Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

mamununiversitetrasmiy
🏛 Ma'mun-universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasi 📍 Manzil: Xiva shahri,Bolxovuz ko'chasi 2-uy 📍 Urganch shahri, Islom Karimov ☎️ 88 506 90 90 ☎️ 77 369 40 40 https://t.me/mamun_university_bot
Подписчики
30 315
24 часа
30 дней
-550
Просмотры
2 489
ER
8,21%
Посты (30д)
146
Символов в посте
783
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 03, 09:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇦🇿
Ozarbayjondan kelgan xalqaro talabamiz Ma’mun Universitetidagi tajribasi bilan bo‘lishadi
🇦🇿

☀️
“Men Ozarbayjondan kelib Ma’mun Universitetini tanladim, chunki bu yerda sifatli ta’lim va zamonaviy muhit mavjud. O‘qituvchilar talabalarga alohida e’tibor qaratadi va men bu yerda o‘zimni xuddi uyimdagidek qulay his qildim.”
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 03, 07:05
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🏃

Faollikni oshirishga qaratilgan yangi startap loyiha taqdim etildi!
➡️
Bugun Ma’mun universiteti
“BIZNES HUB” markazida
sport faoliyatini tashkil qilish bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan va aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion
startap loyiha taqdimoti
bo‘lib o‘tdi.
➡️
Taqdimotda Ma’mun universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
U.Matyakubov
, sport faoliyatini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i
A. Sharipov
, biznes-hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
M. Asqarov
, karyera markazi boshlig‘i
V. Sapayev
, shuningdek bir guruh loyiha ijodkorlari ishtirok etdilar.
💡
Muhokama davomida loyihaning:
➡️
dolzarbligi va amaliy ahamiyati;
➡️
o‘ziga xos innovatsion jihatlari;
➡️
mavjud muammolari va ularning yechimlari;
➡️
loyihani yanada rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikrlar almashildi.
⌚️
Taqdimotning eng qiziqarli qismi — amaliy eksperiment bo‘ldi.
➡️
Ishtirokchilarga loyiha doirasida ishlab chiqilgan
maxsus aqlli soatlar
taqildi va belgilangan vaqt oralig‘ida ularning jismoniy faollik ko‘rsatkichlari kuzatilib, tahlil qilindi. Bu orqali loyiha mahsulotining real sharoitdagi imkoniyatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir yakunida startapni takomillashtirish, keyingi bosqichga olib chiqish va amaliyotga kengroq joriy etish bo‘yicha tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
🏫
Ma’mun universitetida g‘oyani amaliy natijaga aylantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar, innovatsion tashabbuslar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 03, 05:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#InnoWeek_2026
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?
Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.
🟡
“O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar”
mavzusida
bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!
Bu yerda siz:
🔤
eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
🔤
mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
🔤
ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
🔤
investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
🔤
xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.
🟢
Hoziroq
ro‘yxatdan o‘ting!
📍
27–29-oktabr | CAEx
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 03, 04:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

“YANGI O‘ZBEKISTONNI- MA’MUN UNIVERSITETI BILAN BIRGA QURAMIZ”
Ma'mun universitetining yangi binosi nafaqat infratuzilma yangilanishi, balki bilim, madaniyat va tillar integratsiyasining yangi bosqichidir.
Yangi bino — bu shunchaki devorlar emas, bu global fikrlash, ko‘p tillilik va kelajak sari ochilgan eshikdir.
Ma'mun universiteti — bilim va imkoniyatlar chorrahasi.
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 02, 11:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏫
Ma’mun Universiteti 2026-2027- o'quv yili uchun qabul ro'yhatiga olish davom etmoqda.

Iqtisodiyot yo'nalishi
Kunduzgi, Kechki, Masofaviy ta'lim shakli
☎️
Ma'lumot uchun tel:
+99878-333-90-90
📝
Online ro'yhatdan o'ting!
https://qabul.mamunedu.uz

September 02, 09:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎓
Orzularing sari birinchi qadam — Ma’mun universitetidan boshlanadi!
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 02, 07:52
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏫
Ma’mun Universiteti 2026-2027- o'quv yili uchun qabul ro'yhatiga olish davom etmoqda.

Stomatologiya yo'nalishi
Kunduzgi ta'lim shakli
☎️
Ma'lumot uchun tel:
+998 88 506 90 90
📝
Online ro'yhatdan o'ting!
https://qabul.mamunedu.uz

September 01, 06:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar!
Aziz talabalar va kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar!
🇺🇿
Bugun qalblarimizda g‘urur, shukronalik va Vatanga cheksiz muhabbat tuyg‘ulari jo‘sh urayotgan ulug‘ ayyom —
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini
katta faxr va ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olmoqdamiz.
Shu qutlug‘ sana munosabati bilan siz azizlarni o‘zim va
Ma’mun universiteti jamoasi nomidan
samimiy muborakbod etaman!
🇺🇿
Mustaqillik — bu shunchaki tarixiy sana emas. Mustaqillik — o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, o‘z kuchimiz va salohiyatimizga tayanib kelajak qurish, milliy qadriyatlarimizni asrab, dunyo bilan tengma-teng qadam tashlash imkoniyatidir.
1991-yilda boshlangan sharafli istiqlol yo‘li bugun 35 yillik ulkan taraqqiyot tarixiga aylandi. Bu yillar davomida O‘zbekiston dunyoga o‘z so‘zi, o‘z qadriyati, o‘z maqsadi va ulkan bunyodkorlik salohiyatiga ega mamlakat sifatida namoyon bo‘ldi.
Bugun Yangi O‘zbekistonning eng katta kuchi — bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan yoshlaridir.
📚
Shu bois ta’lim va ilm-fan rivoji, yoshlarning zamonaviy kasb va bilimlarni egallashi, ularning iste’dodi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan davlat dasturida ham yoshlarning “Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari” sifatida bilim va kasb egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida urg‘u berilgan.
🏫
Ma’mun universiteti uchun ham bu g‘oya alohida ahamiyatga ega.
Bizning eng katta maqsadimiz — shunchaki diplom berish emas. Biz Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni his qiladigan, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egallagan, xalqaro maydonda raqobat qila oladigan yangi avlodni tarbiyalashni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘yganmiz.

Bugun universitetimiz auditoriyalarida bilim olayotgan har bir talaba — ertangi kun shifokori, iqtisodchisi, muhandisi, pedagogi, olimi, tadbirkori va rahbaridir.
Ularning har bir yutug‘i — universitetimiz yutug‘i.
Universitetimizning har bir yutug‘i esa — Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.
💐
Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar va qadrli talabalar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi
bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman!
Har bir oilada tinchlik va fayz-baraka, har bir xonadonda baxt va farovonlik, har bir yosh qalbida esa ulkan maqsadlar va Vatanga muhabbat doimo hamroh bo‘lsin.
🇺🇿
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Hurmat bilan Nurjonov Arslon Otanazarovich Ma'mun universiteti ta'sischisi
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 01, 05:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajakni yaratamiz!”
shiori ostida
Ma’mun Universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti  Tarix kafedrasi professor-oʻqituvchilari
tomonidan bayram tabrigi yo‘llandi.
➡️
Tarix kafedrasi professor-oʻqituvchilari barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida ezgu tilaklarini bildirdilar.
➡️
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🇺🇿
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH

September 01, 02:48
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi
muborak bo'lsin!
©
Ma'mun universiteti Matbuot xizmati
📱
WEB SAYT
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
📱
YOUTUBE
|
📱
ENGLISH