
Tibbiyotning eng yuqori texnologik davolash metodlaridan davolash hisoblanadi.
Bu usul Yevropa, Amerika va Yaponiyada juda rivojlanib bormoqda.
Birinchi boʻlib leykoz kasalligini davolashda bundan foydalanildi. Keyingi davrlarda alzheimer, ,bolalardagi xulq-atvordagi oʻzgarishlar, intellekt buzilishlarini oʻzak hujayralar bilan davolash yoʻlga qoʻyildi.
Eng qimmat davolash usullaridan biri.
Agar Oʻzbekistonda oʻzak hujayralar bilan davolash yoʻlga qoʻyilsa, qoʻshnilarimiz oldida tibbiyotimiz bir pogʻona balandlagan boʻlardi.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
📞
77-375-99-91
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 18, 09:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

⁉️
Sizda yoki yaqiningizda shu muammolardan biri bezovta qilayotgan bo'lsa bizga murojaat qiling.
💯
Bunda ishtirok etuvchining kimligi umuman bilinmaydi, xavfsizlik qoidalariga amal qilinadi.
🔺
Psixogen bosh oğriği
🔺
Enurez
🔺
Surunkali bronxit
🔺
Mavsumiy allergiya
🔺
Psixogen endometriya
🔺
Psixogen erektil disfunksiya (ya'ni urologik tomondan tahlillar toza bo'lishi kerak(
🔺
Vaginizm
Suhbatga yozilish uchun :
@gunelxalilova
Savol va takliflaringiz bo'lsa yozishingiz mumkin
.
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 17, 07:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Asabdan ham tana harorati koʻtariladimi

Agar sizda
qattiq stressdan keyin yoki doimiy ruhiy siqilishlardan keyin tana haroratingiz koʻtarilsa-yu, qon analizlari yaxshi chiqsa, tana haroratini tushiruvchi dorilar bersa ham, qisqa muddat tushib yana chiqaversa, bilingki, bu asabdan, yaʼni psixogen gipertermiya
boʻlishi mumkin.
Buning uchun albatta
tibbiy tekshiruvdan oʻtish shart. Qon analizlarini tekshirish kerak, yalligʻlanish simomalarini koʻrish
kerak.
Tana haroratini koʻtarishga turtki boʻluvchi infeksion omillar boʻlmasa, bu insonning tibbiy-psixologik statusini tekshirish kerak.
Chunki men oʻzim koʻp koʻrganman, asabdan, yaʼni psixologik stressdan ham tana harorati 39, hatto 40 daraja ham boʻlib yuradi.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
📞
77-375-99-91
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 16, 04:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dunyoda so‘nggi o‘n yillikda ruhiy iztirob chekish darajasi oshgan
Dunyo bo‘ylab odamlar orasida xavotir, stress va g‘azab hissi so‘nggi o‘n yillikda sezilarli darajada oshdi. Bu haqda “Dunyo hissiy salomatligi holati — 2025” hisobotida
ma’lum qilindi.
Urush yoki mojarolar ta’sirida bo‘lgan davlatlarda salbiy hissiyotlar darajasi yuqoriligi qayd etilgan.
Xavotir darajasi 2024-yilda biroz kamayib, pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytgan.
Shunday bo‘lsa-da, bu his 2014-yildagi ko‘rsatkichdan 5 foiz yuqoriligicha qolmoqda. Tadqiqotga ko‘ra:
✔️
jismoniy og‘riq: 2024-yilga nisbatan 32 foizga oshgan;
✔️
qayg‘u: o‘zgarish yo‘q (26 foiz);
✔️
g‘azab: o‘zgarish yo‘q (22 foiz).
Umuman olganda salbiy hissiyotlar 10 yil avvalgiga nisbatan ancha yuqori. Ta’kidlash joizki,
ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq xavotir, qayg‘u va jismoniy og‘riqni his qilgani qayd etilgan.
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 15, 09:13
Media unavailable
3
Show in Telegram

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ma’naviy suhbat!
ToshDavTUning 5-sonli talabalar turar joyida Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi xodimlari bilan
“Oilaning ma’naviy-axloqiy muhiti” mavzusida davra suhbati
o‘tkazdik.
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 13, 14:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ruhiyatdagi oʻzgarishlar nimalarda namoyon boʻladi

Birinchi navbatda xarakter oʻzgaradi. Ayniqsa, bolalarda bu yaqqol seziladi:
✔️
koʻp yigʻlayveradi;
✔️
oʻzini haq deb biladi;
✔️
ota-onasidan xafa boʻlib yuradi, uydan chiqib ketadi;
✔️
maktabda oʻzlashtirishi pasayib ketadi.
Bunda bola depressiyaga tushib, odam ovi boʻlib qoladi yoki tajovuzkor-agressiv holatga oʻta boshlaydi.
Shunday belgilar sezilganida bolani klinik yoki xulq-atvor bilan shugʻullanadigan psixologga murojaat qilish lozim.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
📞
77-375-99-91
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 13, 05:49
Media unavailable
3
Show in Telegram

“Klinik psixologiya” — bu shunchaki ilmiy asar emas, balki inson ruhiyatiga sayohat, hayotga chuqurroq nigoh tashlashga undovchi yo‘lchi kitobdir.
Zilola To’laganova, psixolog.
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 10, 11:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bolangiz uchun “mehr qasri” quring
Ota-ona bola tugʻilgach ikki xil qasr qurib boshlaydi.
Biri “mehr qasri”, ikkinchisi “qahr qasri”
.
✔️
Agar ota-ona bolasi tugʻilganidan unga “mehr qasri”ni bunyod etsa, farzandi ulgʻaygach oʻsha goʻzal qasrda umrguzaronlik qiladi.
✖️
Kimdir “qahr qasri”ini qursa, vaqt oʻtib u zindonga va farzand esa azob beruvchiga aylanadi.
Tanlov oʻz qoʻlingizda…
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
📞
77-375-99-91
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz

October 10, 07:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌏
10-oktyabr — Butunjahon ruhiy salomatlik kuni
Butunjahon ruhiy salomatlik kuni 1992-yildan beri nishonlanadi. Ushbu kun Butunjahon ruhiy salomatlik federatsiyasi tashabbusi bilan JSST qoʻllab-quvvatlashi ostida taʼsis etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra,
bugungi kunda dunyo boʻyicha 450 milliondan ortiq inson ruhiy kasallikka chalingan boʻlib, eng koʻp uchraydigan ruhiy kasallik depressiyadir.
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
|asab.uz