
Musiyra
Tajvid oʻqituvchisi
Arab/Ingliz tillari bakalavri
Shaxsiy fikrlar, tajribalar, insaytlar
Owner of:
@quronsafari
Murojaat:
@musiyra_m
- manager javob yozadi!
Noyabr oyidagi darslar uchun qabul
📌
❤️
Hifz
❤️
Tas’hih
❤️
Tajvid (harflar yaqinda tugagan)
❤️
Tajvid (harflar 0 dan oʻrgatiladigan)
Murojaat:
@musiyra_m
🤌
P.s: shu bilan noyabr oyida umuman kurslarga qabul ochmaymiz, yozganlarni ham qabul qila olmaymiz…
Ikhm ikhm…
Gap bir haftadan keyin boshlanadigan
tajvid
kursi qabuli haqida ketyabdi
🔴
Qabulga 1 hafta
Yangi yilga 2 oy qoldi
“2025 - yil tajvid oʻrganaman” maqsadingiz yoniga
💌
qoʻyish vaqti kelmadimikin..?
Kamina oraliqqa tayyorlanish bilan band
😌
Shu bilan birga ajoyib g’oyalar ham ilhomlantirmay turmayotgani yoʻq ^^
Noyabr oyida blogimiz uchun bir vaqt ajrataman, avvalgi iliq kommunikatsiyani sogʻindi bu dil.
Ungacha guruhlarni yopib olaylik, bir koʻpayishib barakalab ketamiz hali
إن شاء الله
Ishimni judayam yoqtiraman, ayniqsa, oʻquvchilari barchasi faol qatnashgan guruhlarga qayta-qayta tashakkur bildiruraman. Negaki, haqiqatda davomli darslarga qatnashish, faol bo’lish osonmas.
Shu bilan birgalikda faol boʻlishmasa, ogohlantiriladi. Yana sababsiz darsga mas’uliyatsizlik qilishsa shunchaki guruhdan chiqarvoramiz, resursimizni qadriga yetgan holatda ^^
Faol oʻquvchilar menga energiya berishgani hisobiga bir oy davomida nima boʻlishidan qat’iy nazar umuman dars qoldirishmasa 20% lik chegirma bilan taqdirlanishadi. Agar dars qoldirsalar-u lekin sababi menga bildirilsa, 10% lik chegirma olishadi (3 tadan oshib ketmasligi sharti bilan).
Buyam ajoyib tijorat, o’quvchining foydasiga tagʻin
💴
Talaffuz qilgani uchun tiling
Varoqlagani uchun qoʻling
Boqqani uchun koʻzing
Tilovat niyat qilib, tilovat qilganing uchun har bir harfiga eng kamida 10 tadan hasanot yoziluvchi yana qanday ham yengil ibodat bor?!
Yana qanday tijorat bor foizi faqat sizni foydangizga ziyodalab boradigan?!
Bonusiga oʻqib boʻlgach qalbingiz taskin topadi, oʻzingizni sokin his qilasiz, oʻzingizdan biroz boʻlsada koʻnglingiz toʻla boshlaydi.
Jannatning huzuridan bir qismi Qur’on tilovatidan keyingi huzur boʻlsa ne ajab
✨
Uning yonida cheksiz orzu qila olish, maqsad qoʻysang qoʻllab quvvatlanish. Qalbingni tub tubiga gʻarq qilib yuborganing eski orzularinga u bilan erisha olishga ishonish, qaytadan intiqish.
Toʻgʻri insonni tanlashga tavfiq bergan Robbingdan cheksiz minnaddor boʻlish…
Men tuygan eng oliy hislar - bular, Alloh davomli qilsin!
Zotan, bizdagi bu intilish, intiqish cheksiz orzularimiz ushalsa ham, toki qalbimizda bir ehtiyoj qondirilmas ekan, biz toʻymaymiz, qoniqmaymiz. Izlayveramiz…
Bu ehtiyoj -
Robb jamoli
✨
Yaqinda ochilgan tajvid guruhidagi tolibalardan qaynoq sharhlar
✨
Bizda qabul hali ham davom etmoqda:
@musiyra_m
https://youtube.com/playlist?list=PLzjdtCeBse0tY8Do_Gs4Px0XiZnilCxYv&si=oYd4xciU5RoNicnq
Men hammajoydan qidirib, faqat YouTube dan qidirmaganim, lekin o’sha yerdan topganim loyiha to’plami ^^
Kuchli tavsiya qilaman, ikkita sonini ikki martadan eshitib chiqqanman. Qolganlarini endi eshitishga kettim, sizga ham maroqli tinglash
📱
🤩
🤎
Mo’minning bahori boʻlgan qish fasli ham ostonamizda turibdi. Yil oxirlashiga esa roppa - rosa ikki oy qoldi. Qish oxirlashi bilan Ramazon keladi. Nega bularni aytyabman, bilasizmi?
Chunki bizni noyabrda start beradigan tajvid guruhiga qatnashsangiz, quyidagi goʻzal koʻnikmalarni oʻzingizda shakllantirasiz:
1️⃣
Barvaqt turish - darslarimiz soat 5:00 da.
2️⃣
Uzluksiz tahajjud nomozi o’qish - ikki rakat boʻlsa ham.
3️⃣
Tongni ilm majlisi bilan boshlash - Allohning kalomini o’rganish bilan ya’ni.
Ramazongacha anchagina ruhiy quvvat yig’ib olasiz. Ham Qur’on o’qiy boshlaysiz, ham barvaqt turish qiyinchilik tug’dirmaydi, biznillah
💌
Va yana + tomoni nimada?
Nomoz vaqtlari endi surilib boshlayabdi. Yozdan unchalik ham uzoqlashganimiz yoʻq, soat 5:00 da turish judayam og’irlik qilmaydi nafsga…
Istixora qiling, sizni safimizda kutamiz
💌
Musiyra
pinned «
Fikrimcha kutilayotgan e’lon bilan chiqyabman sizga ^^ Noyabrdan navbatdagi tajvid guruhimga qabul ochamiz
🥰
Narx: 300 ming Vaqti: 5:00 sahargi Kunlari: Seshanba/Payshanba/Shanba Aslida, kursga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kirityabman. Lekin birinchisi…
»