Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NMKTU_NKI _RÁSMIY KANAL

ndkinfjanaliqlari
Nòkis kànshilik institutı Web sayt: http://nkski.uz CALL-CENTER ☎️ (61) 226-29-15 ☎️ (61) 226-29-54 ☎️ (61) 226-29-48 ☎️ (61) 226-29-47 Kanal jaratılģan kùn 19.08.2019
Подписчики
930
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
268
ER
0,29%
Посты (30д)
13
Символов в посте
960
December 05, 15:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#rasmiy
#qishki_taʼtil
⚡️
Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq,
oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
(davlat, nodavlat hamda xorijiy)
va akademik litseylar
talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil
2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga)
borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ
bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil
18-dekabrdan
2026-yil
12-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
talabalar va o‘quvchilar uchun
50 foiz chegirma
asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 05, 03:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qiziqarli g‘oya yoki tashabbusingiz bormi?
Unda
“Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️
Batafsil:
kelajakuchun.gov.uz
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 04, 07:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💨
Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
“Kelajak uchun” forumi
istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Farmoni
ga muvofiq
o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi,
kelajakuchun.gov.uz
kraud-platformasi ishga tushirildi.
Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar
“Top-50” va “Top-10”
tarzida saralanadi.
G‘olib deb topilgan
10 ta
eng ilg‘or tashabbus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Forumda qatnashib
, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.
“Kelajak uchun”
istiqbolli tashabbuslar forumida ishtirok etish uchun
kelajakuchun.gov.uz
kraud-platformasi yoki
QR-kod
orqali havolaga o‘ting.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-203-03-08 (ichki raqam 197, 109)
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 02, 13:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#film_premyera
#tavsiya
Hayot akademiyasi – yoshlik, tanlov va taqdir haqidagi hayotiy drama
IIV akademiyasi buyurtmasi asosida Kinematografiya agentligi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida suratga olingan
“Hayot akademiyasi”
qisqa metrajli filmi tom ma’noda o‘ziga xos
tarbiyaviy ahamiyatga ega
kartinalardan biridir.
Film ikki do‘stning turlicha kechgan hayotiy yo‘llari orqali i
nsonning tanlovlari, do‘stlikka sadoqat va jasoratning
haqiqiy qiymatini ko‘rsatib beradi. Asar rivoji davomida tomoshabin yosh avlod uchun muhim bo‘lgan masalalar —
hayot so‘qmoqlarida to‘g‘ri qadam tashlash, yoshlikning har lahzasini qadrlash, buyuk maqsadlar sari intilish va turli zararli illatlardan o‘zini asrash zaruriyati
haqida o‘ylashga chorlanadi.
🌐
Filmni tomosha qilish
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 02, 09:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Konstitutsiya_33
Qonun oldida tenglik – jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoni
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bu prinsip – jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, totuvlik va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmatni ta’minlaydigan eng muhim konstitutsiyaviy qoidalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 01, 15:45
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Endi siz sun’iy intellektni
aileaders.uz
orqali o’zbek tilida o‘rganishingiz mumkin
🏷
Bugungi kunda
sun’iy intellekt (AI)
texnologiyalari jadal taraqqiy etib, dunyo iqtisodiyoti, sanoat, ta’lim, tibbiyot, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarning ajralmas qismiga aylanmoqda.
⚜️
O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim resurslarining aksariyati chet tillarida bo‘lib, bu ko‘plab yoshlar, AT sohasi vakillari va keng jamoatchilik uchun o‘rganish jarayonini qiyinlashtirib kelayotgan edi.

Shundan kelib chiqib,
aileaders.uz
ta’lim platformasi aholiga sun’iy intellekt asoslarini nafaqat chet tillarida, balki o‘zbek tilida, qulay va tushunarli shaklda o‘rganish imkoniyatini taqdim etishni boshladi. Endilikda sun’iy intellekt asoslarini
to‘liq o‘zbek tilida o‘rganib ham, sertifikatga ega bo‘lish mumkin.
➡️
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

November 27, 16:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz
:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Ishonch telefoni –
1006
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

November 26, 10:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
“Hokim sovrini” olimpiadasida ishtirok eting!
Barcha umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, texnikumlarning
matematika
hamda
fizika
fani o‘qituvchilari
ni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shafeligidagi olimpiadaga chorlaymiz.
🏆
Eng yuqori natija ko‘rsatgan
1-, 2- va 3-o‘rin
sohiblari uchun
Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy stajirovka
(Barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi)
tashkil etiladi.
📌
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot
@tasimo2_bot
@tasimo1_bot
@tasimo_bot
📌
YO‘RIQNOMA
✍️
Batafsil maʼlumot
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram

November 26, 09:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Muhandislik maktabi transport sohasida yuqori malakali muhandislar tayyorlashga xizmat qiladi
Bugungi kunda mazkur Muhandislik maktabi muhandis va texnologlarning yangi avlodini shakllantiruvchi maydonga aylangan. Bu yerda transport sohasidagi
4 ta ta’lim yo‘nalishidan 30 nafar talaba BYD talabi hamda takliflari
asosida tahsil oladilar. Bunda zavod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
dual ta’lim tizimi
ham yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/105311
#muhandislik
#dual_taʼlim
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

November 20, 13:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Vazirlar_murojaati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan
QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri–
giyohvandlik balosi
. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar
bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar
. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Ardoqli yoshlar!
Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.
Muhtaram ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.
❗️
Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram