
Birga kitob o‘qiymiz
✈️
2001-yil 11-sentyabr. AQSH hududida insoniyat tarixidagi eng yirik terroristik hujumlardan biri amalga oshirilganiga bugun 25 yil to‘ldi.
O‘sha kuni “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqador 19 nafar shaxs to‘rtta yo‘lovchi samolyotini egallab oldi.
✈️
Ulardan ikki nafari Nyu-York shahridagi Jahon savdo markazining egizak minoralariga kelib urildi. Kuchli yong‘in va vayronagarchilik oqibatida oradan ko‘p vaqt o‘tmay har ikki osmono‘par bino qulab tushdi.
✈️
Uchinchi samolyot AQSH Mudofaa vazirligi qarorgohi – Pentagon binosiga kelib urildi.
✈️
To‘rtinchi samolyot – United Airlines 93-reysi esa yo‘lovchilarning samolyotni egallab olgan terrorchilarga qarshilik ko‘rsatishi ortidan Pensilvaniya shtatidagi dala hududiga qulab tushdi. Samolyotdagi barcha insonlar halok bo‘ldi.
♦️
11-sentyabr terrorchilik hujumlari oqibatida qariyb 3 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, minglab insonlar jarohatlandi.
Qurbonlar orasida nafaqat AQSH fuqarolari, balki dunyoning ko‘plab davlatlari vakillari ham bor edi. Egizak minoralarning qulashi tasvirlari butun dunyo bo‘ylab jonli efir orqali namoyish etildi va millionlab insonlar ushbu fojiani real vaqt rejimida kuzatdi.
🕊
Kitobxonyoshlar
◀️
obuna bo‘ling
👦
Eng “yosh” kutubxonachi
Dunyoda kutubxona faqat katta binolar yoki katta yoshdagi mutaxassislar bilan bog‘liq emas. Bunga eng yorqin misollardan biri – atigi 7 yoshli bolakaydir
U o‘zining kichik shaharchasida qo‘shni bolalar uchun bepul
“ko‘cha kutubxonasi”
tashkil qilgan. Bolakay kitoblarni tartib bilan joylashtirib, ularni boshqalarga muntazam va bepul tarqatish tizimini yo‘lga qo‘ygan
Bu oddiy tashabbus emas – bu kitobga bo‘lgan muhabbat va bilimni ulashish madaniyatining erta yoshdan shakllanishidir. Kutubxonachi bo‘lish uchun diplom emas, balki mas’uliyat va kitobga mehr kerak
🕊
Kitobxonyoshlar
◀️
obuna bo‘ling
📚
Usoma Muslimning “Binafsha shulasi” kitobidan kitob haqidagi iqtiboslar:
👉
Mutolaa – haqiqiy olamdan hayol olamiga sho‘ng‘ishdir!
👉
Kitobni kim yozganiga, uning mazmuniga e’tibor berganchalik diqqat qaratma.
👉
Ishonamanki, har qanday kitob, mazmunidan qat’i nazar, o‘zida bir yaxshi jihatni namoyon qiladi, lekin uni ko‘ra olish o‘quvchining o‘ziga bog‘liq.
👉
Kitoblar o‘g‘irlanmaydi, ular hayolingizni o‘g‘irlaydi.
👉
Haqiqiy hayot bilan kitoblar orasida muvozanatni ushlashni o‘rganish kerak.
👉
Kitobning qadri varaqlari bilan emas, mazmuni bilan o‘lchanadi.
🕊
Kitobxonyoshlar
◀️
obuna bo‘ling
Atrofingizni kuchlilar bilan o‘rang
Inson ko‘pincha o‘zi eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan insonlarga o‘xshab boradi. Shu sababli atrofingizdagi muhit va do‘stlar davrasi kelajagingizga bevosita ta’sir qiladi.
‼️
Kuchli insonlar bilan bo‘lishning foydasi
: ular sizni yangi marralarga undaydi, dunyoqarashingizni kengaytiradi va maqsadlaringiz sari qat’iy qadam tashlashga ilhomlantiradi. Yuksak maqsadli insonlar orasida bo‘lish o‘sishni tezlashtiradi.
‼️
Noto‘g‘ri muhitning zarari:
doimiy shikoyat qiladigan, maqsadsiz yoki sizni ortga tortadigan insonlar vaqt o‘tishi bilan motivatsiyangiz va ishonchingizni pasaytirishi mumkin. Muhit insonning fikrlashi va odatlariga sezilmas darajada ta’sir qiladi.
‼️
Hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, avvalo atrofingizni o‘zgartiring. Sizni oldinga undaydigan, maqsadi bor va energiyasi yuqori insonlar bilan birga bo‘ling.
🕊
Kitobxonyoshlar
◀️
obuna bo‘ling
🗣
Olim bo‘lish uchun
➡️
Bir o‘smir yigit olimdan so‘radi: –
Ustoz, sizday donishmand bo‘lish uchun nima qilishim kerak?
‼️
Donishmand javob bermadi. O‘spirin uning ortidan bir necha kun tinimsiz ergashib yurdi, savolini takrorlayverdi.
↪️
Nihoyat olim unga «Ortimdan yur!» degan
ishora berdi-da, daryoga boshlab bordi. Suvga tushishdi. Shu payt
donishmand o‘smirning yelkasidan qattiq tutib, suvga botirdi.
Bola bechora qutilishga ming chiranmasin, uddasidan chiqolmadi. Ozroq vaqt o‘tgach, olim uni qo‘yib yubordi. O‘smir o‘pkasini to‘ldirib-to‘ldirib nafas oldi, birozdan so‘ng sal o‘ziga keldi.
↪️
Shunda ustoz so‘radi: – O‘g‘lim, suvda dimiqib turgan payting
eng ko‘p istagan narsang
nima bo‘ldi?
➡️
Havo! Faqat havo olishni xohladim! – dedi o‘spirin entikib.
↪️
Uning o‘rniga boylikmi, ko‘ngil ochishmi, kuch-qudrat yo sevgi-muhabbatmi istamadingmi? – deb so‘radi donishmand.
➡️
Aslo! Nafasim tugab, bo‘g‘riqib ketdim, faqat havo olishnigina istadim, – dedi o‘smir shosha-pisha.
↪️
Olim bo‘lish uchun, bo‘talog‘im, – deb so‘zida davom etdi ustoz, – xuddi ana shunday xohish kerak. Sen boshqa maqsadlarni chetga surib, faqat shu yo‘lda harakat qilishing lozim. Bu maqsad kechayu kunduz xayolingni band etishi zarur. Agar
olimlikka shunday g‘ayrat bilan intiladigan bo‘lsang,
niyatingga albatta yetishasan!
🕊
Kitobxonyoshlar
◀️
obuna bo‘ling