Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NMKTU_NKI _RÁSMIY KANAL

ndkinfjanaliqlari

Nòkis kànshilik institutı
Web sayt:
http://nkski.uz
CALL-CENTER
☎️
(61) 226-29-15
☎️
(61) 226-29-54
☎️
(61) 226-29-48
☎️
(61) 226-29-47
Kanal jaratılģan kùn 19.08.2019

Subscribers
1 080
Post views
519
ER
47,62%
Posts
23 141
July 24, 07:24
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Rasmiy_bayonot
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident
Farmoni
noto‘g‘ri talqin
qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga
o‘zgartirishlar kiritildi
va ba’zilarining
ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi
.
Xususan, 2021-yil 19-maydagi
PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi
chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda
xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi
nazarda tutilgan edi.
Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.
Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident
Farmoni
bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar
quyidagi darajalarda talab etilishi
belgilangan:
🟢
xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha —
kamida C1 darajasida
;
🟢
gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha —
kamida B2 darajasida
;
🟢
boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha —
kamida B1 darajasida
.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro
sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi
va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 19, 07:10

#kvota2025
#davlat_buyurtmasi
#magistr
⚡️
Magistratura
ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga
magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti)
parametrlari
▪️
2025/2026-o‘quv yili uchun –
9 922
ta;
▪️
2026/2027-o‘quv yili uchun –
10 191
ta;
▪️
2027/2028-o‘quv yili uchun –
10 477
ta;
▪️
2028/2029-o‘quv yili uchun –
10 784
ta.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 19, 07:10

#kvota2025
#davlat_buyurtmasi
#bakalavr
⚡️
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari
bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti)
parametrlari:
▪️
2025/2026-o‘quv yili uchun –
35 500
ta;
▪️
2026/2027-o‘quv yili uchun –
36 023
ta;
▪️
2027/2028-o‘quv yili uchun –
36 460
ta;
▪️
2028/2029-o‘quv yili uchun –
36 761
ta.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 19, 07:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#kvota2025
#davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishi
(PF–43-son, 18.07.2025 y.)
bilan
2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari
tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸
Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) –
35 500 nafar,
🔹
Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) –
9 922 nafar.
Shuningdek:

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun –
1 320 ta,

Xorijdagi vatandosh yoshlarga –
30 ta,

Xotin-qizlar uchun –
4 000 ta grant
belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️
Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️
Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️
Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Bizni
kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 17, 07:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Eʼlon
Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamda
Yoshlar ishlari agentligi
hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi.
Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan
“Karyera Oromgohi 2025”
– bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan
7 kunlik bepul o‘quv oromgohi
bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.
Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?
➡️
Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;
➡️
Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
➡️
Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
➡️
Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.
Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida
200 nafar eng faol talaba
tanlab olinadi.
➡️
Ishtirok etish uchun
ro‘yxatdan o‘ting.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 16, 15:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

📣
Abituriyentlar diqqatiga
!
Endilikda O‘zbekistonning
14 ta texnikumida
BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida
100% grant asosida o‘qish imkoniyati
mavjud!
💡
Bu dastur sizga nima beradi?
✔️
100 foiz grant asosida
ta’lim
olish
✔️
Xalqaro darajadagi
kasb
egasi bo‘lish
✔️
Buyuk Britaniyada
amaliyot
o‘tash
✔️
70 dan ortiq
davlatda tan olinadigan diplom
✔️
Yevropa, Osiyo va Amerikada
o‘qish va ishlash
imkoniyati.
🧑🏻‍💻
Hujjatlar
20-iyulga qadar
my.edu.uz
platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
➡️
Ta’lim shakli:
kunduzgi
📊
Ajratilgan
kvotalar
bilan tanishing:
🟢
9-sinf bitiruvchilari uchun
kvota
👈
🟢
11-sinf bitiruvchilari uchun
kvota
👈
(qabul avgust oyida boshlanadi)
➡️
BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar
ro‘yxati
👈
✍️
Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!
#BTEC
#Texnikum
#XalqaroTaʼlim
#Abituriyent2025
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 15, 11:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#OʻqishniKoʻchirish
⚡️
E’lon! Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha
arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali
ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli
sababga
ko‘ra
respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida –

transfer.edu.uz

;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining
mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga


my.uzbmb.uz

.
Arizalar 2025-yil
5-avgustga
(shu kuni ham)
qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 11, 17:01
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!
🛠
Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor
2 000 nafar ixtirochini
izlayapmiz!
📌
Reja:
25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯
Maqsad:
Ginnes rekordini o‘rnatish!
📣
Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!
Agar siz:
✔️
Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️
Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️
Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz —
bu imkoniyat aynan Siz uchun!
➡️
Ro‘yxatdan o‘ting:
missiya.edu
.uz
🗓
Muddat: 25-iyulgacha!
#YangiOʻzbekiston
#MuhandislikMissiyasi
#GinnesRekordi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 06, 07:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yana bir tarixiy natija!
⚽️
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng, Osiyo kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi
Kotrina Kulbite
shogirdlari saralash doirasida
🇱🇰
Shri-Lankani
10:0,
🇱🇦
Laosni
7:0 hisobida mag‘lub etishdi. So‘nggi turda esa dramatik kechgan bahsda
🇳🇵
Nepal
ayollari ustidan penaltilar seriyasida g‘alabaga
erishishdi
(asosiy vaqtda 3:3)
.
Shu tariqa ayollar terma jamoamiz 2026-yilda o‘tadigan qit’aning eng nufuzli turnirida ishtirok etishadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 26, 11:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
Jas ilimpazlar ushın úlken imkaniyat!
📣
📣
📣
Húrmetli studentler, magistrantlar hám ilimiy izleniw menen shuǵıllanıp atırǵan jaslar!
🇺🇿
Innovaciyalıq rawajlanıw agentligi tárepinen
Tatarstan Respublikasınıń Innopolis universitetinde ótkeriletuǵın stajirovka (praktika)
ushın maqsetli tańlaw járiyalandı!
Innopolis universiteti -
Rossiya hám pútkil Evroaziyadaǵı eń zamanagóy, aldınǵı IT baǵdarındaǵı universitetlerden biri bolıp, jasalma intellekt, málimleme texnologiyaları, robototexnika, kiberqáwipsizlik sıyaqlı tarawlarda jetekshi esaplanadı.
🔺
Bul stajirovka baǵdarlaması arqalı siz:
✔️
Innovaciyalıq hám texnologiyalıq ortalıqta ámeliy tájiriybe arttırasız;
✔️
Dúnyadaǵı aldınǵı ilimiy hám texnikalıq sheshimlerdi úyrenesiz;
✔️
Jańa ilimiy ideyalardı islep shıǵıw hám joybar jaratıwda qatnasasız;
✔️
Xalıqaralıq dárejedegi jetekshi mentorlar menen isleysiz!

"Ilim hám tájiriybe - búgingi jaslardıń eń úlken kúshi!"
Tolıq maǵlıwmat:
https://internship.ilmiy.uz/annoucement/5
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◼️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
◾️
⚡️
⚡️
⚡️
Yosh olimlar uchun katta imkoniyat!
📣
📣
📣
Hurmatli talabalar, magistrantlar va ilmiy izlanish bilan shug‘ullanayotgan yoshlar!
🇺🇿
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan
Tatariston Respublikasining Innopolis universitetida o‘tadigan stajirovka (amaliyot)
uchun maqsadli tanlov e’lon qilindi!
Innopolis universiteti
— Rossiya va butun Yevroosiyodagi eng zamonaviy, ilg‘or IT-yo‘nalishidagi universitetlardan biri bo‘lib, sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, robototexnika, kiberxavfsizlik kabi sohalarda yetakchi hisoblanadi.
🔺
Bu stajirovka dasturi orqali siz:
✔️
Innovatsion va texnologik muhitda amaliy tajriba orttirasiz;
✔️
Dunyodagi ilg‘or ilmiy va texnikaviy yechimlarni o‘rganasiz;
✔️
Yangi ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqish va loyiha yaratishda ishtirok etasiz;
✔️
Xalqaro darajadagi yetakchi mentorlar bilan ishlaysiz!

"Ilm va tajriba – bugungi yoshlarning eng katta kuchidir!"
Batafsil ma'lumot:
https://internship.ilmiy.uz/annoucement/5
https://t.me/NMTU_rektori