
Khumoyun Codes
Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar.
Muallif: Khumoyun Inoyatov
| Boshqa tarmoqlarga linklar:
https://linktr.ee/ikhumoyun
| Tanlangan maqolalar:
https://bit.ly/3PBHPOM
Yandex ML School endilikda Toshkentda!
👩🎓
🤖
Agar sun’iy intellekt (AI), mashinani o‘rganish (ML) va ma’lumotlar tahlili (Data Science) seni qiziqtirsa — bu sen uchun katta imkoniyat. Yandex ML School — bu bepul, oflayn va ingliz tilida o‘qitiladigan, ikki semestrlik intensiv ta’lim dasturi.
✏️
Matematika va statistikadan tortib ML-modellar arxitekturasi va algoritmlarigacha
✏️
Sanoatdan olingan real muammolar, uy ishlari, vorkshoplar va mentorlar bilan ishlanmalar
✏️
Darslar Yandex muhandislari, yetakchi OTMlar o‘qituvchilari va ML-industriyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi
✏️
Haftasiga 20–30 soat: kechki mashg‘ulotlar, qolgani — mustaqil o‘qish
Qanday kirish mumkin?
👉
Onlayn test
👉
Sentyabrda Toshkentda yuzma-yuz suhbat
👉
Darslar oktyabr oyida boshlanadi
🗓
Arizalar 10 sentyabrgacha qabul qilinadi
❗️
Ro‘yxatdan o‘tish
@khumoyun_codes
PR Conflictlardan qo'rquv
😨
Menda bilmadim oldingi tajribam sabablimi, yoki nimanidir buzib qo'yish qo'rquvi qolib ketganligi sabablimi, PR conflictlardan qo'rqaman. Tog'ri, dasturchi uchun conflictlar kundalik hayotda uchraydigan odatiy hol bo'lib qolishi kerak, lekin mana necha yildan beri conflictlarni ko'rsam stressga tushaman. Ularni resolve qilishni bilmaganimdan emas, ishlab turgan kodni chalkashtirib yuborib keyin tog'rlay olmay qolishdan. Git bo'yicha fundamental bilimlarim yaxshi bo'lmagan paytlarda, bir necha martta o'zim yozgan kodni o'zim buzib aralashtirib ortga qaytarolmay, qaytadan kod yozganimdan keyin ushbu qo'rquv paydo bo'lgan bo'lsa kerak. Lekin hozir bunday vaziyatlarni eslasam, mana bunday qilsam bo'lmasmidi, unday qilsam bo'lmasmidi degan hayol keladi.
Hozirgi ishlayotgan loyiham monorepo, bir nechta frontend va BFF servicelar hammasi bir joyga yig'ilgan, kechki payt ishimni tugatib, ertalab kelib pull olganimda 100-150 ta commit kelgan bo'ladi, loyiha ham jamoa ham juda katta. Shuning uchun ham oxirgi paytlar gitdagi bilimlarimni ko'p sinovdan o'tkazyapman
😅
. Qo'rquvni hali oxirigacha yengolganim yo'q, lekin u bilan kurashishga harakat qilyapman, umid qilamanki u tez orada yoqolib ketadi.
Shuning uchun, stackdan qat'iy nazar, yaxshi dasturchi bo'lmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun eng asosiy fundamental bilimlardan biri, bu Gitdan tog'ri foydalana olish, u sizni ancha bosh og'riqlaringizni kamaytirishi, "o'tmishdagi xatolar"ingizni to'g'rlashga yordam berishi mumkin va dasturchi sifatida yuqoriroq darajaga olib chiqishi mumkin. Asosiysi, muammolar chiqqanda "panika" qilmasdan, tog'ri yondashuvni topib maqsadga sekin astalik bilan erishish.
Just GIT it!
@khumoyun_codes
Deyarli 8 oy davomida EPAM kompaniyasida Senior Frontend Developer bo'lib ishlidigan
Khumoyun
akaga shogirt tushdim, birinchi marta ko'rishganimda juda hayajonlanganman chunki ko’p yillik tajribaga ega dasturchilar bilan gaplashish suxbatlashish qiyin bo’sa kerak ularga nimanidir noto’g’ri gapirsam ular man haqimda yomon fikrga borsala kerak deb o’ylaganman, lekin kutganimdaka emas edi, Ko’p yillik tajribaga ega dasturchilar ham bizga o’xshagan odam ekan
😁
.
Gaplashdik, maqsad qo’ydim, shogirt tushdim, endi esa olgan “+” tomonlarimni yozib chiqaman.
Hard skills:
1. Jamoaviy ishlash ko’nikmalarini, TypeScript texnologiyasini, JavaScriptni dasturlash tilini , React texnologiyasini chuqurroq o’rgandim.
2. O’zimni Landing Pageni yorvoraman deb o’ylardim, unda ham ma’lum bir miqdorda bilimla oldim.
3. Iloji boricha ustozni networkingi orqali real proektlada qatnashdim va tajriba orttirdim.
4. Mock interviewlarga tayyorgarli zo’r bo’ldi va bu uchun
Saidabrorga
alohida rahmat.
5. Maqsadim Dasturchi bo'lib kompaniyaga ishga kirish edi, va maqsadimga erishdim
InterSoft
kompaniyasida amaliyotga qabul qilindim bu uchun esa Khumoyun akaga katta rahmat.
Bularning hammasi texnik bilim va ko’nikmalar haqida edi, endi esa muloqot va ijtimoiy ko’nikmalar haqida sanab o'tsam.
Soft skills:
1. O’zim MARS IT o’quv markazida dars beraman, Khumoyun aka Najot ta’limda dars berganlari 2x “+” bo’ldi, dars berish “падача”larni ham o’rgandim.
2. Nimadadir xato qilsam coding jarayonidami yoki ish jarayonidami o’zimga yuklatilgan ma’sulyatdan qochmasligim va xatoni tan olishim kerakligini ham o’rgandim(hozir juniorlar yoq hamma o’zini Seniorman deydiku
🤭
)
3. Juda ajoyib Networkinglar bo’ldi,
Jakhongir Rakhmonov
,
Saidabror Nizamkhujaev
,
Khamidulla Inoyatov
,
Umar Muhandis
dastruchilar bilan tanishdim fikir almashdim va Ko’p yillik tajriba egalari bilan gaplashish qo’rqinchli emas balki dunyo qarashni o’zgartirishligini anglab yettim.
4. Kun-ora soat 18:30 dagi bir chashka coffee ustida iloji boricha boshqa mavzulada(ota-onaga bo’lgan munosabat, oila qurish, rizq…) bo’lgan suxbatlar dunyo qarashni 180 gradusga burdi.
Kimgadir bu ko’nikmalarni 7,5 oy davomida o’rganish juda ko’p vaqtdir kimgadir esa kam, man uchun deyarli 8 oy juda tez o’tdi va o’rganadigan narsalarim hali ham ko'p
Imkoniyatni hech qachon qo'ldan boy bermang!
Shu paytgacha bir nechta yoshlarga tekinga zamonaviy kasb va sohalarni o'rgatadigan dasturlarda dars berdim. Raqamli Avlod, ICT4Girls, Rolling Scopes va hkz. Bularni barchasida mentorlik qilish mobaynida yaxshi tanishlar va shogirdlar orttirdim, ba'zilari bilan halizgacha aloqalarimiz mustahkam. Masalan Umar Muhandis va Elzodxon bilan ham 2019-yil Raqamli Avlodning birinchi faslida tanishgandik, undan keyin Umar bilan Najot Ta'limda ustoz va asistent, EPAMda esa hamkasb bo'lib birga ishladik.
Bunday dasturlarga ba'zilar qiziqish bildirmaydi, tekin bo'lsa sifatsiz bo'ladi, tekin bo'lsa ertaga nimadir talab qilib oladi degan noto'g'ri tushunchalar shakllangan. Lekin, hardoim ham tekin narsalar sifatsiz bo'lmaydi, aksincha bu dasturlarda ko'pincha pulga emas o'z bilimini shunchaki boshqalarga ulashish qiziq bo'lgan tajribali mutaxassislar borib dars o'tishadi (Mana masalan bittasi men desam-a?
🤭
). Bunday davlat va nodavlat tashkilotlari uyushtirayotgan dasturlar orqasida, 2 tomonlama manfaat ko'zlangan ya'ni ular sizga tekinga bilim berishadi, ertaga esa siz boshqalarga o'rgatasiz, o'zimizning milliy ustoz-shogird an'anasi.
Xullasini aytganda, ushbu postimni yozishdan maqsad
“Raqamli texnologiyalar vazirligi” va “Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kurslari”
e'lon qilgan 6 oylik bepul kurslarga siz do'stlarimni jalb qilish edi. 6 oylik kurs mobaynida siz 3D modellashtirish VFX Compositing, Animatsiya, O‘yin dizayni - GameDev asoslari va shunga o'xshash zamonaviy yo'nalishlar bo'yicha o'qishingiz mumkin.
Agar sizga qiziq bo'lsa o'z yaqinlaringizga ham ulashing va albatta bunday zo'r imkoniyatni qo'ldan boy bermang
😉
👉
To'liq ma'lumot va yangiliklarni
@creative_tech_official
dan oling.
🗂
Ro'yihatdan o'tish uchun esa
CreativeTech.uz
platformasiga o'ting.
(Bu albatta reklama emas, balki yaxshi imkoniyatlar e'loni
😊
)
@khumoyun_codes
Yandex Uzbekistan qidiruv xizmati yangilandi:
endi u o‘zbek tilidagi so‘rovlarni yaxshiroq tushunadi, kerakli ma’lumotni topadi va sun’iy intellekt yordamida muloqot qiladi
🔎
🤖
Nima o‘zgardi?
💬
Qidiruv xizmati o‘zbek tilidagi so‘rovlarni yanada aniqroq qabul qiladi, ingliz va rus tillaridagi materiallarni milliy kontekstni hisobga olgan holda tarjima qiladi va so‘rovga nisbatan qisqa va aniq javoblarni to‘g‘ridan to‘g‘ri natijalarda taqdim etadi.
🤓
Endilikda qidiruv xizmati bilan chat tarzida muloqot qilish mumkin: savolni aniqlashtirish, davomiy ravishda ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
📚
🔍
Yandex Search endi oddiy qidiruv xizmati emas, balki to‘liqqonli AI-instrumentdir.
Bu — dasturchilar, tadqiqotchilar, talabalar va bilimga chanqoqlar uchun juda foydali vosita.
@khumoyun_codes
Kuni kecha ChatGPTda Study Mode taqdim etildi. Menimcha bu gamechanger bo'lmasa ham, biron bir narsani o'rganishni, suhbatga tayyorlanishdagi, uy ishini bajarishdagi, umuman ta'lim olishda ishimizni ancha osonlashtiradi va bir qadam oldinga yurishimizga yordam beradi.
Bu modeda asosiy maqsad faqat siz so'ragan narsani aytib berish emas, ko'proq tushunishingizga va o'rganmoqchi bo'lgan narsangiz bo'yicha siz bilan suhbat qilib, savol javoblar orqali sizga o'rgatadi. O'zim sinab ko'rdim, menga juda yoqdi tog'risi. Siz ham albatta ishlatib ko'ring
https://openai.com/index/chatgpt-study-mode/
@khumoyun_codes
#vacancy
, C#,
#FullStackDeveloper
Full-Stack Web Developer (Middle Level)
Technical Skills
:
• .NET, C#,
ASP.NET
MVC
• HTML, CSS, JavaScript — with hands-on experience in Tailwind CSS and Alpine.js
• MS SQL Server, PostgreSQL
• Experience with Angular is a plus
Requirements
:
• Solid understanding of both frontend and backend development
• Ability to read and analyze Angular-based frontend code, and reimplement it in C#
Responsibilities
:
• Write clean, scalable, secure, and testable code
• Develop and maintain features, components, and modules
• Participate in software design, planning, and architecture decisions
• Troubleshoot and resolve performance issues
• Rebuild an existing Angular-based library in C#
• Migrate the current project to Docker
• Develop and optimize checkout pages of current project
• Improve site performance to achieve high PageSpeed scores
• Identify and fix usability and UX-related issues
• Stay current with modern technologies and best development practices
• Work independently and collaboratively with the team
English:
Upper Intermediate
Russian:
Upper Intermediate
Conditions:
• full-time, work at office
• 8 hours/day, 5 days/week
Salary:
• starting from $1000 (negotiable)
If interested, please contact:
+998903210892
@alishermakhmudov_com
AEM
Yangi kirgan loyihamda Adobe Experience Manager ishlatishar ekan, u nima desak, AEM bu CMS (Content Management System) huddi WordPress kabi. Bir biriga deyarli bog'lanmagan komponentlar yaratamiz va uni hohlagan paytimiz hohlagan joyimizga qo'shib olsak bo'ladi. Bu bir tomondan qiziq bo'lsa, ikkinchi tomonlama o'ziga yarasha muammolarni olib kelar ekan. Ya'ni barcha componentlarni mustaqil tog'ri ishlashini taminlay olish kerak va shuni doimo esdan chiqarmasdan qurish kerak.
Undan tashqari, loyihamiz monorepo, ya'ni bir nechta loyihalar bitta qilinib, bir repositoryga yig'ilgan. Loyihaga kuniga 40-50 ta PRlar keladi, hardoim kimdir yangi nimanidir qo'shgan, shuni biz o'zimizda ham update qilib olishimiz kerak. Umuman olganda menga bu yondashuv yoqmadi, yana bilmadim, AR-XI-TEK-TORlar shunday qaror qilishgan ekan men kelgunimcha, nimayam derdik, ko'nib ishlab yuribmiz. Lekin o'rganishga yangiliklar ko'p, hardoimgidek
😉
Qiziq bo'lsa AEM haqida o'zingiz ham o'qib ko'ring, ajoyib narsa, kimningdir businessiga yoki maqsadlariga balki tog'ri kelib qolar.
Ha aytgancha Arxitektura deganda, Josh Frontend architecture bo'yicha kurs ochayotganakan, balki kimgadir qiziq bo'lar:
https://t.me/vector_academy_uz/87
@khumoyun_codes
Har gal men qaytdim, endi zo'r postlarni tindirmasdan yozaman deb kelganimdan keyin yana yo'q bo'lib qolsam, o'zimni shu Asteriks va Obeliks filmidagi qaroqchilarga o'xshataman, "biz yana kemadamiz" deb turib, keyin yana kemasiz qoladigan
😅
Filmni ko'rganlar hazilni tushunishdi menimcha.
So, what's up? Nima yangiliklar?
- Yangi loyihadaman, loyihamning yo'nalishi "car rental", afsuski nomini ayta olmayman, lekin kompaniya AQSHniki
- HAADda o'qishlarimni davom ettiryapman, bash scriptlar yozish bo'yicha ancha tajribam oshdi, o'zim web-dasturlash jarayonida ishlatadigan CLI toollarni ichidan tushunishni boshladim.
- EPAMga odamlarni orada ko'p refer qildim, offer olguncha yetib borganlar ham, yetmaganlar ham ko'payib qoldi. Harakatlar yaxshi.
- Ofisda shogirdlar ko'paydi, joylar to'ldi. Asosiysi shogirdlarim bilan olg'a qadam qo'yib ketmoqdamiz.
Yana mabodo yo'q bo'lib qolsam hayron bo'lmang, shunchaki kemam cho'kayotgan bo'ladi, cho'kmasa yangi foydali postlar chiqib qolar
😉
P.S. Shu postdan keyin kanaldan chiqib ketganlarni telegrami o'chib qolsin
😂
@khumoyun_codes
Daromadli kasblarni
uzbekcoders.uz
orqali bepul oʻrganing
✅
Bugungi raqamli asrda zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish imkonini beruvchi bir qator tashabbuslar mavjud. Quyidagi loyihalar yoshlarga IT, xorijiy tillar, marketing, data science, kiberxavfsizlik kabi sohalarda bepul ta’lim olish imkonini taqdim etmoqda:
💡
Al-Xorazmiy vorislari
(oflayn)
Dasturlash, ingliz tili, BPO, Game development yoʻnalishlarida bepul darslar.
💡
Bir million o‘zbek dasturchilari
(onlayn)
Coursera platformasidagi kurslarda bepul tahsil olish imkoniyati.
💡
ITstudy.uz
(onlayn)
Xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM yoʻnalishlarida bepul darslar.
💡
Kiberxavfsizlik kursi
(onlayn)
Tobora rivojlanayotgan dunyoda maʼlumotlar va shaxs xavfsizligini bepul oʻrganish imkoniyati.
💡
IT-shaharcha
(oflayn)
Chekka hududlardagi 7-11 sinf oʻquvchilariga raqamlashtirish va xorijiy tillarni bepul oʻrgatishga qaratilgan loyiha.
💡
School 21
(oflayn)
18 yoshdan oshgan barcha IT yoʻnalishida tahsil olishni xohlovchilarga dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati.
💡
Mirzo Ulugʻbek vorislari
(oflayn)
Oliy ta’lim talabalari uchun “Data Science” yo’nalishida bepul tayyorlav kurslari taqdim etishga qaratilgan loyiha.
💡
IT-iste’dod
(onlayn)
Xalqaro IT sertifikatga ega yoshlarning sertifikat olish hamda oʻqishga sarflagan xarajatlarni kompensatsiya qilishga qaratilgan loyiha.
💡
Bilgi.uz
(onlayn)
Raqamli dunyoning yetakchi kasblariga oʻqishingizga maqsadli qarz berishga qaratilgan loyiha.
➡️
Batafsil maʼlumot uchun
havola
.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin