Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Neft va Gaz Engineering

neft_va_gaz_engineering

Oʻzbekiston neft va gaz sanoati blogi.

Instagram.com/neft_va_gaz_engineering

facebook.com/neft.va.gaz.engineering
Murojaat uchun:

@neftvagazengineeringbot
• E-mail: neftvagazinfo@mail.ru

Subscribers
2 910
Post views
2 075
ER
71,09%
Posts
1 770
September 30, 04:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metr hajmdagi yerosti gaz saqlash ombori qurilar
ekan.
Energetika vazirligi Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyasi bilan Kosonda gazni yerostida saqlash ombori qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Inshoot «Qorabayir» koni negizida barpo etiladi, uning hajmi 1,5 mlrd kub metr
bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 29, 16:12
Media unavailable
3
Show in Telegram

Qashqadaryoda dizel saqlash omborida yong‘in yuz berdi
Hodisa joyidan olingan videolarda bir necha avtomobil va konteynerlar yonib ketganini ko‘rish mumkin. Viloyat FVB hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
https://kun.uz/41567559
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 26, 15:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aviatsiya yoqilg‘isi bozorida xalqaro hamkorlik ishlari boshlanibdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ mas’ullari Xalqaro havo transporti assosiatsiyasining (IATA) Markaziy Osiyo bo‘yicha menejeri janob Rizvan Siddiq boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mehmonlarga Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan “Jet A-1” avia yoqilg‘isi, “Jet A-1 SSF” yarim sintetik avia yoqilg‘isi hamda “GTL” kerosini haqida
ma’lumotlar berildi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 25, 15:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida aviatsiya, kosmik va mudofaa sanoatida qo‘llaniladigan eng yuqori talablarni belgilaydigan AS 9100D xalqaro standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimi qayta sertifikatlashtiruvchi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Tekshiruv davomida zavodda ishlab chiqariladigan "Jet A-1" aviatsiya yonilg‘isi va "Jet" yarim sintetik aviatsiya yonilg‘isi asosiy e’tibor markazida bo‘ldi. Bu yonilg‘ilar xalqaro aviatsiya bozorida strategik ahamiyatga ega mahsulotlar
hisoblanadi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 20, 05:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Ўтган йил ҳисоби бўйича дунё мамлакатлари газ қазиб олиш ва ишлаб чиқариш бўйича глобал рейтинги
Тадқиқотларда қайд этилишича:
Энг кўп табиий газ АҚШда қазиб олинди — 2024 йилда
1 триллион куб метр.
Иккинчи йирик ишлаб чиқарувчи Россия бўлиб, ҳажми
629,9 миллиард куб метрни
ташкил этди. Бешликка шунингдек, нисбатан кичикроқ кўрсаткичлар билан Эрон (262,9 млрд куб м), Хитой (248,4 млрд куб м) ва Канада (194,2 млрд куб м) ҳам
кирди
.
42,2 млрд куб метр билан Ўзбекистон глобал рейтингда 19-поғонадан жой олган.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 17, 13:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda ilk bor neft-gaz va kimyo sanoati uchun muhim hisoblangan uskunalardan biri - desorberlar ishlab chiqarila
boshlanibdi.
Desorber – turli texnologik jarayonlarda ishlatilgan kimyoviy reagentlarni qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Ya’ni, desorber reagentlardan qayta foydalanish imkonini yaratadi. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Uning balandligi 32 metr, diametri 3 metr, og‘irligi 67 tonnadan ziyod bo‘lib, ishlab chiqarish materiali – korroziyaga chidamli po‘latdan yasalgan.
Mahalliy ishlab chiqarilgan desorberlar Gazli neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga yetkazib berilmoqda.
Ishlab chiqaruvchi "O‘zbekkimyomash" zavodi hisoblanadi. Ushbu zavodda oldin xabar berilganidek O‘zbekistonda ilk bor tabiiy gazni tozalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qurilma - adsorber ham ishlab chiqarilishi boshlangan edi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 16, 08:22

Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosida juda katta gaz zaxirasi topilibdi.
Mamlakat sanoati tarixida birinchi marta 6,5 ming metr yer qari burg‘ulab qidiruv ishlari amalga oshirilgani
ta'kidlab o'tildi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 15, 15:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Afg‘onistondagi To‘ti-Maydon gaz konini o‘zlashtirishni
boshlamoqda ekan.
Afg‘oniston shimolidagi To‘ti-Maydon konida gaz razvedkasi va qazib olish loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
To‘ti-Maydon koni Afg‘oniston shimolidagi Juzjon va Faryob viloyatlarida joylashgan bo‘lib, taxminan 7 ming kv km maydonni egallaydi. Gaz zaxiralari 3 trln kub metrga baholanmoqda. Loyihaga investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarni tashkil etadi, ular o‘n yil ichida investitsiya qilinadi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 12, 14:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasida neftegazkimyo va neftni qayta ishlash” biznes-sammiti ishtirokchilari "Uzbekistan GTL" zavodiga tashrif
buyurdi.
Tashrif buyurgan mehmonlarni "Uzbekistan GTL" zavodi hayratda qoldirgani aniq.
🔥
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

September 12, 09:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

2025-yil yanvar-iyul oylarida ko‘plab neft va gaz sanoati korxonalari yirik soliq to'lovchilar
qatoriga kirdi.
"O‘zbekneftgaz" AJ 2 trln 151 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa (1), keyingi o‘rinlarda:
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ 571,4 mlrd so‘m (5),
"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ 463,2 mlrd so'm (8),
"Uzbekistan GTL" MChJ 173 mlrd so'm (16),
"Uz-Kor Gas Chemical" MCHJ 142,6 mlrd so'm (20).
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering