Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

izrmed
Professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi Professor qabuliga yozilish uchun admin @Professor_admiin bilan bogʻlaning
Subscribers
6 379
24 hours
3
30 days
71
Post views
2 805
ER
43,97%
Posts (30d)
16
Characters in post
647
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
45-54
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 28, 17:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sinfdoshdan uzilma
❗️
🎓
Sinfdoshlaridan uzoqlashgan odam o‘z bolaligidan uzoqlashgan bo‘ladi. Katta lavozimga erishib, sinfdoshlarini tan olmagan odam aslida o‘z bolaligini tan olmagan bo‘ladi.
Men uchun sinfdoshlarim — bolaligimni eslatib turadigan insonlar. Biz matematika sinfida o‘qiganmiz, sakkizinchi sinfdan keyin daryo bo‘yiga chiqib, pul yig‘ib, birga vaqt o‘tkazganmiz.
Bugun kimdir professor, kimdir oddiy qishloq ishida. Lekin sinfdoshlar davrasida mansabning ahamiyati yo‘q. «Professor bo‘lsa, o‘ziga! Qani, pulingni cho‘z», degan hazillarning o‘zi bir olam.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
asab.uz

October 27, 03:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

👨‍👩‍👧‍👦
FARZANDLARIMIZGA VAQT AJRATAYLIK!
⏰
Har kuni atigi
12 daqiqa
bo‘lsa ham, telefonni chetga qo‘yib, bolamizni bag‘rimizga bosaylik, dardini tinglaylik, u bilan chin dildan suhbatlashaylik.
💼
Biz esa ko‘pincha tirikchilik, ish va telefon bilan ovora bo‘lamiz. Unutmaylik, farzandlarimiz bizga aynan bugun muhtoj!
❤️
Quyosh oila uchun botadi, tong oila uchun otadi. Vaqtimizni oilamizga ham bag‘ishlaylik!
🏡
Oila mustahkam bo‘lsa — jamiyat mustahkam bo‘ladi!
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
| asab.uz

October 24, 18:55
Media unavailable
3
Show in Telegram

"Manga garak amas!" — Fransiyaning faxriy unvonini rad atgan özbek professori!
"XORAZMLI" kanalinda hamma kutgan mehmon —
professor Zarifboy Ibodullayev!
❓
Bugungi tibbiyot biznesa aylanib qaldimi ?
❓
Nuchun oddiy tozalik xodimini yo qorovulni mensimimiz?
❓
Jurnalistlara söllaşa majbur bölğan haqiqatlar novvilardan iborat adi .
Ilm, vijdon, milliy ğurur va ata xotirasi haqqinda yurakka yetib boradiğon gurung .
⏰
Premyera vaqti:
25-oktabr, soat 20:00 da!
🎞
XORAZMLI
YouTube kanalida tomosha qiling.

October 22, 13:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌡
Doimiy isitmaga kuchli stress sabab bo‘lishi mumkinmi?
Ba’zi bemorlar tana harorati doimo 37,5–38,5 daraja bo‘lishidan shikoyat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ular ishga borib-kelaveradi. Aspirin yoki paratsetamol ichsa ham, isitmasi tushmaydi.
🔴
Bunday holatda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:
🔹
Bo‘g‘imlarda og‘riq;
🔹
Ishtahaning pasayishi;
🔹
Ko‘p terlash;
🔹
Qo‘rquv, xavotir va vahima.
🧠
Bemor bilan suhbatlashsam, ko‘pincha bu holat kuchli stressdan keyin boshlanganini aniqlayman. Stress tana haroratini boshqaruvchi gipotalamus faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
💊
Maxsus tekshiruvlar orqali tashxis tasdiqlansa, tegishli davolash belgilanadi va bemor ahvoli yaxshilanadi.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
| asab.uz

October 21, 11:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK
🇺🇿
🌿
Qadrli yurtdoshlar
Sizlarni Klinik Psixologiya Markazi jamoasi nomidan O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz, tariximiz va qalbimiz ifodasidir. U bizni ajdodlarimiz bilan bog‘laydigan, qadriyatlarimizni avlodlardan avlodlarga yetkazadigan bebaho boyligimizdir.
Tilimizni asrash, uning sofligini saqlash, go‘zalligi va boyligini kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir. Zero,
ona tiliga bo‘lgan hurmat — Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir
💚
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz
✨
Ona tilimiz doimo e’zozda, qadri baland, kelajagi porloq bo‘lsin
Hurmat bilan,
Klinik Psixologiya Markazi jamoasi.
💙
🇺🇿
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
| asab.uz

October 20, 10:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

🩺
Tez-tez ich ketishi yoki qabziyat — asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinmi?
Tibbiyotda
ta’sirlangan ichak sindromi
degan tashxis bor. Bu muammo bilan menga ko‘plab bemorlar murojaat qiladi.
🔹
Tez-tez ich ketishi yoki bir necha kunlab qabziyat;
🔹
Ovqatdan keyin qorinda noqulaylik;
🔹
Og‘izga achchiq ta’m kelishi, ishtaha o‘zgarishi;
🔹
Doimiy hojatxona izlab yurish va xavotirlanish.
🧠
Bunday holatlar ichak va asab tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan aloqador bo‘lishi mumkin.
💊
Bemorning alomatlariga qarab, asab tizimiga ta’sir qiluvchi maxsus dorilardan foydalanamiz.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
| asab.uz

October 18, 15:07
Media unavailable
3
Show in Telegram

🍐
Behining qanday foydali xususiyatlari bor?
🍯
Behining o‘rtasini o‘yib, ichiga toza asal solib, mantiqosqonda dimlab iste’mol qilishni ko‘p tavsiya etishadi.
🫁
Dimlangan behi, ayniqsa, doimiy quruq yo‘tal va surunkali bronxitni tez yengishda samara beradi. Shuningdek, behining suyak to‘qimalari, paylar va qon tomirlari uchun ham foydasi katta.
🌿
Men anjir, qovoq va behining foydalilik darajasini bir qatorga qo‘ygan bo‘lardim.
✅
Hozir ayni behi mavsumi! Arzon, sarg‘ayib pishgan behilardan ko‘proq tanovul qilishni tavsiya etaman.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
asab.uz

October 16, 18:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧠
Fibromialgiya: nega butun tanada og‘riqlar paydo bo‘ladi?
❗️
Fibromialgiya — mushaklar, bo‘g‘imlar va paylarda, tananing deyarli barcha qismlarida og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladigan kasallik.
💊
Uzoq muddat nevroz va depressiyadan aziyat chekayotgan bemorlarda fibromialgiya kuzatilishi mumkin.
💉
Biz bunday holatlarda vegetativ asab tizimi nuqtalariga mikroinyeksion terapiya qo‘llaymiz. Bu usul orqali organizmning o‘zida serotonin, noradrenalin va atsetilxolin ishlab chiqarilishini faollashtirishga yordam beradi.
📌
Fibromialgiya juda injiq va davolash murakkab bo‘lgan og‘riq sindromlaridan biridir.
📞
90-043-44-99
📞
77-016-58-59
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
|
asab.uz

October 14, 13:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧠
O‘ZBEKISTONDA ILK BOR — PSIXOMOTOR TERAPIYA BO‘YICHA XALQARO SEMINAR-TRENING!
🇫🇷
Fransiyalik professor Fransuaza Jiromini
boshchiligida o‘tkaziladigan trening davomida psixomotor terapiyaning zamonaviy yondashuvlari, insonning ruhiy va jismoniy rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda ushbu yo‘nalishning amaliy ahamiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📅
Sana:
4–9-noyabr
📍
Manzil:
EMU University, Toshkent
👩‍⚕️
Kimlar uchun?
Psixoterapevtlar, psixologlar, nevrologlar, psixiatrlar, defektologlar va o‘z kasbiy bilimlarini boyitishni istagan boshqa mutaxassislar uchun.
✨
Xalqaro tajriba, zamonaviy metodika va yangi professional imkoniyatlar — barchasi bir treningda!
📞
Ro‘yxatdan o‘tish:
+998 55 517 00 07
🚀
Kasbiy rivojlanish sari muhim qadam tashlang! Hoziroq bog‘laning va ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
| asab.uz

October 12, 13:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Maktabning moddiy-texnik ta’minoti o‘qituvchining emas, hukumatning vazifasi. Maktablarda bolalarni uch mahal sifatli ovqat bilan ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish kerak. Ertalab yengil nonushta, tushlikda to‘yimli ovqat, darsdan qaytishda esa yana yengil tamaddi berilishi lozim.
Instagram |
Facebook
|
Telegram
|YouTube
| asab.uz