Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

mamununiversitetrasmiy

🏛
Ma'mun-universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasi
📍
Manzil: Xiva shahri,Bolxovuz ko'chasi 2-uy
📍
Urganch shahri, Islom Karimov
☎️
88 506 90 90
☎️
77 255 90 90
☎️
77 369 40 40
https://t.me/mamun_university_bot

Subscribers
63 500
Post views
3 348
ER
5,01%
Posts
11 660
October 14, 14:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

🌸
Milliy liboslar — milliy qadriyatlar kuni
🇺🇿
🟢
10-oktabr kuni Ma'mun universitetida bo'lib o'tgan milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi tadbir Xorazm telekanalining "Assalom,Xorazm!" dasturida 13-oktyabr kuni efirga berildi.
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

October 14, 11:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎉
21 Oktyabr – O‘zbek tili bayrami!
🎉
Ma’mun universiteti filologlari O'ktamboy Begimov va Jahongir Xo'janiyozovlar "21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan Xorazm telekanalida ishtirok etib, ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va ahamiyati haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Tilimiz – millatimizning eng ulug‘ boyligi, uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz!
🇺🇿
❤️
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

October 14, 10:23
Media unavailable
4
Show in Telegram

⚽️
Stritbol bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” yakunlandi!
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida
Ma’mun universiteti talabalari o‘rtasida Stritbol turidan 2-bosqich: Fakultetlararo universitet birinchiligi
musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda o‘tkazilib, barcha fakultet talabalari faol ishtirok etishdi. Bellashuvlar davomida sportchilarning mahorati, jismoniy tayyorgarligi va rag‘batlantiruvchi ruhdagi kurashlari musobaqaga alohida ko‘tarinkilik bag‘ishladi
🏟
Musobaqada barcha fakultet jamoalari ishtirok etdi va g‘alaba uchun kurashlar murosasiz va hayajonli kechdi!
🏆
Natijalar quyidagicha (Erkaklar o'rtasida):
🥇
1-o‘rin —Tibbiyot fakulteti
🥈
2-o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti
🏆
Natijalar quyidagicha (Ayollar o'rtasida):
🥇
1-o‘rin —Tibbiyot fakulteti
🥈
2-o‘rin — Filologiya fakulteti
🎉
G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy tabriklaymiz!
🚀
Sport – bu sog‘lom turmush tarzining asosi, birlik va g‘alabaga intilish timsolidir!

October 14, 10:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓

MA’MUN UNIVERSITETI
💼
IQTISODIYOT FAKULTETI va “BIZNES HUB” MARKAZI loyihasi
🎯
IZLANUVCHAN, IJODKOR VA O‘Z BIZNES G‘OYASIGA EGA TALABALAR DIQQATIGA!
📅
Tadbir sanasi: 22-noyabr, 2025-yil
📍
Joy: Ma’mun universiteti
🎤
Mavzu: “MENING BIZNES LOYIHAM!”
💡
Bu sizning imkoniyatingiz!
O‘z biznes g‘oyangizni taqdim eting, biznes rejangizni yarating va qimmatbaho pul mukofotlarini yutib oling!
🏆
💰
🎁
Mukofot jamg‘armasi:
🥇
1-o‘rin — 1 000 000 so‘m
🥈
2-o‘rin — 600 000 so‘m
🥉
3-o‘rin — 400 000 so‘m
📋
Ishtirok etish shartlari:
Yakka tartibda yoki 3 kishigacha bo‘lgan guruh tarkibida qatnashish mumkin
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 31.10.2025 (shu kuni ham kiritish mumkin)
Biznes g‘oya prezentatsiyasini yuborish:
📆
20.11.2025-yilgacha
📩
Telegram orqali:
@Azizbek0414
📞
Tel: +998 99 526 01 14
📊
Baholash mezonlari:
Loyihalar 100 ballik tizimda hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi
⚖️
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

October 14, 09:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

🕰
Tarix yo‘nalishida o‘qigansizmi?
Kelajakda qayerda ishlash mumkin deb o‘ylayapsizmi?
Mana siz uchun 7 ta imkoniyatli yo‘nalish!
👇
📚
1. Ilmiy xodim / Tadqiqotchi – Tarixiy manbalarni o‘rganib, yangi faktlarni oching!
🏛
2. Muzey yoki arxiv xodimi – Tarixiy eksponatlar bilan ishlang, ularni saqlang va targ‘ib qiling.
🎓
3. O‘qituvchi / Dotsent / Professor – Yangi avlodga tarixni o‘rgating!
🖋
4. Jurnalist / Tarixiy kontent yaratuvchisi – Hujjatli filmlar, maqolalar, podkastlar uchun hikoyalar yozing.
🏛
5. Madaniy merosni himoya qilish tashkilotlarida mutaxassis – Madaniyat va tarixiy obidalarni asrang.
🗺
6. Turizm sohasi (Gidlik) – Tarixiy joylarni turistlarga tanishtiring.
📖
7. Noshirlik va tarjimonlik – Tarixiy asarlarni tarjima qiling yoki chop eting.
📌
Tarix – bu o‘tmish emas, bu – kelajak uchun kalit!
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

October 14, 06:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “YIL TALABASI” tanlovini eʼlon qiladi!
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
-Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
-Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
-Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
-Yilning eng faol sportchi talabasi;
-Yilning eng faol iqtidorli talabasi
(rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik);
;
-Yilning eng faol ijodkor talabasi;
-Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Tanlovning universitet bosqichi 2025-yilning 21-oktyabridan 4-noyabrigacha o'tkaziladi.
🎊
Respublika bosqichi g‘oliblar maxsus diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari;
2-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari;
3-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari.
📌
Batafsil tanlov nizomi
bu yerda.
📝
Hujjatlar Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlariga murojaat qiling!

October 14, 06:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏫
Ma’mun universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari sizlar uchun navbatdagi qiziqarli tarixiy ma’lumotni tayyorlashdi!
Bugun biz sizni qadimiy tibbiyot olamiga sayohatga olib chiqamiz
🌿
🟢
Gipokrat to‘plami — bu tibbiyot tarixidagi eng qadimiy yozma manbalardan biri bo‘lib, unda kuzatuv va tajriba asosiy o‘rinda turadi.
Shu jihati bilan u zamonaviy tibbiyotning poydevorini qo‘ygan, inson salomatligiga ilmiy yondashuvni boshlab bergan.
👨‍⚕️
👩‍⚕️
🧠
Bilasizmi? Aynan Gipokrat tibbiyotda “kasallikning sababi ilohiy emas, balki tabiiy omillarda” degan g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari surgan!
💬
Tarixdan ilhom oling, tibbiyotning ildizlarini bilish esa — kelajakdagi bilimni yanada mustahkamlaydi!
#MamunUniversiteti
#TibbiyotFakulteti
#TarixRublikasi
#Gipokrat
#TibbiyotTarixi
#QiziqarliFaktlar
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

October 13, 08:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

Mamun universiteti va Getwork xususiy bandlik agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv talaba va bitiruvchilar uchun xorijda ish imkoniyatlari hamda kasbiy rivojlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
🫥
Memorandum doirasida:
• xorijiy kompaniyalarda amaliyot va stajirovka dasturlari tashkil etiladi;
• bitiruvchilar uchun qonuniy mehnat shartnomalari asosida doimiy ishga joylashish imkoniyatlari kengaytiriladi;
• talabalar uchun Work and Travel dasturi doirasida mavsumiy ish imkoniyatlari taqdim etiladi;
• seminar, trening va mahorat darslari muntazam o‘tkaziladi;
• xorijiy tillarni o‘rganish va kasbiy rivojlanishga ko‘maklashiladi;
• qo‘shma loyihalar va axborot almashuvi yo‘lga qo‘yiladi.
✔️
Hamkorlik natijasida talabalar xorijda nafaqat doimiy ish topish, balki yozgi ta’til davrida Work and Travel dasturi orqali qisqa muddatli, qonuniy va foydali tajribaga ega bo‘lish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

October 13, 08:35
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🏛
Ma’mun Universiteti
Psixologiya va umumkasbiy fanlar fakulteti
Psixologiya yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun “O‘zbek qizi” nomli milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi badiiy film namoyish qilindi.
🎬
Ushbu film talabalarimizda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Jamila kabi obrazlar orqali urushda ayollar ko‘rsatgan jasorat, fidoyilik, Vatanga bo‘lgan muhabbat va tarixga hurmat hissi yanada kuchaydi.
🇺🇿
Filmda urush davri, front hayoti, partizanlar, asirlik va og‘ir sharoitlar real ko‘rinishda tasvirlangan. Jamila obrazining boshidan kechirgan sinovlari — yaralanish, asirlik va boshqa og‘ir holatlar — tomoshabinga chuqur hissiyot bag‘ishlaydi.
📽
Tarixiy mavzular, xususan Ikkinchi jahon urushi haqidagi filmlarning ko‘proq namoyish etilishi talabalarimizda Vatanga muhabbat va uni asrash tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

October 13, 06:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

#doktorantura
🎓
Ma'mun universitetida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) yo‘nalishlari bo‘yicha qabul boshlandi.
📅
Hujjat topshirish muddati:
2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar 5-oktabrdan 5-noyabrgacha
https://daraja.ilmiy.uz/
Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
📊
Ixtisoslik yo‘nalishlari:
• 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya: 2 ta o'rin
• 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit: 2 ta o'rin
• 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi: 2 ta o'rin
ℹ️
Batafsil ma’lumot, hujjat topshirish tartibi va talablar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
https://daraja.ilmiy.uz/
Yagona elektron tizimida berilgan.
📱
@s_baxtiyarov96
👈
Ushbu telegram manzili orqali hujjat topshirish bo'yicha savollaringizga javob olishingiz mumkin!
📌
Murojaat uchun:
Ma'mun universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi
📍
Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahar, Qibla tozabog' MFY, Bolxovuz ko'chasi, 2-uy
☎️
Telefon: +99877-255-90-90
+99899-413-78-73
Veb-sayt:
mamunedu.uz