Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

LIDERLAR

liderlar1

Ҳақиқий лидер - янги лидерни кашф қилади! Отабек Хасанов Фикрларингизни шу ерга жўнатинг

Subscribers
19 300
Post views
4 811
ER
24,8%
Posts
9 891
July 24, 14:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

July 24, 14:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

July 24, 09:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.
#xalqchildavlat
@chinovnik_official

July 24, 07:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Навбат
Шифокор кириб келаркан навбатдагиларга бир қараб қўйди.
Кўзи энг чеккадаги столда қимтинибгина ўтирган кекса аёлга тушди.
Индамай хонага кириб кетди. Орқасидан чиққан ҳамшира
—Ҳеч ким кирмай турар экан! —деди кейин тўғри кекса аёлнинг олдига  бориб,  эгилиб қулоғига нимадир деди.
Аёлнинг юзи ёришиб кетди. Ҳамшира уни қўлтиқлаганча врач қабулига олиб кира бошлади. Оломон шовқин кўтарди.
—Нега навбатсиз олиб кириб кетяпсиз?! —деди семизлигидан ҳарсиллаб нафас олаётган аёл
— Ҳозир менинг навбатим!—дея чийиллади озғини.
—Нима бу аёлнинг шохи борми? Мен ҳам кексаман,-деди бир эркак.
Охири эшик очилиб, шифокорнинг ўзи кўринди. У ҳамшира етаклаб келаётган аёлнинг қўлидан тутиб, салом берди.
—Ассалому алайкум! Кейин беморларга қараб
— Мактабда ўқитган устозимни навбатсиз кўриб
қўйишимга рухсат беринглар!-дея илтимос қилди.
Одамлар жим бўлиб қолган, икки томонга ўтиб жонли йўлак ҳосил қилганча УСТОЗга йўл бўшатиб бера бошлаганди.
Феруза Салходжаева

July 24, 04:41
Media unavailable
3
Show in Telegram

Hurmatli Prezidentimiz!
Tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Millat ma’rifati, xalq ma’naviyatini yuksaltirish mas’uliyatini o‘ziga olish - saodatli ish, jasoratli qadam.
Davlatimiz rahbari bu yo‘lda tom ma’noda millat yetakchisi. Mamlakatda ilk bor Prezidentimiz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi bo‘ldi.
Bu milliylik, qadriyatlarni qadrlashni yangi bosqichga ko‘tarish, asrash, kelgusi avlodga yetkazishda muhim qaror bo‘ldi.
Samimiy, ochiq ko‘ngil xalqimiz bilan suhbatda ular o‘zgarishlarning o‘zagi aynan Prezidentimizning xalqchil siyosati ekanini tez-tez takrorlaydi, hayotlari misolida aytib beradi.
Qaysidir manzillarda yillar davomida o‘z vatanida begonadek yashab, yangi davr tufayli uning bir bo‘lagiga, fuqarosiga aylangan insonlarning quvonch ko‘z yoshini ko‘ramiz. Qay bir hududda yaxshi qo‘shnichilik siyosati sabab yon qo‘shni mamlakatda yashaydigan jigarlari bilan diydor ko‘rishayotganlarning xursandchiligi bor.
Eng ko‘p eshitganimiz, ota-onalarning so‘zlari. Hammasi farzandlari bilan bog‘liq. Kimdir bog‘cha qamrovi oshganini aytsa, kimdir farzandining talaba bo‘lish imkoniyati kengayganidan xursand.
2017-yilda maktabgacha ta’limda qamrov darajasi 30 foizdan kamroq bo‘lgan bo‘lsa, bu yilga kelib bu ko‘rsatkich 75 foizdan oshdi.
O‘zbek desa – paxta, paxta desa – o‘zbek tushuniladigan qora kunlarni ko‘rdik. Afsuski, bundan tezda xalos ham bo‘lmadik. Eng yomoni ta’lim paxta dalasida qurbon qilindi.
Shu sabab paxta mahsulotimizni 300 dan ortiq xalqaro brend va riteylerlar boykot qilgan edi. Kuchli siyosiy iroda sabab xalqaro boykot bekor qilindi. Bu xalqimiz uchun tarixiy voqea bo‘ldi.
Ziyolilarning esa o‘tmish xatosini to‘g‘irlashdek dilida armon, tilida afsus ko‘p edi. Janob Prezident jasorati bilan tarixiy adolat tiklandi.
2021–2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlandi.
Xalq manfaati oddiygina plastik kartadagi o‘z pulini yana pul berib, naqd qilib olishi, valyuta konvertatsiyasidayoq paymol bo‘lar edi. Bu nohaqlikka chek qo‘yildi, xalqning peshona teri bilan topganiga baraka kirdi. Tadbirkorning faoliyati rivojlandi, erkin biznes muhiti paydo bo‘ldi.
Qayta tiklanadigan energiya sohasidagi transformatsion o‘zgarishlar mamlakatni Markaziy Osiyoda ushbu sohadagi yetakchi davlatga aylantirdi.
Bu kabi erta emas, bugun xalq farovon yashashiga zamin bo‘layotgan o‘zgarishlar ko‘p. Eng muhimi, bu o‘zgarishlar to‘xtamasligi, ortga qaytmasligiga esa mamlakat yetakchisining siyosiy irodasi tufayli ishonch baland, ko‘ngil to‘q.
Hurmatli Prezidentimizga bu yo‘lda mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, kuch-g‘ayrat tilab qolamiz.
Biz esa ular bilan birga, yelkama yelka shu Vatan taraqqiyoti, xalq baxti, farzandlar kamoli yo‘lida xizmat qilishdan doim shodmiz.
Zero, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun barchamiz birlashsak, yuksak marralarga yetamiz!
@otabek_khasanov

July 23, 09:38

#Yaxshi_bir_kitob_xaqida
🔰
Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida
:
📘
"Man's Search for Meaning" (o‘zbekcha: “Ma’noli hayot sari izlanish”)
✍️
Muallif:
Viktor E. Frankl
📅
Yil:
1946
, Janri:
Avtobiografiya, psixologiya, falsafa
🧩
Kitob haqida qisqacha:
Bu kitob — Franklning natsistlar konsentratsiya lagerlarida boshidan kechirgan daxshatli voqealari va u yerda odam ma’nosiz azobga qanday ma’no topishga uringani haqida hikoya. U inson ruhiyatini, umidni yo‘qotmaslik va hayotning eng og‘ir sharoitida ham ma’no topish muhimligini yoritadi.

5 ta amaliy cheklist:
▫️
Har kuni o‘zingdan so‘ra:
«Men bugun qanday ma’no yarata oldim?»
▫️
Qiyin vaziyatlarda o‘yla:
«Men bu azobdan nimadir o‘rgana olamanmi?»
▫️
Tanlash imkoniyatini unutma:
Sen har doim o‘z munosabatingni tanlash huquqiga egasan.
▫️
Kichkina ishlarda ham ma’no top:
Har qanday mehnatda, hatto oddiy ishlaringda ham bir ezgulik bor.
▫️
Muhabbatni qadrla:
Franklga ko‘ra, sevgi inson ruhini saqlab qoluvchi eng kuchli vositadir.
⚡️
O‘zingni o‘zgartirmoqchimisan? Kitob o‘qi.
Liderlar safida bo’l
.
@Liderlar1

July 23, 03:43

ФИКРЛАШ ва уни баён қилиш учун зарур билимлар
Одам фикрлаш ва ўз фикрини ифода этиш учун қуйидаги билимларга эга бўлиши зарур:
1. Мантиқ – фикрлар тузилишини ва хулоса чиқариш усулларини тушуниш.
2. Фалсафа – фикрлаш чуқурлигини ошириш ва турли нуқтаи назарлар билан танишиш.
3. Психология – инсон онги ва ҳис-туйғуларини англаш, бу орқали фикрларингизни равшанроқ тушунтириш.
4. Адабиёт – нутқ бойлигини ошириш, тафаккурни шакллантириш.
5. Тарих ва маданият – инсоният тажрибасини билиш, фикрларга далил ва контекст қўшиш.
Камида қанча китоб ўқиш керак?
Сонидан кўра, сифати муҳим. 1000 китоб ўқиб, таҳлил қилмасликдан, 50 та асосий китобни ўқиб, фикрлаш усулини ўрганиш яхши. Мантиқ, фалсафа, адабиёт ва тарих бўйича камида 30-50 та чуқур таҳлилий китоб ўқиш керак.
Нега кўпчилик фикрлай олмайди ёки фикрини ифода қила олмайди?
1. Тажриба етишмаслиги – фикрлаш ҳам машқ талаб қилади.
2. Мантиқсизлик – фикрлар аниқ шаклланмаган, тизимсиз.
3. Сўз бойлигининг камлиги – тўғри сўз топа олмаслик.
4. Оммабоп фикрларга эргашиш – мустақил фикрлаш ўрнига, оммавий қарашларни такрорлаш.
5. Ёзув ва нутқ машқлари камлиги – фикрлар аниқликка эришмаган.
Мантиқли фикрлашни ривожлантириш ва ўз фикрини баён қилиш учун нима қилиш керак?
1. Ёзиш одатини шакллантириш – ҳар куни камида 1 саҳифа фикр ёзиш.
2. Муҳокама қилиш – интеллектуал баҳсларда иштирок этиш.
3. Китобларни таҳлил қилиш – ўқилганни хулоса қилиб ёзиш.
4. Сўз бойлигини ошириш – луғат ўрганиш, чуқур адабиёт ўқиш.
5. Машҳур фикрлаш усталари билан танишиш – Платон, Аристотель, Ал-Ғаззолий, Ибн Сино, Ницше, Толстой, Достоевский каби мутафаккирларни ўрганиш.
Шу йўл билан фикрлашингиз чуқурлашади, баён қилиш услубингиз шаклланади.

July 22, 15:57

#Kunlik_1_foiz_bilim
(Danning-Kryuger effekti Suqrotning “bilmasligimni bilaman” g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq.)
Danning–Kryuger effekti

Bilmagan odam o‘zini bilimdon deb o‘ylaydi
🎯
Sodda qilib:
🧠
Kam bilimga ega odamlar — o‘z bilimini ortiqcha baholaydi.
Ko‘p bilimga ega odamlar esa — o‘zini hali yetarli emas deb o‘ylaydi.
🎭
Hayotdagi misollar:
1.
💼
Ishdagi xodim:
Ishni endi boshlagan, kam tajribaga ega yangi xodim – "ishonchli" gapiradi. Lekin u ishning chuqurligini hali bilmasligi mumkin.
2.
🌐
Internetdagi chala "ekspertlar":
Facebook, TikTok va Telegramda “ekspert”lar ko'p. Lekin haqiqiy mutaxassislar ko‘pincha jim.
📉
Ilmiy qisqa tushuncha:
• Bunda inson bilimsizligini anglay olmasligi hissi bor.
• Ular o‘z nuqsonlarini baholay olmaydi, chunki buning uchun ham
bilim
kerak.
🤯
Bilimsizlik miyaga "men hammasini bilaman" degan illyuziya beradi.
📈
Qizig‘i:
bilim oshgan sari ishonch pasayadi
🧠
Xulosa:
❗️
Odam qanchalik ko‘p bilsa — shunchalik o‘z bilimini shubha ostiga qo‘ya boshlaydi.
@Liderlar1

July 21, 12:31

"Дунёда ҳеч нарса қатъиятнинг ўрнини боса олмайди. Истеъдод ҳам боса олмайди - дунёда истеъдодли омадсизлардан кўпи йўқ. Даҳолик ҳам боса олмайди - тан олинмаган даҳолик кўплар учун баҳонага айланиб бўлган. Таълим ҳам боса олмайди - дунё ўқимишли бекорчиларга тўла. Фақат қатъият ва яна қатъият ҳамма нарсага қодир. Ўз фикрида қатъий тура олиш ҳамиша инсоният муаммоларини ҳал қилиб келган ва ҳал қилади".
Джон Калвин Кулидж

July 21, 03:56
Media unavailable
3
Show in Telegram

✍️
Otabek Xasanov
Yaxshi olingan hordiq samarali haftaning ilk qadami!