
Masofaviy_ta'lim_TATU
Xalqaro CanSat chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🛸
O‘z kosmik hikoyangizni boshlang! CANSAT xalqaro musobaqasi arizalar qabulini e’lon qildi. Jamoangizni tuzing va hoziroq ariza topshiring!
❓
Nega ishtirok etish kerak?
🔴
Muhandislik, dasturlash va raketasozlik ko‘nikmalarini rivojlantirasiz
🔴
Sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lasiz
🔴
Respublika miqyosida o‘z nomingizni tanitasiz
📌
Qanday qatnashish mumkin?
🔴
5–10 kishilik jamoa tuzing
🔴
Saytga o‘ting
🔴
“Podat zayavku” tugmasini bosing
🔴
Ma’lumotlaringizni to‘ldiring
🔴
Jamoa ro‘yxatini PDF formatda yuklang
🔴
Arizani yuboring
🗓
13-fevral, 2026-yil
❗️
Bu shunchaki tanlov emas — bu innovatsiyalar olamiga yo‘llanma!
📎
Batafsil ma’lumot
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
#kasting
#TalantlarShousi
TATUda Talantlar shousi
🗓
Joriy yilning,
16-fevral
kuni soat
16:00 da
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
anjumanlar zalida
Talantlar shousi
kasting
i bo‘lib o‘tadi.
👀
Agar Sizda qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishi, she’r, musiqa, stand-up yoki boshqa iste’dot bo‘lsa — uni sahnada namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
👥
Kastingda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
— Talabalar;
— Professor-o‘qituvchilar;
— Universitet xodimlari.
📝
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
davom etmoqda shoshiling joylar soni chegaralangan.
⏺
Talabalar uchun
⏺
Xodimlar uchun
🏆
Tanlov g'oliblarini qimmatbaho so'vg'alar kutmoqda!
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
Kelajak kasbini bugundan egallang!
⚠️
Dronlarni boshqarish — bu shunchaki qiziqish emas, balki
yuqori daromadli va istiqbolli professional yo‘nalish
. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi
Xalqaro O‘zbek–Hind axborot texnologiyalari markazi
Sizni
professional dron kurslariga
taklif etadi!
⚡️
Kurs davomida nimalarni o‘rganasiz?
⏺
Drone Racing
— tezlik va adrenalin ishqibozlari uchun poyga dronlarini boshqarish;
⏺
Professional operatorlik
— kinematografiya, monitoring va aerotasvirga olish;
⏺
Texnik xizmat
— dronlarni yig‘ish, sozlash va dasturlash asoslari.
👨🏫
Tajribali mutaxassislar ko‘magida bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring hamda
xalqaro standartlarga mos sertifikat
ga ega bo‘ling!
🎓
TATU talabalari uchun maxsus chegirmalar mavjud.
⏲
Qabul boshlandi!
Joylar soni cheklangan — shoshiling!
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
Droneracing.uz
🌐
🌍
Sizni qiziqarli mahalliy va xalqaro musobaqalar, shuningdek,
serdaromad ish imkoniyatlari
kutmoqda!
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
Talabalarimiz sportda ham — xalqaro musobaqa g‘oliblari!
30-yanvardan 7-fevralga qadar Toshkent shahrida nufuzli
World Armwrestling Cup
musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda
24 davlatdan qariyb 1600 nafar atlet
ishtirok etmoqda.
Ana shunday kuchli raqobat muhitida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari
yoshlar o‘rtasida
50, 70 va 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifalarida
yuksak natijalarga erishib, yurtimiz sha’nini xalqaro maydonda munosib himoya qilishdi:
🏆
Fetlyayeva Diana M
— 235-25 guruh, Dasturiy injiniring fakulteti —
2 ta
🥇
🥉
Erkinboyev Kamron
— 215-24 guruh, Kompyuter injiniring fakulteti
🥉
Jumaboyeva Diana
— 210-24 guruh, Kompyuter injiniring fakulteti
Bu g‘alabalar — tinimsiz mehnat, mustahkam iroda va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbat samarasidir. Sizlar nafaqat universitetimiz, balki butun yurtimiz yoshlari uchun kuchli motivatsiya bo‘ldingiz.
Xalqaro musobaqa g‘oliblari bo‘lgan talabalarimizni chin dildan tabriklayman! Kelgusida ham yanada baland marralar, yangi rekordlar va ulkan zafarlar tilayman.
➖
➖
➖
➖
Наши студенты и в спорте — победители международных соревнований!
С 30 января по 7 февраля в Ташкенте проходит престижный
международный турнир World Armwrestling Cup
, в котором принимают участие около
1600 атлетов из 24 стран мира.
В условиях столь высокой конкуренции студенты ТУИТ добились высоких результатов среди молодежи в весовых категориях
до 50, 70 и 100 кг
,
достойно защитив честь нашей страны на международной арене:
🏆
Фетляева Диана
— группа 235-25, факультет Программной инженерии — 2
🥇
🥉
Эркинбоев Камрон
— группа 215-24, факультет Компьютерной инженерии
🥉
Жумабоева Диана
— группа 210-24, факультет Компьютерной инженерии
Эти победы — результат упорного труда, силы духа и искренней любви к спорту. Вы стали ярким примером для молодежи и еще раз доказали, что студенты ТУИТ способны покорять международные вершины.
От всей души поздравляю наших победителей с этим успехом! Желаю вам новых рекордов, больших достижений и громких побед в будущем.
✈️
@taturektori
E’LON
🗓
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fevral kuni nishonlanadigan
“Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni”
munosabati bilan
🏛
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan
“IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni”
mavzusida
startap va dasturiy ishlanmalar tanlovi
tashkil etiladi.
📌
Tanlovning asosiy maqsadi:
• Ilm-fan, IT va sun’iy intellekt sohalarida faoliyat yuritayotgan olima ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish;
• Talaba-qizlarning ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va startaplarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish;
• Ilm-fan, texnologiya va ma’naviy kamolot uyg‘unligini targ‘ib etish;
• Tajriba almashish orqali yoshlarni ilm-fan sari ruhlantirish.
👀
Tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistratura talaba-qizlari hamda faol va iqtidorli talaba-qizlar.
❕
Tanlovning saralash bosqichi:
31-yanvar
📲
Arizalar va ishlanmalar
joriy yilning
30-yanvar kuni soat 23:59 gacha
@Dilfuza_Temirova
Telegram manziliga yuborilishi lozim.
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSduFuDkq1beKfph5eFbRbknviwrUNLMqEguJSScq221RiC_Xg/viewform?usp=publish-editor
🇺🇿
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga 1 kun qoldi!
➡️
Ro‘yxatga olish orqali yurtimizda:
🟢
aholi soni va yosh tarkibi,
🟢
turmush sharoiti,
🟢
qishloq xo‘jaligidagi yer maydonlari,
🟢
chorvachilik va ekin turlari haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllanadi.
Bu ma’lumotlar esa manzilli qarorlar qabul qilish, resurslardan samarali foydalanish va har bir hudud rivojini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤩
1-bosqichda (
15–31 yanvar
)
census.stat.uz
sayti orqali
OneID tizimi
yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
📑
Eslatib o‘tamiz, avvalroq
OneID
yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida
ma’lumot berilgan edi.
📎
Quyida OneID tizimida 60 soniyada login va parolni tiklash bo‘yicha video qo‘llanmani tomosha qiling:
https://youtu.be/g7Sd78jsxmw?si=SPam6bfGmjKDHV6i
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
#Sessiya
Ayni kunlarda oliygohimizda yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lganlar uchun MUHIM ESLATMA!
🗓
Talabalar o‘qishini
bahorgi semestrga qayta tiklash
bo‘yicha arizalar
10-yanvardan 20-yanvargacha
qabul qilinadi va
21-yanvardan 31-yanvargacha
ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.
❗️
Eslatma:
O‘qishga qayta tiklash
to‘lov-kontrakt
asosida amalga oshiriladi.
💬
Quyidagi toifadagi shaxslar davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:
➖
boquvchisini yo‘qotganlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
➖
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan keyin 3 yil ichida) va akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
➖
davlat buyurtmasi asosida xorijga o‘qishga yuborilib, belgilangan muddatda qaytganlar.
📝
Arizalar quyidagi tartibda qabul qilinadi:
⏺
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy
transfer.edu.uz
sayti orqali;
⏺
yoki vazirlik buyrug‘i bilan tashkil etilgan
hududiy Ishchi guruhlar
tomonidan.
🛂
Talab etiladigan hujjatlar:
⏺
reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
⏺
o‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.
⚠️
Muhim eslatmalar:
⏺
Bahorgi semestr oldidan bir OTMdan boshqasiga
“ko‘chirib tiklash”
bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi;
⏺
1-bosqich (1-kurs) 1-semestri
ga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno);
⏺
O‘qishni ko‘chirishda
fanlar farqi 4 tadan oshmasligi
,
GPA ko‘rsatkichi kamida 2,4
bo‘lishi lozim.
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
📣
DIQQAT MUHIM !
Masofaviy ta'lim shakli
1-2-3-bosqich
talabalari uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari
2026 yil 19-28 yanvar
kunlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
📣
DIQQAT MUHIM !
Masofaviy ta'lim shakli
4-bosqich
talabalari uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari
2026 yil 12-17 yanvar
kunlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.