
Masofaviy_ta'lim_TATU
#YangiOʻzbekiston
#MuhandislikMissiyasi
#GinnesRekordi
⚡️
Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!
🛠
Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor
2 000 nafar ixtirochini
izlayapmiz!
📌
Reja:
25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯
Maqsad:
Ginnes rekordini o‘rnatish!
📣
Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!
Agar siz:
✔️
Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️
Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️
Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz —
bu imkoniyat aynan Siz uchun!
➡️
Ro‘yxatdan o‘ting:
missiya.edu
.uz
🗓
Muddat: 25-iyulgacha!
✈️
@tuituz_official
#JCH2026
#TABRIKLAYMIZ
Tarixiy natija!!!
O'zbekiston futbol bo'yicha terma jamoasi BAA terma jamoasiga qarshi mehmonda durrang (0:0) natija qayd etib,
Jahon chempionati 2026 ga yo'llanmani qo'lga kiritdi!
🗒
Jahon chempionati roppa-rosa 1 yildan keyin, 2026-yilning 15-iyundan 13-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixda birinchi marta bir vaqtning o‘zida uchta davlat – AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.
🎉
O‘zbekiston xalqini yangi tarix bilan tabriklaymiz!
✈️
@tuituz_official
#КомпьютерныеИгры
#KompyuterÕyinlari
🎮
Kompyuter o‘yinlari miyaning qarishini sekinlashtiradi
va aqliy salohiyatni oshiradi.
🧠
Olimlar videoo‘yinlarning inson miyasi tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini uzoq vaqt davomida o‘rganishdi. Tadqiqot doirasida ishtirokchilar uch guruhga bo‘lindi:
• Birinchi guruh —
Super Mario 64
o‘yinini
muntazam o‘ynaganlar;
• Ikkinchi guruh —
pianino chalishni
o‘rganishganlar;
• Uchinchi guruh —
umuman hech narsa bilan shug‘ullanmagan
nazorat guruhi.
🎮
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, videoo‘yin o‘ynaganlar eng yaxshi natijalarga erishishdi:
ularning xotirasi, fazoviy fikrlashi, muvozanat saqlashi va harakat koordinatsiyasi
sezilarli darajada yaxshilangan.
🎼
Pianino chalganlar ham diqqat, rejalashtirish va o‘zini boshqarish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarga erishgan,
biroq ularning natijalari o‘yin o‘ynagan guruhnikidan pastroq bo‘lgan
.
Hech narsa bilan shug‘ullanmagan guruh esa, aksincha, miyaning asosiy hududlarida kulrang moddaning kamayishini ko‘rsatgan.
💪
Men ko'p o'yin o'ynamayman — shunchaki miyamni chiniqtiryapman, xolos.
➖
➖
➖
➖
🎮
Компьютерные игры помогают бороться со старением мозга
и улучшают когнитивные способности.
🧠
Учёные долгое время изучали влияние видеоигр на структуру мозга — они разделили подопытных на три группы:
• Группа игр — люди играли в
Super Mario 64
;
• Группа, которая училась
играть на пианино
;
• Пассивная контрольная группа —
ничем не занималась.
🎮
Результат показал, что группа, игравшая в видеоигры, добилась наилучших результатов —
улучшились память, пространственная ориентация, координация и моторика.
🎼
Группа, обучавшаяся игре на пианино, показала улучшения в планировании, внимании и самоконтроле,
но эти результаты всё же уступали группе видеоигр.
У участников, которые ничем не занимались, наоборот, зафиксирована потеря серого вещества в ключевых областях мозга.
💪
Я не геймер — я просто тренирую мозг.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
📱
Facebook
✅
Tuit.uz
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
.
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
2025-2026 o'quv yilidan Zarafshon fakulteti o'z faoliyatini boshlaydi
🇺🇿
2024-yil 12-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qaroriga asosan, hududlarda AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlashni rivojlantirish maqsadida Zarafshon shahrida
TATU Zarafshon fakulteti tashkil etilishi rejalashtirildi.
Ushbu qaror, ayniqsa, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida istiqomat qiluvchi 150 ming nafarga yaqin aholi uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yaqin hududda yaratishga qaratilgan.
🏛
Bugun, 5-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining
rektor boshchiligidagi ishchi guruhi Navoiy viloyati Zarafshon shahriga tashrif buyurib
, fakultet faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Fakultet joylashadigan binolar ko‘zdan kechirilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlarni IT sohasi bo‘yicha ta’limga jalb etish bo‘yicha maqsadli vazifalar belgilandi.
🗒
TATU Zarafshon fakulteti 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi. Talabalar uchun ta’lim masofaviy shaklda olib boriladi va universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladi.
✈️
@tuituz_official
Channel photo updated
#Navroʻz
#tabrik
🇺🇿
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!
🌺
Mehr-muruvvat, xayru saxovat, tinchlik va ezgulik ramzi, qadr-qimmat, qanoat va shukronalik ayyomi — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
🌷
Sharqona yangi yil xonadonlarimizga baxt-quvonch, sog‘lik-salomatlik va qut-baraka olib kelsin!
✈️
@tuituz_official
🟦
🟦
🟦
Kontrakt to‘lovi bo‘yicha eslatma!
📝
Ta’lim shaklidan qat’i nazar, barcha kurs talabalariga to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnomaning
2.2-bandi
ga muvofiq
to‘lovning 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2025-yil 1-mart
etib belgilangan edi.
Talabalarga yengillik yaratish maqsadida ta’lim shaklidan qat’i nazar, barcha uchun
shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2025-yil 25-martga
qadar uzaytirildi.
❗️
Kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik sababli
shartnomaning
5.4-bandi
ga muvofiq shartnoma bekor qilinishi, shuningdek,
4.1-bandi
ga asosan universitet belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagan talabani
chetlashtirish huquqiga ega
.
Tegishli muddatda to‘lovlarni amalga oshirmagan talabalar o’qishdan chetlashtiriladi!
📌
To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchi talabalarimizga
kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishlari shart
ekanligini yana bir bor eslatib o‘tamiz!
———————————————
Напоминание об оплате контракта!
📝
Независимо от формы обучения, для всех студентов, обучающихся на платно-контрактной основе в соответствии с
пунктом 2.2 двустороннего договора
крайний срок оплаты
75% суммы контракта
ранее был установлен
до 1-марта 2025 года
.
В целях создания дополнительных удобств для студентов срок оплаты
75% суммы контракта
для всех форм обучения продлен до
25-марта 2025 года
.
❗️
В случае несвоевременной оплаты контрактных платежей, согласно
пункту 5.4 договора
, договор может быть расторгнут. Кроме того, в соответствии с
пунктом 4.1
, университет имеет право отчислить студента за несвоевременную оплату установленной суммы.
Студенты, не осуществившие оплату в установленный срок, будут отчислены!
📌
Напоминаем студентам, обучающимся на платно-контрактной основе, что оплата контракта должна быть произведена своевременно
✈️
@tuituz_official
#live
#Navrŏz
#TATU
▶️
Ayni damda Universitetimizda “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin - Navro’z”
shiori ostida
Navro‘z bayrami
sayli ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda.
✈️
@tuituz_official
#live
#Navro
‘z
▶️
“Qadriyatlaring boqiy bo’lsin - Navro’z”
shiori ostida
Navro‘z bayramiga tayyorgarlik jarayonlari avjida...
Bayram dasturidan:
⚡️
Respublikamiz hududlari urf-odatlari va taomlarini tarannum etuvchi ko'rgazmalar;
⚡️
Musiqiy hamda ko’ngil-ochar tadbirlar;
⚡️
Ilmiy ishlanmalar ko’rgazmasi;
⚡️
Sport musobaqalari
;
⚡️
Osh chempionati
👥
Barchani bayram sayliga taklif etamiz!
✈️
@tuituz_official
📣
Diqqat! "Rektor kubogi" doirasida jamoaviy “Dasturlash” musobaqasi bo‘lib o‘tadi!
👨💻
TATU bakalavriat va magistratura talabalari uchun ajoyib imkoniyat!
🟢
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 18-martgacha
🟢
1-bosqich (saralash): 2025-yil 19-mart, soat 08:00 – 23:00,
onlayn
🟢
2-bosqich (final): 2025-yil 25-mart, soat 14:00 – 17:00, oflayn, TATU E-o‘quv binosi, 202-xona
⛓
Ro‘yxatdan o‘tish
🤝
Jamoangiz bilan ishtirok eting va kuchingizni sinab ko‘ring!
🏆
G‘olib jamoalar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar!
📞
Murojaat uchun:
Telefon: +998 90 970 10 70
Savollar bo‘yicha admin bilan bog‘lanish
👉
Batafsil
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
📣
Внимание! В рамках "Кубка ректора" состоится командное соревнование по программированию!
👨💻
Отличная возможность для студентов бакалавриата и магистратуры ТУИТ!
🟢
Регистрация до: 18 марта 2025 года
🟢
1-й этап (отборочный): 19 марта 2025 года, с 08:00 до 23:00,
онлайн
🟢
2-й этап (финал): 25 марта 2025 года, с 14:00 до 17:00, офлайн, ТУИТ, здание E, аудитория 202
Регистрация
🤝
Соберите свою команду и испытайте свои силы!
🏆
Победители получат денежные призы и памятные подарки!
📞
Контактная информация:
Телефон: +998 90 970 10 70
По вопросам обращаться к администратору
👉
Подробнее
✈️
@tuituz_official