
Konchilik ishi (горное дело)
Barchasi konchilikka oid
👷
👷
👷
Murojaat uchun:
@Bexzod_Xabibullayev
⛏️
Не пропустите MiningMetals Uzbekistan 2025!
Главная площадка для горнодобывающей и металлургической отрасли в Узбекистане!
📅
28–30 октября 2025
📍
НВК «Узэкспоцентр», Ташкент
⚡️
Станьте частью будущего индустрии — зарегистрируйтесь уже сегодня -
https://bit.ly/miningmetalsru
_________________
⛏️
MiningMetals Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang!
O'zbekistonda tog'-metallurgiya sanoati uchun asosiy platforma!
📅
2025 yil 28–30 oktyabr
📍
"O'zekspomarkaz" MKK, Toshkent
⚡️
Sanoat kelajagining bir qismiga aylaning - bugun ro'yxatdan o'ting -
https://bit.ly/miningmetalsuz
🌍
Dunyoning gigantlari
🔹
North Antelope Rochelle (AQSh, Wyoming)
– Dunyodagi eng katta ko‘mir koni. Zaxirasi 1,7 mlrd tonnadan ortiq. Har yili yuz millionlab tonna ko‘mir qazib olinadi.
🔹
Black Thunder (AQSh, Wyoming)
– 1977-yilda ishga tushgan. Yillik ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri.
🔹
Cerrejón (Kolumbiya)
– Janubiy Amerikaning eng yirik ochiq ko‘mir koni. 69 ming gektar maydonni egallagan.
🇺🇿
O‘zbekistondagi yirik konlar
🔹
Angren koni (Toshkent viloyati)
– Markaziy Osiyodagi eng katta ochiq konlardan biri. Zaxira hajmi 1,8 mlrd tonna atrofida.
🔹
Sharg‘un koni (Surxondaryo)
– 1930-yillardan beri ma’lum. Hozirgi zaxiralari ~33 mln tonna.
🔹
Boysun-Sharg‘un havzasi (Surxondaryo)
– Umumiy aniqlangan ko‘mir zaxiralari 143,4 mln tonnani tashkil etadi.
🔹
Farg‘ona havzasi
– Zaxirasi 80 mln tonnadan ortiq bo‘lgan ikki qatlamli kon.
📊
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” AJ yiliga 6 mln tonnadan ortiq ko‘mir qazib chiqarmoqda.
🔎
Qiziqarli faktlar
Angren konida ko‘mir qatlamining qalinligi ba’zi joylarda 180 metrga yetadi.
Sharg‘un konida Sovet davridan beri shaxtalar ishlagan, hozirda zamonaviy qayta tiklash loyihalari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda ko‘mirning asosiy qismi energetika va maishiy isitishda ishlatiladi.
📌
Xulosa
Ko‘mir – hali ham iqtisodiyotning tayanch yoqilg‘isi. O‘zbekiston konlari nafaqat ichki ehtiyojni qoplash, balki eksport salohiyatini oshirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
@konchilik_uz
Eng katta ko‘mir konlari: Dunyo va O‘zbekiston
Ko‘mir – insoniyat tarixida eng qadimiy yonilg‘ilardan biri. Bugungi kunda ham u elektr energiyasi ishlab chiqarishda muhim manba bo‘lib qolmoqda. Qani, dunyo va yurtimizdagi eng yirik konlarga nazar solamiz!
@konchilik_uz
🚜
Karyer gigantlari: KrAZdan BelAZgacha!
🚜
Konchilik sanoatida samaradorlik — to‘g‘ri avtosamosval tanlashdan boshlanadi. Bu texnikalar oddiy mashina emas, balki tog‘-kon ishlarining yuragidir.
🔎
Keling, asosiy modellarga nazar solamiz:
KrAZ-256B – 10 t, tezkor va ixcham, kichik karyerlar uchun.
BelAZ-540 / 548 – 27–40 t, o‘rta hajmli karyerlarda eng ko‘p qo‘llaniladi.
BelAZ-7549 – 80 t, haqiqiy “mehnatkash ot”, 770 kVt kuch, yonilg‘i sarfi 350 l/100 km.
BelAZ-7519 – 110 t yuk ko‘taradi, 955 kVt dvigatel quvvati.
BelAZ-7520 – gigantlarning giganti: 180 t yuk, 1690 kVt quvvat, 90 m³ kuzov hajmi.
⚡
Qiziqarli fakt:
BelAZ-7520 kuzovi 90 m³ bo‘lib, 12 m³ chelakli ekskavator bilan atigi 8 passda to‘ladi.
👉
Demak, kichik karyerdan tortib eng yirik konlargacha — har birining o‘ziga mos texnikasi bor.
💬
Sizningcha, qaysi BelAZ haqiqiy “karyer qiroli”? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!
👇
@konchilik_uz
#konchilik
#texnika
#BelAZ
#KrAZ
💰
Davlat byudjetiga eng ko'p kim soliq to'laydi?
💵
💵
@konchilik_uz
🌍
O‘zbekistonda nechta kon borligini bilasizmi?
🤔
🤔
🤔
@konchilik_uz
📢
E’LON
Olmaliq KMK Muhandislik maktabi argon payvandlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan fuqarolarni ishga taklif etadi.
🔹
Suhbat sanasi: 12-avgust
🔹
Vaqti: soat 10:00
🔹
Manzil: Olmaliq shahri. Muhandislik maktabi
Ishga qabul qilish uchun 40 nafar payvandchi (yarim avtomat va qo‘lda payvandlash uskunasida ishlay oladigan) talab qilinadi.
📞
Murojaat uchun:
Ibrohim Tursunboyev – +998 93 110 82 82
❗
Ishga kirish istagidagi barcha payvandchilar suhbatga kelishlari so‘raladi.
@konchilik_uz
💣
Vaqea tafsiloti:
Kon ichidagi chiqindi (tailings) to‘g‘oni o‘pirilib tushdi, natijada 60 million kub metr zaharli loy oqimi 700 km masofaga tarqaldi.
➡️
19 kishi halok bo‘ldi
➡️
To‘liq bir qishloq – Bento Rodrigues xaritadan yo‘q bo‘ldi
➡️
Atrof-muhitga yetkazilgan zarar Amazon havzasigacha yetib bordi
🛑
Sabab nima edi?
To‘g‘on loyihasida konstruktiv xatoliklar
Suv darajasi ustidan real vaqtli nazorat yo‘qligi
E’tiborsiz monitoring
📉
Natija:
Samarco va uni boshqaruvchi Vale kompaniyasi milliardlab dollar tovon to‘lashga majbur bo‘ldi
Bu voqea Braziliya tarixidagi eng yirik ekologik fojia deb e’tirof etildi
❗️
Nega bu voqea muhim?
🔍
Bu fojia raqamli nazorat tizimlari (IoT, datchiklar, real vaqtli monitoring) bo‘lganida oldini olish mumkin edi.
📡
Bugungi texnologiyalar xavfli zonalarni oldindan aniqlash imkonini beradi.
❓
Siz nima deb o‘ylaysiz?
Bunday avariyalar O‘zbekistonda yuz berishi mumkinmi?
Sizningcha, qanday choralar ko‘rish kerak?
📝
Fikringizni komentda yozing — eng yaxshi izohlar keyingi postlarda e’lon qilinadi!
@Konchilik_uz
💥
DUNYODAGI ENG KATTA KONCHILIK FOJIALARIDAN BIRI
🏞
Bento Rodrigues halokati – Braziliya, 2015 yil
🗓
Sana: 5-noyabr, 2015
📍
Joylashuv: Samarco temir rudasi koni, Minas-Jerais shtati, Braziliya