
Birga kitob o‘qiymiz
☝️
Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash
Kanal muallifi:
@izzatxoja_asomiddinov
🤝
Reklama uchun:
@hamkoradmin
#tafakkur
🟣
Boyliklarning eng ustuni aqldir.
🟣
Nochorlikning eng buyugi ahmoqlikdir.
🟣
Qo'rquvlarning eng qo'rqinchlisi manmanlikdir.
🟣
Avlodlar uchun eng yaxshi meros esa go'zal xulqdir.
❤
Kitobxonyoshlar
–
Sahifamizga obuna bo'ling
🟢
1. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak.
🟢
2. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam.
🟢
3. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak.
🟢
4. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi.
🟢
5. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz?
🟢
6. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik.
🟢
7. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz.
🟢
8. Hech qachon
hukumat bilan tijorat qilmang.
🟢
9. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang.
🟢
10. Agar sizlar kichik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas.
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
❤
Kitobxonyoshlar
–
Sahifamizga obuna bo'ling
📽
Eron kinosidan lavha.
Kambag‘al bir odam, pulsiz, nochor holatda non o‘g‘irladi. Sotuvchi ko‘rib qoldi va to‘xtatdi.
➡️
Yonida turgan qizi
so‘radi: Nima bo‘ldi?
↪️
Sotuvchi: Hech narsa, otang pulini yoddan chiqaribdi.
↪️
Ikkinchi sotuvchi esa: To‘xtab turinglar, sizlar olgan bir qop guruchingiz esdan chiqibdi.
☝️
Xulosa: Biz odamlarni davolashga hissa qo‘shaylik, jazolashga emas
...
❤
Kitobxonyoshlar
–
Sahifamizga obuna bo'ling
🗣
“Mustaqillik” viktorinasining test ishlash jarayonlari rasman boshlandi!
☑️
Testni boshlash uchun
@bilimtanlovbot
botiga kirasiz, yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan
“Testlarni ishlash”
tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.
Viktorina g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi
:
🏆
GranPri (3 nafar) – Smartwatch + Quloqchin;
🥇
1-o‘rin (3 nafar) – Smart RGB, LED kalonka;
🥈
2-o‘rin (3 nafar) – Smatwatch 10;
🥉
3-o‘rin (3 nafar) – Quloqchin Pro Max.
Tanlovda naq 12 nafar g‘olib aniqlanib, taqdirlanadi. O‘rin ololmaganlarga esa elektron sertifikat beriladi.
❓
“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi sertifikati qachon beriladi?
✅
Tanlovning final bosqichi 6-sentyabr kuniga belgilandi, final yakunlanib, g‘oliblar aniqlangach, 8-sentyabr kuni soat 17:00 ga qadar QR kodli elektron sertifikatlar beriladi.
❓
Sertifikat kimlarga beriladi?
✅
Tanlovning test ishlash jarayonida ishtirok etib, hech bo‘lmaganda 1 ball olgan ishtirokchilarning hammasiga sertifikat beriladi. Test ishlamagan ishtirokchilar sertifikat ololmaydi.
❓
Sertifikatni qanday olish mumkin?
✅
Sertifikatlarni siz test ishlagan
@kitobtanlovbot
ning o‘zidan yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi. Qanday qilib yuklab olishni, 8-sentyabr kuni tushuntiraman.
❓
Sertifikat o‘zi qayergadir o‘tadimi?
✅
Mazkur sertifikat QR kodli bo‘lib, uni soxtalashtirish imkonsiz. Ushbu sertifikat ijtimoiy faollik uchun, yoki biror tanlov, davlat mukofotlari, stipendiyalarga hujjat topshirayotganda taqdim etilishi mumkin.
🔖
Bu sertifikat ishga kirishga, chet elga sayohatga borishga, bankdan pul olishga, avtobusdan tekinga foydalanishga o‘tmaydi. Biroz o‘zimiz ham fikr yuritaylik!
✈️
Kitobxonyoshlar
–
Sahifamizga obuna bo‘ling
🚤
QAYIQ
Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida
“niyat”,
ikkinchisida esa
“harakat”
deb yozilgan ekan.
➡️
Qayiqqa chiqqan odamlar bu yozuvlar sababini so‘rasa, qayiqchi shunday javob berar ekan: “Agar men faqat
“niyat”
deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agar faqat
“harakat”
deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi.
Agar ikkalasini birgalikda aylantirsam, qayiq manzilga yetadi.
Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetolmaydi. Maqsadga yetish uchun “niyat” va “harakat” birdek harakatlanishi lozim”.
✈️
Kitobxonyoshlar
–
Sahifamizga obuna bo‘ling