
"Kelajak kasblari" loyihasi
⚡️
O‘quv markazlari uchun katta imkoniyat!
Yoshlarning
zamonaviy kasblar, IT, xorijiy tillar, ilm-fan, sport, san’at va madaniyat
yo‘nalishlarida ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlar
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
“Kelajak kasblari” loyihasi:
Yoshlarning
IT, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar
bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari
6 oygacha
, har oy
BHMning 4 baravarigacha
miqdorda subsidiya asosida qoplanadi.
Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishi:
Ijtimoiy reyestrdagi 14–30 yoshli
iqtidorli yoshlar
uchun o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Ushbu yo‘nalishlar doirasida ishtirok etmoqchi bo’lgan o’quv markazlarini hamkorlikka chorlaymiz!
Ariza topshirish uchun havola:
https://yoshlar.gov.uz/auth/e-imzo
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
⚡️
20 ming yosh kelajak kasblariga o‘qitiladi
“Ko‘mak” dasturi
doirasida
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratish yo‘lga qo‘yilgani uchun
olis va chekka hududlarda
olti oy ichida xorijiy til o‘rgatadigan
120 dan ziyod o‘quv markazi
ish boshladi.
Bunday o‘quv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport to‘garaklarini ochish taklifini bermoqda.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini boshlab, yaxshi natija ko‘rsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun
300 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Endi
olis hududlardagi o‘quv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz
miqdorida to‘laydi, ulardagi
o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘ladi
(hozir ijtimoiy va daromad solig‘i 12 foizdan to‘lanadi).
Yoshlar ishlari agentligiga xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda
yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitish dasturini
ishga tushirish, har bir tumanga
500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish
topshirildi
.
#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
@alisher_sadullaev
⚡️
O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etiladi
Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi.
Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi.
Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan
72 mingta instruktor
paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga
xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar
O‘quv markazlari uyushmasini
tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan
xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan
AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish
yo‘lga qo‘yiladi
.
#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
@alisher_sadullaev
⚡️
Siz kutgan xushxabar, 2+6” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari kutgan kun keldi. Endilikda yoshlarimiz
chet tillarini
“2+6” dasturi
orqali ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan tartibda
subsidiya asosida
o‘rganishi mumkin.
Dastlabki bosqichda
2plus6.uz
sayti orqali
o‘quv markazlari ro‘yxatdan
o‘tadi.
O‘quv markazlari
ro‘yxati tegishli tartibda
tasdiqlangach,
yoshlar
“Yonda” ilovasi
orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Savol va murojaatlar uchun:
@yonda_support_bot
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
⚡️
Yaqinda Sirdaryo viloyatining
Oqoltin tumanida
o‘quv markazi tashkil etgan
yosh oila
bilan uchrashdim.
Meni eng quvontirgani,
Prezidentimiz yoshlar uchun e’lon qilgan “Ko’mak” loyihasining natijasini
amalda ko’rish bo‘ldi.
Mazkur dastur orqali bu yosh oila
130 million so‘mlik ssuda (qarz)
olib,
olis hududda o‘zlarining ta’lim markazini ochishgan
hamda allaqachon o’nlab yoshlarga ta’lim berishmoqda.
Ishonchim komil, hali minglab yoshlar
olis hududlarda “Ko’mak” loyihasi orqali o’z markazlarini ochish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
@alisher_sadullaev
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” uchun qabul boshlandi
⚡️
Yoshlarimiz uchun
zamonaviy kasblar
va
chet tillarini
o‘rganishda yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi”
ga ro‘yxatga olish boshlandi.
Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtiradigan, hamkorlik va tajriba almashuviga xizmat qiladigan katta maydon bo‘ladi.
12–13-dekabr kunlari
bo‘lib o‘tadigan forum
“2+6“ dasturi
hamda
“Ko‘mak” loyihasi
doirasida tashkil etiladi.
👉
Forumda ishtirok etish
uchun ro‘yxatdan o‘ting:
forum.kelajakkasblari.uz
⚡️
O’zbekiston o’quv markazlar forumi
2025 -yil 12-13 dekabr
kunlari Toshkent shahar yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tadi
Forumda barcha o’quv markaz rahbarlari, StartUp g’oya egalari ishtirok etishlari mumkin.
🎯
Forumda “
2+6” , “Ko’mak”
va “
Yonda
” kabi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi loyihalar haqida to’liq ma’lumot va keng amaliy imkoniyatlar yaratiladi
Boshqa qo’shimcha ma’lumotlar tez orada forum
rasmiy telegram
kanalida
https://t.me/oquvmarkazlarforumi
da berib boriladi
Bundan tashqari tez orada forum uchun maxsus
websayt
e’lon qilinadi. Barcha ishtirokchilar sayt orqali ro’yhatdan o’tishlari mumkin.
⚡️
Tez kunda…
Ikkinchi o’quv markazlari forumiga qabul boshlanadi. Taklif va tashabbusingiz bilan Prezidentimiz 2+6 dasturini qo’llab-quvvatladilar.
Oldinda bizni katta hamkorlik dasturlari hamda natijalar kutmoqda
Obunachilarimiz orasida o’quv markazi rahbarlari hamda boshqaruvchilari bormi? Fikrlaringiz qanday?
⚡️
Prezidentimiz tashabbusi hamda yoshlarimizning taklifi bilan
100 ming nafar yosh — oilaviy sharoitidan qat’iy
nazar iqtidoriga qarab chet tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👉
https://www.instagram.com/reel/DPyqDEeiOsA/?igsh=MWExNXI1dWttc3Rzdw==