Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"Kelajak kasblari" loyihasi

kelajakkasblari_uz

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qish xarajatlari subsidiya orqali qoplanadi.
Rasmiy Telegram bot:
@kelajakkasblari_bot

Subscribers
2 240
Post views
1 737
ER
75,56%
Posts
386
October 28, 07:29

⚡️
Tez kunda…
Ikkinchi o’quv markazlari forumiga qabul boshlanadi. Taklif va tashabbusingiz bilan Prezidentimiz 2+6 dasturini qo’llab-quvvatladilar.
Oldinda bizni katta hamkorlik dasturlari hamda natijalar kutmoqda
Obunachilarimiz orasida o’quv markazi rahbarlari hamda boshqaruvchilari bormi? Fikrlaringiz qanday?

October 14, 17:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Prezidentimiz tashabbusi hamda yoshlarimizning taklifi bilan
100 ming nafar yosh — oilaviy sharoitidan qat’iy
nazar iqtidoriga qarab chet tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👉
https://www.instagram.com/reel/DPyqDEeiOsA/?igsh=MWExNXI1dWttc3Rzdw==

October 09, 10:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Yoshlar uchun yana katta imkoniyat!
Endilikda yoshlarimiz
chet tillarini
“2+6” dasturi
orqali
subsidiya asosida
o‘rganishi mumkin.
Bunda
14–30 yosh
dagi yigit-qizlarga
ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy
tillarini
o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.
1.
Dasturga ko‘ra,
birinchi 2 oy to‘lov
o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi, keyingi
6 oy uchun to‘lovlar
davomatga mutanosib ravishda quyidagi tartibda
davlat
tomonidan qoplab beriladi.
2. Subsidiya miqdori
(oyiga maksimal) Toshkent shahrida
824 ming so‘m
(BHM × 2) gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida
618 ming so‘m
(BHM × 1,5) gacha, tuman va shaharlarda
412 ming so‘m
(BHM × 1) gacha qoplab beriladi.
3. Asosiy shartlari
: Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos
milliy yoki xalqaro sertifikatga
ega bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.
4. Dastur doirasida har yili 20 ming nafar
gacha,
2025–2030-
yillar davomida
100 ming nafar
gacha yoshga subsidiya ajratiladi.
Manba:
Vazirlar Mahkamasining 632-son Qarori
@alisher_sadullaev

October 09, 09:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hukumat yoshlarning til o‘rganishini subsidiya bilan qo‘llab-quvvatlaydi
Hukumat qarori (632-son, 08.10.2025 y.) bilan
"Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi
2
oyni o‘z hisobidan, keyingi
6
oygachani esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.
Subsidiya miqdori:
Toshkent shahrida — BHMning
2 baravarigacha;
Viloyat markazlarida —
1,5 baravarigacha;
Tuman (shahar)larda —
1 baravarigacha.
2025–2026-yillarda
20 ming
nafargacha yoshga, 2031-yilgacha har yili
20 ming
nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.
Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinuvchi o‘quv markazlariga beriladi.
Kanalga ulanish:

@uzauz

September 21, 14:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
O‘zbekistondagi TOP o‘quv markazlar!
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan
“Kelajak kasblari” loyihasi
orqali bugungi kunga qadar
25 mingdan ortiq yosh ta’lim oldi
.
Ularning zamonaviy kasblar va xorijiy tillar bo‘yicha
o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab berildi
.
#kelajakkasblari
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

September 12, 11:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
O‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi
tomonidan
“Ko‘mak”
loyihasi ishga tushirildi.
Loyiha
xorijiy tillar bo‘yicha C1
darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa
olis va chekka hududlarda
chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari
ochish istagidagi yoshlar uchun.
Loyiha orqali
yosh tadbirkorlarga 3 yil
muddatga,
6 oylik imtiyozli davr
bilan
130 million
so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun
so‘rovnomani to‘ldiring.
“Ko‘mak” loyihasi
— bu jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik an’analarining zamonaviy davomidir.
@alisher_sadullaev

August 27, 06:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Yurtimizda turli sohalarda
yoshlarning taklif va tashabbuslarini eshitish
, muammolarini hal etishga qaratilgan ochiq muloqotlar muntazam o‘tkazilmoqda.
Avval
xabar berganimizdek,
bu galgi ochiq muloqot poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bugun soat 15:00 da
o‘quv markazlari rahbarlari hamda kasb-hunar
sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar bilan bo‘lib o‘tadi.
Muloqot jarayonlarini Agentlikning
Youtube sahifasi
orqali jonli efirda tomosha qilishingiz va
takliflaringizni izohlarida
qoldirishingiz mumkin.
📹
Jonli efirga ulanish:
YouTube sahifasi
#YoshlarbilanMuloqot
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

August 24, 14:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Siz o‘quv markazi rahbarimisiz? Sizda yechimini kutayotgan muammolar va soha rivoji uchun takliflar bormi?
Demak, ushbu
muloqot aynan siz
uchun!
Joriy yil
27-avgust
kuni soat
15:00
da Toshkent shahridagi
Yoshlar ijod saroyida “Yoshlarni eshitamiz”
shiori ostida
o‘quv markazlari rahbarlari hamda kasb-hunar sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
bo‘lib o‘tadi. Ochiq muloqotda sohaga tegishli
vazirlik
,
idora va tashkilot
larning mas’ul vakillari ishtirok etadi.
🔹
Murojaat va takliflaringizni
“Yoshlar murojaati”
boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.
Manzil:
Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi
Keling, fikringizni bildiring, g‘oyangizni ayting – biz sizni eshitamiz!
#YoshlarbilanMuloqot
Bizning
sahifalarimiz:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

August 23, 07:37

⚡️
Yaqin kunlarda o'quv markazlari bilan xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarni o'rgatishni ommalashtirish yuzasidan muloqot o'tkazamiz.
Qanday taklif hamda savollaringiz bor izohlarda yozib qoldiring?

July 24, 06:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 68 yoshni qarshilamoqda.
@kelajakkasblari_uz