Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

1000KITOB

mingkitobuz
dunyo – O‘zbek tilida!
Подписчики
5 322
24 часа
-3
30 дней
-107
Просмотры
1 040
ER
19,54%
Посты (30д)
19
Символов в посте
719
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 21, 17:23
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari va aholi bandligini taʼminlaş çoralari bilan
tanişdi
.
@alisher_sadullaev

October 21, 02:52
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!
Tilning boyligi unda qancha ko‘p bilim yaratilishi, kitoblar yozilishi, tarjimalar qilinishi, yangi fikr va g‘oyalar tug‘ilishi bilan ham o‘lchanadi.
Ona tilimiz ilm-fan, tafakkur va kashfiyotlar tili sifatida yanada rivojlansin. Dunyoning eng ilg‘or bilimlari, eng sara asarlari o‘zbek tilida ham barchaga yetib borsin!
Aziz yurtdoshlar, O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
1000KITOB jamoasi

October 16, 10:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Germaniya – 2026
Yoshlar ishlari agentligi delegatsiyasi Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida yetakchi nashriyotlar, adabiy agentliklar va madaniy muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

October 13, 14:45

Falsafaga qisqa kirish, tafakkurga uzoq sayohat…
Eduard Kreygning
“Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv”
asari tarjimoni
Jamshid Muslimov
“Charx”da.
▶️
Tomosha qiling
#Charx
#1000KITOB

October 13, 07:11
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Frankfurt kitob ko‘rgazmasi: mintaqaviy muloqot va hamkorlik istiqbollari
78-Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi yakunida ko‘rgazma tashkilotchilari hamda Markaziy Osiyo delegatsiyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasining ko‘p yillik prezidenti va bosh ijrochi direktori
Juergen Boos
, tashkilotning yangi rahbari
Joachim Kaufmann
, asosiy hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul
Vladka Kupska
hamda xalqaro loyihalar bo‘yicha menejer
Bettina Back
ishtirok etdi.
Muloqot davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida kitobxonlikni rivojlantirish borasida shakllangan tajribalar, xususan, O‘zbekistonda yoshlarni mutolaaga keng jalb etishga doir tashabbuslar yuzasidan mulohazalar bildirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor, ushbu yo‘nalishda yaratilayotgan imkoniyatlar, Yoshlar ishlari agentligi tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Yoshlar uchun ming kitob” tashabbusi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba, nashriyotlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, kitoblar tarjimasi va nashri sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusidagi
qo‘shma tashabbuslar
yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Frankfurt xalqaro kitob ko‘rgazmasi vakillariga O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 10, 14:18
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Princeton University Press | Znak | Eastern European and Asian Rights Agency (EEARA)
Frankfurt kitob ko‘rgazmasi doirasida navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda yangi asarlar, tarjima huquqlari va o‘zbek kitobxoniga sifatli adabiyotlarni yetkazish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
—
Princeton University Press | Znak | Eastern European and Asian Rights Agency (EEARA)
Further meetings were held as part of the Frankfurt Book Fair. The discussions focused on new titles, translation rights, and opportunities to bring quality literature to Uzbek readers.
#FrankfurtBookFair
#PrincetonUniversityPress
#Znak
#EEARA

October 09, 12:30
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Nufuzli xalqaro nashriyotlardan biri Oxford University Press bilan hamkorlik “1000KITOB” doirasidagi eng samarali yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Nashriyotning qator seriyalari allaqachon o‘zbek tilida chop etilgan, yangi nashrlar ustida ham ish olib borilmoqda. Frankfurt kitob ko‘rgazmasidagi uchrashuvda yangi kitob seriyalari, ta’limga oid nashrlar va sifatli o‘quv adabiyotlarini o‘zbek kitobxoniga yetkazish bo‘yicha navbatdagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
—
Cooperation with Oxford University Press, one of the world’s leading academic publishers, has been among the most productive areas within the 1000KITOB project.
A number of its series have already been published in Uzbek, while work on new editions is continuing. At the Frankfurt Book Fair, the meeting focused on new book series, educational publications, and further opportunities to make high-quality academic and learning books available to Uzbek readers.
#FrankfurtBookFair
#OxfordUniversityPress
#1000KITOB
#Education
#Publishing
#Hamkorlik

October 09, 06:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Frankfurt kitob ko‘rgazmasida
Phaidon
bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nashriyotning
The Story of Art
(“San’at tarixi”) asari o‘zbek tilida nashrga tayyorlangan, bolalar uchun mo‘ljallangan
Exploring the Universe: A Complete Guide to the Cosmos
kitobi esa tarjima qilinmoqda. Bunday nashrlar yoshlarning san’atni anglash doirasini kengaytirish, ilm va madaniyatga qiziqishini boyitishga xizmat qiladi. Uchrashuvda shu yo‘nalishdagi yangi loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar hali oldinda.
—
At the Frankfurt Book Fair, discussions were held with
Phaidon
on expanding cooperation.
The Story of Art
has been prepared for publication in Uzbek, while the children’s book
Exploring the Universe: A Complete Guide to the Cosmos
is currently being translated. Such publications can broaden young people’s understanding of art and enrich their interest in science and culture. New projects in this area were also discussed.
More updates are ahead.
#FrankfurtBookFair
#Phaidon
#1000KITOB

October 08, 15:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Frankfurt kitob ko‘rgazmasi doirasida
MIT Press
bilan texnologiya, sun’iy intellekt va zamonaviy ilm-fan bo‘yicha fundamental asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularning mualliflik huquqlarini olish hamda nashrga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
—
At the Frankfurt Book Fair, discussions with
MIT Press
focused on opportunities to translate fundamental works on technology, artificial intelligence, and modern science into Uzbek, including publishing rights and future publication cooperation.
#FrankfurtBookFair
#MITPress
#1000KITOB

October 08, 12:02
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

Yangi kitoblarga yo‘l
7–11-oktabr kunlari Frankfurtda 78-Xalqaro kitob ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi
delegatsiyasi ham kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va 1000KITOB uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ushbu ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.
Nega soha vakillari har yili aynan Frankfurtga intiladi?
Chunki bir necha kun ichida dunyoning yirik nashriyotlari, adabiy agentliklari va huquq egalari bir joyda jamlanadi. Yangi kitoblar tanishtiriladi, tarjima huquqlari bo‘yicha muzokaralar olib boriladi, kelgusi hamkorliklar kelishiladi. Boshqa payt
oylar talab qiladigan jarayonlar
shu yerda ancha tezlashadi.
1000KITOB uchun ahamiyati nimada?
Bu yerda loyiha kerakli kitoblarni topish, ularning huquq egalari bilan bevosita gaplashish va tarjima hamda nashr shartlarini
tezroq kelishish
imkoniga ega. Eng muhimi, 1000KITOB xalqaro nashriyotlarga katta auditoriya bilan ishlayotgan, kitoblarni tanlash, tarjima huquqlarini olish,
nashr jarayonlarini tizimli tashkil etayotgan loyiha
sifatida yaqindan tanishtiriladi. Bu esa keyingi kitoblar bo‘yicha kelishuvlarni osonlashtirib, yangi asarlarga tezroq chiqishga yo‘l ochadi.
Shu maqsadda ko‘rgazma davomida bir qator
nashriyot va adabiy agentliklar bilan uchrashuvlar
belgilangan. Ularning natijalari, yangi kelishuvlar va loyiha uchun ochilayotgan imkoniyatlarni navbati bilan ulashib boramiz.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube