Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Neft va Gaz Engineering

neft_va_gaz_engineering
Oʻzbekiston neft va gaz sanoati blogi. • Instagram.com/neft_va_gaz_engineering • facebook.com/neft.va.gaz.engineering Murojaat uchun: • @neftvagazengineeringbot • E-mail: neftvagazinfo@mail.ru
Подписчики
2 760
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
2 623
ER
95,8%
Посты (30д)
4
Символов в посте
649
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
February 23, 14:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Narmatov Bexzot Raxmatullayevich
Prezident Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha loyiha ofisi shoʻba mudiri lavozimiga
tayinlandi.
U 2020-2021-yillarda energetika vaziri o’rinbosari, 2021-2023-yillarda “O’ztransgaz” AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlagan edi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 23, 05:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekneftgazga qarashli 5 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi.
Jumladan, Qoraqalpog‘istonda yangi, yuqori bosimli kon topildi. Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida esa, 1 ta quduqdan gaz oqimi olindi. Hozirda tabiiy gazning debiti, tarkibi aniqlanmoqda.
Quduqlarni qayta ta’mirlashda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Ustyurt hududidagi o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan Shimoliy Berdaq konining 7 son qudug‘i qayta ta’mirlanib, sanoat miqyosidagi
gaz oqimi olindi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 20, 08:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Keyingi yillarda O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi qanday bo‘ladi?
Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-2030 yillar oralig‘ida gaz qazib olishni 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd kub metrga oshirish rejalashtirilyapti. 2027 yildan boshlab barqaror ko‘p yillik o‘sish prognoz qilinayotgan bo‘lsa-da 2030 yilga borib ham gaz qazib olish hajmi 2022 yilgi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada: 6,1 foizga yoki 3,2 mlrd kub metrga kam bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda gaz qazib olish miqdori 2026 yilda ham qisqarib, keyingi 4 yil davomida bosqichma-bosqich o‘sib borishi prognoz qilinyapti.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib olish ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘zgaradi:
2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz)
2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz)
2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz)
2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz)
Umuman olganda, 2026-2030 yillar oralig‘ida gaz qazib olish hajmini 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd m³ga
oshirish rejalashtirilyapti.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 19, 14:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochmoqchi.
Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer so‘zlariga ko‘ra, yaqin 2 yil ichida g‘arb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta zamonaviy va qulay yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushiriladi.
Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ochishni va aviatsiya sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer 18 fevral kuni Vashingtonda prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika biznesi va moliyaviy institutlari vakillari bilan uchrashuvida
ma’lum qildi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 10, 14:11

Ertaga, 11-fevral kuni soat 09:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham “metan zapravka”lar bosqichma-bosqich
odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 02, 17:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat rahbariga taqdim etilgan topshiriqlar ijrosi, “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish muhitini yaratish maqsad qilingani yana bir bor eslatildi. Xususan, ish haqini oshirish, ishchi-xodimlarni sifatli issiq ovqat bilan ta’minlash, zararli sharoitda mehnat qilayotganlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish va transport masalalarini hal etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha
topshiriqlar berildi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 02, 15:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda.
Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida investitsiyalarning asosiy qismi geologiya-qidiruv va qidiruv-burg‘ilash ishlarini jadallashtirishga yo‘naltiriladi.
“O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda. Joriy yilda respublikada neft va gaz zaxiralarini oshirish maqsadida katta hajmda burg‘ilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayonda zamonaviy, yuqori samarador texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan ishchi guruh burg‘ilash sohasida ilg‘or yechimlar taklif etayotgan yetakchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan
tanishmoqda.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

February 01, 08:33

Ertaga, 2-fevraldan boshlab “metan zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 gacha
faoliyat yuritadi
.
Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

January 30, 14:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan
taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda qayd etilganidek, 2025-yilda jamiyat korxonalari tomonidan 25,2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilib, 56 ta yangi quduq burg‘ilandi, 29 ta quduq mukammal ta’mirlandi.
2026-2027–yillarda tabiy gaz chiqarish hajmini barqaror darajada ta’minlash, 300 dan ortiq geologik-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz mutasaddilarga geologik tadqiqotlar olib borilayotgan hududlarda doimiy monitoringni kuchaytirish, zamonaviy nazorat texnologiyalarini joriy etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering

January 29, 12:04

«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi.
«Lukoyl» AQShning Carlyle investitsiya kompaniyasi bilan xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim AQSh Moliya vazirligi tomonidan ma’qullanishi kerak. Qozog‘istondagi loyihalar bu kelishuvdan tashqarida. Rasmiy Astana mamlakatdagi aktivlarni o‘z nazoratiga olishni rejalashtiryapti. «Lukoyl» O‘zbekistonda ham 20 yildan beri qator loyihalarda ishtirok etib keladi. Xususan, 13 ta yirik gaz koniga egalik qiladi.
Rossiya kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash majmuasidir. Shuningdek, mamlakatdagi 13 ta yirik konga egalik qiladi.
Batafsil:
👉
https://kun.uz/25508465
Kanalga ulanish:
@neft_va_gaz_engineering