
1000KITOB
Eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga o’girish va chop etish boʻyicha "1000KITOB" loyihasining rasmiy kanali.
📧
Murojaat uchun: 1000kitob@gmail.com
📖
BookTok va BookTube: Kitob dunyosining yangi trendi
Oldinlari biror kitob haqida suhbatlashish uchun u kitobni o‘qiganlar bilan bir joyda yig‘ilish kerak edi, hozir esa ijtimoiy tarmoqlar sababli bu mashg‘ulot makon tanlamay qo‘ydi. Tarmoqlarda bir xil kitobni o‘qigan yoki o‘qimoqchi bo‘lganlar yig‘ilib, o‘zlariga klub tashkil qilishadi. Bugun ana shularning ikkitasi haqida gaplashamiz: BookTok va BookTube.
📱
BookTok — TikTok ichidagi maxsus hamjamiyat. Bu yerda foydalanuvchilar qisqa videolarda kitob tavsiyalari, hissiyotlari, “o‘qib yig‘ladim / kuldim / hayratlandim” kabi reaksiya bildirilgan videolari bilan bo‘lishadi. Ayrim hollarda birgina 30 soniyalik video butun dunyoda kitob sotuvlarini portlatib yuborishi mumkin.
📱
BookTube — YouTube’dagi kitobsevarlar kanallari. Bu yerda uzoqroq va batafsil kontentlar joylanadi: kitob sharhlari, janr tahlillari, mutolaa marafonlari va hatto muqova dizayni bo‘yicha bahslar. Ularni YouTube’da
#booktube
heshtegi orqali topishingiz mumkin.
🔎
Nega ular mashhur?
– Kitobxonlikni trendga aylantiradi;
– Yoshlar orasida kitobga qiziqishni oshiradi;
– Fikr almashish, do‘st topish va o‘z qarashlarini yetkazish imkonini beradi;
– Odatda nashriyotlar ham bu jamoalar orqali yangi kitoblarni targ‘ib qiladi.
🎯
Maqsad
— o‘qishni rag‘batlantirish, tajriba almashish va kitoblar atrofida jonli hamjamiyat yaratish. Oddiy qilib aytganda, bu — “internetdagi kitob klubi”.
Siz o‘zbekistonlik qaysi bukblogerlarni bilasiz va kuzatasiz? Sevimlilaringizni izohlarda yozib qoldiring, boshqalarga ham manfaatli bo‘lishi mumkin.
Sahifalarimizga ulaning va ulashing
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#iqtibos
Ushbu parcha Adib Xolidning “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Turkistonda jadidchilik” kitobidan olingan. Mazkur kitob Loyiha doirasida tez orada chop etiladi.
Sahifalarimizga ulaning va ulashing
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Tasavvur qiling, mingta kitob qancha joy oladi
🤔
Biz SI yordami “tasavvur qilib koʻrdik”.
Sahifalarimizga ulaning va ulashing
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#tanishtiruv
Loyihaning Ekspertlar kengashi a’zolarini tanishtirishda davom etamiz.
Nigora Karimova
– 1964-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. San’atshunoslik fanlari doktori, professor. U Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘qishni tugatgach, bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradio qo‘mitasida muharrir bo‘lib ishlagan. 1990-yildan beri O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida ishlaydi. 2017-yildan buyon esa “Kino va televideniye” bo‘limini boshqaradi.
Karimova kinoshunoslik sohasida yetakchi olima sanaladi. U bir qator tadqiqot grantlariga rahbarlik qilgan, ularning natijalari O‘zbekiston milliy madaniyatini o‘rganishga, xususan, kino merosini saqlash va ommalashtirishga katta hissa qo‘shgan.
Olima 200 dan ortiq ilmiy maqola va 5 ta monografiya muallifi hisoblanadi. Shuningdek, uning ilmiy rahbarligida 3 ta dissertatsiya (PhD) himoya qilingan. Ayni paytda u 4 nafar doktorantga rahbarlik qiladi, ulardan 2 nafari fan doktori (DSc) va 2 nafari fan nomzodi (PhD).
Karimova xalqaro ilmiy va ta’limiy faoliyatda faol ishtirok etib kelmoqda. U hozirgi vaqtgacha bir qator davlatlar, xususan, Germaniya, Italiya, Yaponiya kabi davlatlarda ilmiy seminarlar va ma’ruzalar o‘tkazgan.
U o‘z sohasida dunyo miqyosida ham tan olingan. Nigora Karimova shu vaqtga qadar “
Go East” (Germaniya) va “Eurasia International Film Festival”
(Qozog‘iston) kino festivallari hay’ati a’zosi bo‘lgan.
Nigora Karimova 1000KITOB Ekspertlar kengashiga 2025-yilda qo‘shildi va shu yilda uning tavsiyasi asosida kinematografiyaga oid ikki kitob – Maykl Vudning
“Film. A Very Short Introduction”
va Markel Martinning “
Langage cinematographique”
(fransuz tilida) o‘zbek tiliga tarjima qilinadigan bo‘ldi.
Sahifalarimizga ulaning va ulashing
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
📚
TOP 5. Eng ko‘p tarjima qilingan kitoblar
Kitob — insoniyatni birlashtiruvchi eng kuchli ko‘prik. Uning qog‘ozlari chegaralarni bilmaydi, har bir xalq o‘z tilida o‘qib, bir xil tuyg‘uni his qiladi. Shunday asarlar borki, ular dunyoning turli tillariga tarjima qilinib, millionlab odamlar uchun umumiy mulkka aylangan. Ushbu postda eng ko‘p tilga tarjima qilingan 5 ta kitob bilan tanishasiz.
Bibliya.
Insoniyat tarixidagi eng keng tarqalgan asar. Bugungi kunda u 3 400 dan ortiq til va lahjalarga o‘girilgan. Deyarli har bir xalq uni o‘z tilida o‘qishi mumkin.
“Kichkina shahzoda”
(Antoine de Saint-Exupéry). 1943-yilda yozilgan ertak kitob bolalar va kattalar uchun ham muhim asar bo‘lib qolmoqda. U hozirgacha 500 dan ortiq til va lahjaga tarjima qilingan.
“Pinokkio sarguzashtlari”
. Yog‘och qo‘g‘irchoqning hikoyasi Italiyadan butun dunyoga yoyildi. Bugungi kunda u 300 dan ortiq tilda mavjud.
Don Kixot
(Migel de Servantes). Ispan adabiyotining eng buyuk asari bo‘lmish bu roman 140 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Qahramonning yelkanli tegirmonlarga qarshi kurashi esa butun dunyo uchun ramzga aylangan.
Andersen ertaklari
. Daniyalik yozuvchi Hans Kristian Andersenning mashhur ertaklari — “Irkit o‘rdakcha”, “Qor malikasi” va boshqalar — bugun 150 dan ortiq tilda o‘qiladi.
❓
Sizningcha, qaysi o‘zbek kitoblari ko‘proq tillarga tarjima qilinishi kerak?
Sahifalarimizga ulaning va ulashing
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X