Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ziyolilar kanali

mutaxassislarga

𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚
Yillik konspektlar;
📚
Dars ishlanmalar;
📚
Test toplami;
📚
Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.

Subscribers
1 500
Post views
1 249
ER
84,99%
Posts
19 174
October 29, 02:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Duo
❗️
Bugungi imtihondan avval shu duolarni o'qing va yodlab oling!
🤲
“Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin”.
(Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh)
🤲
“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri”.
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.
🤲
“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy”.
Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.
🤲
“Robbi zidni ilman va fahman”.
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.
👉
Ha aytgancha, imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta “Oyatal kursi” o‘qiladi.
O'ylaymizki, siz uchun foydali bo'ladi. Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

October 28, 15:23

Ushbu fayldagi ma'lumotlar attestatsiayaga oid. Har ehtimolga qarshi ko'rib qo'ying.

October 28, 14:32

#Mutolaa_zavqi
Dunyo adabiyotida eng qisqa hikoyalarni drabbllar deb ataladi. Drabbl ingliz tilidan olingan bo’lib “parcha, bo’lak” ma’nosini bildiradi. Drabbl hikoyaning o’ziga xos kichik janri bo’lib epigraf o’qiyotgandek his qilishingiz mumkin. Unda asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.
Mana, drabbllar haqida ham bilib oldingiz. Quyida dunyo va o’zbek adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni jamlab ulardan 15 tasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Hikoyalarni tartiblashda muayyan qoidalarga asoslanmadik, ularning joylashuvi tasodifiy tartibda joylashtirildi. Har bir hikoya albatta o’zining muallifi bilan keltirilmoqda.
Marhamat, eng qisqa 15 ta hikoya:
1-hikoya. Hayrat (Ernest Xeminguey)
U xotinining qotiliga sut ichirardi.
***
2-hikoya. Robiya (Muhammadxon Yusupov)
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…
***
3-hikoya. Eng qisqa hikoya (O. Genri)
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.
***
4-hikoya. Qasd va xalos (Ernest Xeminguey)
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.
***
5-hikoya. Taqdir (Stiven Meretskiy)
Vaqtlararo sayohatchining hayoli: «Parol» nima edi-ya?
***
6-hikoya. E’lon (Ernest Xeminguey)
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .
***
7-hikoya. Tarjimai hol (Larisa Kerklend)
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.
***
8-hikoya. Umid (Muhammadxon Yusupov)
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”
***
9-hikoya. Yolg’izlik (Frederik Braun)
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…
***
10-hikoya. Yotoqxona (Ernest Xeminguey)
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…
***
11-hikoya. Gunohkor (Drum bun)
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.
***
12-hikoya. Optimist (Muhammadxon Yusupov)
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…
***
13-hikoya. 6 so’zli hikoya (Ernest Xeminguey)
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.
***
14-hikoya. Mas’uliyat (Arjumandbegim)
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.
***
15-hikoya. Qo’rquv (Nodirabegim Ibrohimova) -Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. — Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! — dedi ko’zlari ojiz bolakay.

October 28, 04:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

ChSB, BSB larni bahoga aylantirish
👆
@mutaxassislarga

October 27, 09:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 09:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 09:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 09:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 04:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram