
Khumoyun Codes
PHP’da ikkita jiddiy zaiflik aniqlandi!
CVE-2026-109618
va
CVE-2026-109619
zaifliklari PHP2Shell nomini oldi.
Ushbu zaifliklar orqali xakerlar ayrim PHP serverlariga masofadan turib hujum qilishi va zararli kodlarni ishga tushirishi mumkin. Shu sababli internetdagi millionlab veb-saytlar xavf ostida bo‘lishi mumkin. Eng xavfli tomoni, ayrim holatlarda buning uchun tizimga kirish yoki parolni bilish ham shart emas. Muammo PHP’ning o‘zida bo‘lgani sababli, WordPress yoki Laravel kabi texnologiyalarda ishlaydigan loyihalar ham xavf ostida bo‘lishi mumkin.
Agar saytingiz PHP’da ishlasa, uning versiyasini tekshirib, xavfsizlik yangilanishlarini o‘rnatish tavsiya etiladi.
Va bundan keyin umuman PHP ishlatmang
😅
P.S. PHPni yonini oladiganlar, qarab qo'ymaysilarmi?!
🙂
Manbaa:
https://www.bankinfosecurity.com/attackers-exploit-leaked-zero-day-flaws-in-widely-used-php-a-33161
@khumoyun_codes
Kecha Instagramda bitta videoga ko'zim tushdi. Har bir yangi chiqqan modeldan keyin, u haqida jar solib, vahima qilib, "Endi aniq pishdik" deydiganlarni shu videodagi odamlarga o'xshataman.
Ha balki pisharmiz bir kun, FOMO uyg'otishdan lekin nima foyda? :)
P.S. Shunaqa deymanku, lekin o'zim ham qo'ldan kegancha ishlataman. Men ham AI so'zini kanalimni oldiga qo'yib olib, post yozishni boshlasammikin a?
🤔️
️️️️️
@khumoyun_codes
Khumoyun Codes
pinned a photo
AI yordamida motion grafika orqali video qilishga harakat qilib ko'rdim. Hech qanday, skills, mcp, tools va boshqalarsiz. Shunchaki Claude va ChatGPT orqali. Animatsiya, Cover, matn AI orqali yozildi va ozgina "customize" qilindi. Ovozni esa o'zim yozdim,…
Do'stimiz
Shodiyor
Phillips kompaniyasi dasturiy ta'minotidan zaiflik
topibdilar
. Bu oddiy lampochkalardan tortib, MRTlargacha ishlab chiqaridgan Niderlandiya kompaniyasi mahsulotlaridan bir necha yuz millionlab odam kundalik hayotida foydalanadi. Bu yutuq bilan ularni tabriklaymiz
👏
Bunday zaifliklarni topib to'g'irlash siz va bizga qanday foyda beradi deydigan bo'lsak, kecha yakshanba kuni Daniyaning Denfoss kompaniya qurilmalariga bo'lgan xakerlik hujumi sababli, Fransiyadagi katta supermarket tarmog'i bo'lgan Intermarche do'kon va omborlariga o'rnatilgan muzlatgichlar ishdan chiqarilgan. Mahsulotlar saqlanadigan joylardagi harorat +50 darajagacha ko'tarilib, mahsulotlar aynib qolgan. Shu sababli, kompaniya millionlab yevro zarar ko'rgan, mahalliy aholi esa oziq-ovqat bilan ta'minlanishida muammolarga uchragan (
Manba
)
Deylik, bunday xujumga muzlatgich emas, MRT, Rentgen aparati yoki shunga o'xshash qurilmalar infratuzilmasi uchrasa, g'araz maqsadli xakerlar, begunoh insonlarni hayotiga xavf tug'dirishi mumkin. Dasturiy ta'minot ishlab chiqarish kundalik hayotimizga qanchalik foyda olib kelsa, ulardagi xavfsizlik masalasi bu foyda zararga aylanmasligiga yordam beradi. HAADda o'qiganimda ham bunday caselarni bir nechtasi qanday holatlarga olib kelgani haqida o'rganganmiz. Shuning uchun ham, bu yuqoridagi yutuq faqat qaysidir kapitalistik korporatsiyaning foydasi uchun emas, sizu-bizga o'xshagan insonlarni foydasiga ishlaydi endi.
@khumoyun_codes
Jakhongir aka (
@JR_TwitGram
) tavsiya qilgan qo'shiqni eshitib, ma'nosiga e'tibor beringlar, ko'zimga yosh keldi eshitib
😢️
️️️️️
https://www.youtube.com/watch?v=3TNpOD6bov8
@khumoyun_codes
Ustoz va murabbiylar kuni bilan!
Hamma sizga dars bergan odamlar ustoz bo'la olmaydi, hamma ustozlar ham bu nomga loyiq emas. Lekin oralarida shundaylari borki, sizning hayotingizda tubdan burilish bo'lishiga yordam beradi. Bu qatorga men ota-onam va akalarimni qo'shmaganimda, 2 kishini doimiy esga olaman. Biri Ingliz tilidan menga dars bergan Shahnoza Aliyeva ismli ustozimni, ikkinchisi dasturlashda meni zo'rg'a emaklab yurganimda oyoqqa turishimga yordam bergan ustozim Maqsud aka Karimovni. Ikkovlari ham menga ilmda qa'tiyatli bo'lishni, shunchaki o'rganmaslikni va bu oson bo'lmagan ishda quntli bo'lishni o'rgatib, kerakli vaziyatlarda doimo suyab turishgan. Vaziyatdan foydalanib bu ustozlarimga, siz do'stlarim oldida rahmat aytmoqchiman!
@khumoyun_codes
Reasoning
Kuni bo'yi o'tirib, ochgan PRimda 50 qator code o'zgarpti, logika bo'yicha o'zgarishlar juda kam, asosan fixlar UI bo'yicha. O'ylanib qoldim, shunchagina ish qildimmi deb, agar kod bo'yicha ish tekshirilsa kuni bo'yi ish qilmagandek bo'lib chiqyapman. Ammo, asosiy ish "investigation", ya'ni izlanishda bo'ldi. Qarasam, kuni bo'yi faqat ma'lumot to'plab xulosa yozibman, nega bu narsa PRODda ishlamayapti, DEVda ishlayapti, nega buni Frontendda qilib bo'lmaydi, UI-KIT ga shong'ish kerak va hkz. Dasturchi-Muhandis uchun eng muhim ko'nikmlardan biri ham shu, ya'ni "reasoning", faktlarni, dalillarni to'play olish va ulardan tog'ri xulosa chiqarib jamoa a'zolariga taqdim eta olish. Albatta, reasoningdan tashqari muloqot ko'nikmalari ham yaxshi bo'lish kerak, dalil va xulosalarni yig'ib hamkasblarni ko'nglini og'ritib qo'ymasligingiz uchun
😄
Keyingi safar ishni frontenddan, backendga, backenddan frontendga o'tkazayotganingizda bilingki, siz ishdan qochmayapsiz yoki urishqoq emassiz. Sizni shunchaki reasoning ko'nikmalaringiz yaxshi
😌
P.S. AI davrida, biron bir ishni qo'lda qilib xursand bo'lyapman, oldin biron bir ishni AI orqali qildirib xursand bo'layotgandim. Qiziq holat.
@khumoyun_codes
AI yordamida motion grafika orqali video qilishga harakat qilib ko'rdim. Hech qanday, skills, mcp, tools va boshqalarsiz. Shunchaki Claude va ChatGPT orqali. Animatsiya, Cover, matn AI orqali yozildi va ozgina "customize" qilindi. Ovozni esa o'zim yozdim, uni ham qandaydir automate qilishga yechimlar bor ekan, lekin hali hom. Agar barcha hozirgi zamonaviy toolset ishlatilinsa, natijalarni juda daxshat chiqsa kerak. Higsfield, remotion, nano banana va hkz lar, tushunmayman tog'risi oxirigacha, lekin juda qulay. Chegara shunchaki sizni boshingiz va cho'ntagingiz bo'lib qoldi hozir. Qolganini hammasini imkoni bor.
Menimcha motion grafikali video qilish hech qachon bundan oson bo'lmagan.
@khumoyun_codes
MyGovda tavsiya etilayotgan vakansiyalar beruvchi algoritmning, AI kelajagining bizni soha haqida tahminlari salbiymi deymanda
🤨
🤨
🤨
#joke
#maybeNot
@khumoyun_codes