
Mutolaa Zavqi
Buyuk ajdodlarning shonli izidan...
Ma'lumotlar olinayotganda manba ko'rsatilishi shart!
Reklama uchun:
@M_Z_ads
📢
Mutolaa qilish borasida 15 ta foydali maslahati:
⭐️
Agar faqat bo‘sh vaqtingiz bo'lishini va o‘qishni ich-ichingizdan xohlashni kutaversangiz, oxirida umuman kitob o‘qimay qo‘yasiz.
🏷
O‘qish vaqtini xuddi sport mashg‘uloti kabi rejalashtiring. Uni taqvimingizga boshqa muhim ishlaringiz kabi muhim deb belgilab kiriting.
🚩
O‘qish “mushagingizni” mashq qildiring: dastlab haftasiga 5 kun 10 daqiqadan o‘qing. Kunlik 30–40 daqiqagacha yetkazguningizcha, har hafta 5 daqiqadan qo‘shib boring.
👍
Faqat o‘zingizni qiziqtiradigan kitoblarni tanlang — boshqalar nima o‘qiyotgani yoki qaysi kitoblar trendda ekaniga qarab kitob tanlamang.
🧹
Telefoningizdan barcha chalg‘itadigan ilovalarni o'chirib tashlang. Shunda zerika boshlaysiz. Ana endi kitob o'qish siz uchun yanada qiziqarliroq bo'ladi.
🎁
O‘qishni yanada zavqli qiladigan tadbir yarating: masalan, mutolaa davomida yoningizda qahva va siz yoqtirgan biror yegulik bo‘lsin yoki mayin shamol esayotgan paytda hovlida o‘qing.
📌
Imkon qadar qog'oz kitob o'qishga harakat qiling. Shunda telefon yoki planshetdagi xabarlar sababli chalg'ishdan omonda bo'lasiz!
💡
O‘zingizni o‘ylantiradigan, qiyinroq kitoblarni o‘qingki, ular sizni yangi fikrlar va yangi hissiy tajribalarga olib kirsin.
↔️
O‘qiyotganingizda shoshilmang, sekinroq o‘qing va mazmunini chuqur tushunishga harakat qiling.
🌅
Agar murakkab kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha manbalardan foydalanib, yaxshiroq tushunishga intiling.
✏️
Kitobni shunchaki o‘qib qo‘ymang, undagi foydali narsalarni yozib oling, qaydlar qiling.
❗️
Zerikib qolganingizda qo‘lingizga telefon emas, kitob olishni odat qiling.
📝
Ko‘proq kitob xarid qiling — atigi yuz ming so'mga butun dunyoni qarashlaringizni o‘zgartiradigan narsa topishingiz mumkin.
🔄
Agar javoningiz to‘lib ketgan bo‘lsa, “almashtirish qoidasini” qo‘llang: eng kam yoqtirgan kitobingizni olib tashlab, yangisini qo‘ying.
🌘
“Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q”, deb hisoblasangiz, kunlik ekran vaqtlaringizga bir qarab ko‘ring.
Manfaatli bo'lgan bo'lsa, sizdan bitta
🔥
kutamiz!
@mutolaa_zavqdir
Yangi g'oyalar istasangiz, eski kitoblarni o'qing!
📢
Xushxabar
Audio kitob tinglash ham kitob o‘qish hisoblanadi.
Kaliforniyadagi Berkli universiteti neyroshifokori tadqiqot o‘tkazdi: u ishtirokchilarning miyalarini skanerdan o‘tkazib, shuni aniqladi — kitobni tinglash (yuqoridagi tasvir) va kitobni o‘qish (quyidagi tasvir) miyaning aynan bir xil kognitiv va hissiy sohalarini faollashtirar ekan. Qaysi usulni tanlamang, miyaga ta’siri bir xil.
@mutolaa_zavqdir
🚩
O‘qishingizni boshqalarniki bilan solishtirmang
Bugungi kunda internetda bir yilda 10ta, 50ta, hattoki 400ta kitob o‘qiganlar haqidagi ma'lumotlarga ko'p duch kelasiz. Lekin o‘qish tezligingizni boshqalarniki bilan solishtirish – foydadan ko‘ra bosim keltiradi.
Kitobni shoshilib tugatishga urinib, siz balki eng muhim narsani — undan zavq va manfaat olishni — boy berayotgandirsiz.
Yaxshi kitob — shoshilib o‘tiladigan manzil emas, balki sekin yurib, har bir sahifasidan bahra olinadigan sayohatdir.
Trendga ergashaman deb ko‘p kitobni shoshma-shosharlik bilan o‘qishdan ko‘ra, yaxshi kitobni sekin, zavq bilan o‘qish ancha foydaliroq.
Yaqinda o'qigan kitobingizdan siz uchun foydali bo'lgan bir iqtibos keltiring-chi, balki bizga ham manfaatli bo'lar
.
@mutolaa_zavqdir
📌
15 daqiqa mutolaa qilish > 1 soat qisqa videolar tomosha qilish
Endi qaysi biri siz uchun zavqliroq ekanini bildingiz!
@mutolaa_zavqdir
✈️
Hayotingizda tub burilish yasagan 3 ta kitob haqida ayta olasizmi?
🎁
Kitob sovg‘a qilish — bu qalbdan chiqarilgan so‘zsiz maktubdir.
Gullar so‘ladi, shirinliklar tugaydi, kiyimlar eskiradi. Ammo kitob…
Yillar o‘tib ham o‘z so‘zini aytaveradi. O‘qilgan har bir sahifasi — sovg‘ani eslatadi.
Aytish qiyin bo‘lgan tuyg‘ularni kitob orqali bildirish — bu eng chiroyli yo‘ldir.
P.S.O'tgan
o'yinda g'olib bo'lgan obunachimizga o'zlari istagan sovg'alari yetib boribdi!
Barchamizga manfaatli ilm bersin demoqchi bo'lsangiz oq kabutarni bosib keting!
@mutolaa_zavqdir
👾
Shunday kitoblar borki, "tugab qolmasin" deb "maydalab" o'qiladi.
Siz qaysi kitobni shunday o'qigansiz?!
#Bilarmidingiz
📡
Sharbat qanday qilib daraxt bo'ylab yuqoriga ko'tariladi?
Odamlar va hayvonlar tanasida qon yurak orqali harakat qiladi. Yurak har bir zarb bilan qon tomirlariga bosim beradi, shu tufayli qon har bir hujayraga yetib boradi.
Ammo daraxtda bunday nasos —
yurak yo‘q.
Shunga qaramay, u ham ozuqaga muhtoj.
Ildizlar orqali olingan suv va undagi foydali moddalarga boy
sharbat
daraxt tanasining eng yuqori nuqtasigacha — hatto 100 metrdan oshadigan balandlikka ham ko‘tariladi.
Demak, savol tabiiy:
Yuraksiz holda bu qanday amalga oshadi?
🔁
Bu mo‘jiza uchta asosiy omil orqali sodir bo‘ladi:
1. Transpiratsiya
(barglardan suvning bug‘lanishi)
Barglarning ostida mayda teshiklar — stomalar bor. Ular orqali bargdagi suv bug‘lanadi.
Bu bug‘lanish natijasida bargda bosim kamayadi.
Bosim pasaygani sari barg ildizdagi suyuqlikni “tortadi”.
Bu xuddi sopol idishdagi suv quyoshda bug‘lana boshlaganda, idish tagidan yangi suv tortiladigan jarayonga o‘xshaydi.
2. Kapillyar kuchlar
(suyuq moddaning tor naychalar bo‘ylab o‘z-o‘zidan harakatlanishi)
Daraxt tanasida juda ingichka naychalar — ksilemalar bor.
Bu naychalarda suyuqlik devorga yopishib va o‘zaro tortilish hisobiga yuqoriga qarab harakat qiladi.
Bu jarayon juda zaif tuyulsa-da, daraxtda millionlab shunday naychalar borligi sababli umumiy ta’sir sezilarli bo‘ladi.
3. Osmotik bosim
(ildizlarning suvni tuproqdan tortib olish kuchi)
Ildizlar atrofida joylashgan tuproqning moddalari suv tarkibidagi moddalardan farqli bo‘lgani uchun ildiz hujayralari suvni o‘ziga tortadi.
Bu esa sharbat harakatini boshlang‘ich bosqichda “pastdan yuqoriga” yo‘naltiradi.
🔄
Shunday qilib:
⬇️
Quyosh nuridan hosil bo‘lgan issiqlik → bargdagi suvni bug‘lantiradi
⬇️
Bargdagi bosim pasayadi → bu bosim ildizdagi suyuqlikni yuqoriga tortadi
⬇️
Ildizlar esa suvni tuproqdan tortib oladi
Bu jarayon har soniyada, har daqiqada, butun bahor va yoz faslida davom etadi. Daraxt ichida hech qanday yurak bo‘lmasa ham —
harakat bor, hayot bor.
Siz buni bilarmidingiz?
Ha albatta —
🤓
Endi bildim —
🔥
@mutolaa_zavqdir