
Mutolaa Zavqi
Kitobni siz tanlaysizmi yoki kitob siznimi?
Kitob do'koniga kirdingiz. Oldingizda yuzlab kitoblar. Muqovalari o'ziga jalb qiluvchi, qiziqarli va chiroyli. Mualliflari taniqli. Tavsiflari ham "allambalo".
Tavsiya qiluvchilar esa juda ko'p.
Xo'sh, qaysi kitobni tanlash kerak?
Ko'pchilik ayni shu yerda xato qiladi.
Kimdir eng trenddagi kitob qaysi, deb. Yana kimdir, bestseller qaysi, deb qidiradi va hokazo.
Aslida esa bundan muhimroq savolni o'zingizga berishingiz kerak.
"Menga hozir qaysi kitob kerak"
Chunki dunyodagi eng trendagi yoki bestseller bo'lgan kitob ham sizga ayni damda kerakli narsani bermasa, to'g'ri tanlov bo'lmasligi mumkin.
Shuning uchun eng to'g'ri tanlov qilish uchun o'zingizga quyidagi 3 ta savolni bering:
1.
Hozir hayotimda/ishimda men duch kelayotgan muammolardan qaysi biriga javob beradi?
2.
Qaysi ko'nikmalarni rivojlantirishim kerak?
3.
Bu kitobni o'qib bo'lgach, o'zimda qanday o'zgarishlar ko'rishni xohlayman?
Javobingizni aniqlashtirib olsangiz, kitob tanlash ham oson bo'ladi.
Yaxshi kitob - shunchaki qiziqarli kitob emas.
U sizga hozir kerak bo‘lgan fikr/yechimni kerakli paytda bera oladigan kitobdir.
Keyingi kitobingizni bestseller bo‘lgani uchun yoki muqovasi yoqqani uchun emas,
sizga kerak bo‘lgani uchun tanlang.
Qani aytingchi, siz hozir qaysi savolga javob topishingiz kerak ekan?
@mutolaa_zavqdir
Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar!
Ancha vaqt bu yerda jim-jitlik hukm surdi.
Bugundan bu hukmronlik nihoyasiga yetadi.
Sog‘intirgan bitta — bu aniq
sog‘inganlar-chi nechta?
👀
Izohlarda birgina so‘z qoldiring: «Sog‘indim»
📚
Qani, Mutolaa Zavqini kimlar kutibdi?
🫶
9 ta eng yaxshi kitoblarni o'qib, o'qiganlaringizning 99 foizini unutib qo'yishingiz, umuman kitob o'qimay hech nima o'rganmasligingizdan ming chandon yaxshi. Ayniqsa, o'sha yodingizda qolgan atigi 1 foiz siz uchun kutilmagan manfaatlar keltirishi shubhasiz.
Shunday ekan, o'qiganingizning aksariyati yodingizda qolmayotganidan tashvish chekmang. Shunchaki o'qishda davom eting!
@mutolaa_zavqdir
Hayotingizda nima qilishni bilmay qolsangiz —
mutolaa qiling.
Muammoning yechimini topolmasangiz —
mutolaa qiling.
Yangi nigoh, yangicha g'oya kerak bo‘lsa —
mutolaa qiling.
Motivatsiya izlayotgan bo‘lsangiz —
mutolaa qiling.
Hammasidan to'yib-charchab, taslim bo'lar holga kelgan bo'lsangiz —
mutolaa qiling.
Mutolaa
qilish
— hayotingizni osonlashtirishda eng katta yordamchilaringizdan biri bo'la oladi.
@mutolaa_zavqdir
Mutolaa payti sizning ham qarshingizda ba'zan kimdir turib olib sizga tinimsiz gapirib turadimi?
Hindistonning eng hayratlanarli jihatlaridan biri uning adabiy madaniyatidir.
Nyu-Dehlidagi gavjum chorrahalardan birida kitob sotuvchisi qo'lini kitoblar bilan to‘ldirib, yo‘ldan o‘tayotgan odamlar bilan hikoyalar ulashyapti.
Bizning chorrahalarda ham shu kabi holatni uchratishingiz uchun nima qilishingiz kerak, bilasizmi?
@mutolaa_zavqdir
Kitobga mukkasidan ketganingizning 5 alomati
1️⃣
O'qiyotgan kitobingiz juda yaxshi bo'lsa, ba'zan ovqatlanishni ham unutib qo'yasiz.
2️⃣
Tushlaringizda ham "kitobdagi olamlar"da kezib yurasiz.
3️⃣
Yomg'irli kunlarni yaxshi ko'rasiz, chunki uyda qolib kitob o'qish ayni muddao bo'ladi.
4️⃣
Orzuingizdagi uyni tasavvur qilar ekansiz, unda albatta bo'yi shiftgacha cho'zilgan shaxsiy kutubxonangiz va unga suyangan narvon bo'ladi.
5️⃣
Siz har doim kitob kinodan yaxshiroq ekaniga ishonasiz, ha har doim.
Qani ayting-chi, sizda ushbu alomatlarning qaysilari jamlangan ekan?
@mutolaa_zavqdir
Qaysi badiiy qahramonning vafoti sizni eng qattiq ta'sirlantirgan?